|
-ma’ruza. Shart operatorlari
|
bet | 36/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmua8-ma’ruza. Shart operatorlari.
Reja:
1. Boshqaruv operatori haqida
2. Mantiriy ifodalar
3. ?: amali
4. if operatori
5. if-else operatori
Ko‘pincha dasturni bajarish jarayoniga ta’sir o‘tkazish mumkin bo‘lgan qandaydir mantiqiy ifoda kerak bo‘ladi.
Mantiqiy ifodalar bool berilganlar turi atrofida qurilgan. Bu tur faqat ikkita qiymatdan birini qabul qilishi mumkin: true yoki false (rost yoki yolg‘on). O‘zgaruvchini e’lon qiladi va unga mantiqiy qiymat beriladi:
bool variable = true;
Taqqoslash natijasi o‘zgaruvchida saqlanishi mumkin. Masalan, tenglik uchun taqqoslash nima degani? Agar ikkita qiymat bir xil bo‘lsa, taqqoslash natijasi true, aks holda u false bo‘ladi.
?: operatori: C# tili C++ tilining eng yaxshi tomonlarini olgan va unga misol qilib mantiqiy operatsiyani qisqacha tekshirish uchun quyidagi ifodani keltirish mumkin.
shart ? ifoda1: ifoda2
Bu yerda, tekshiriladigan shartni yozamiz. ? belgisidan keyin shart rost bo‘lsa, ifoda1, ikki nuqtadan keyin esa shart bajarilmasa, ifoda2 qiymati chiqariladi.
Agar tekshirilayotgan shart nisbatan sodda bo‘lsa, shart amalining «?:» shart amalini ishlatish mumkin. Odatda ifoda qiymatlari birorta o‘zgaruvchiga o‘zlashtiriladi.
int i = 10;
int x= (i == 10) ? "i = 10" : "i != 10";
int y= (i == 20) ? "i = 20" : "i != 20";
Console.WriteLine(x);
Console.WriteLine(y);
Ikkala holatda ham, i o‘zgaruvchisi turli qiymatlar uchun tekshiriladi va tekshirish natijasiga qarab, ? belgisidan keyin yoki ikki nuqta belgisidan keyin konsolda xabar chop etiladi.
?: amalining qiymat qaytarish xossasidan foydalangan holda, uni bevosita konsolga yozish orqali ham qo‘yilgan masalani yechish mumkin:
int a = 10, b = 20;
Console.WriteLine((a > b) ? a : b);
if shartli operatori: C# da dastur bajarilishida birorta qadamning qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‘ra boshqaruvni dasturning u yoki bu qismiga uzatish mumkin. Buni amalga oshirish uchun shartli operatordan foydalaniladi.
if operatori qandaydir shartni rostlikka tekshirish natijasiga ko‘ra dasturda tarmoqlanishni amalga oshiradi. if operatorining umumiy ko‘rinishi:
if (shart)
ifoda1;
if operatoridan keyin qavs ichida shart yoziladi. Agar shart rost (true) bo‘lsa, u holda ifoda1 bajariladi, aks holda hech qanday operator bajarilmaydi. Bu yerda, bitta if e’lonida faqat bitta amal bajariladi. Agar bir nechta ifodalarni bajarish kerak bo‘lsa, ular figurali qavslar ichiga olinishi kerak:
if (shart)
{
ifoda1;
ifoda2;
...
}
Agar bu misolda qavslar ko‘rsatishni unutib qo‘ysangiz, shart rost bo‘lsa, faqat ifoda1 bajariladi, qolgan amallar esa shart true bo‘lsa ham, false bo‘lsa ham bajariladi.
if operatorlarida taqqoslash operatorlaridan biri shart sifatida ko‘rsatilishi kerak. Quyidagi taqqoslash operatorlar C# da qo‘llab-quvvatlanadi:
katta (>);
kichik (<);
katta yoki teng (>=);
kichik yoki teng (<=);
aynan teng (==);
teng emas (!=)
|
| |