• 10-ma’ruza. Massivlar
  • while (t < 100) { if




    Download 5,29 Mb.
    bet47/154
    Sana08.01.2024
    Hajmi5,29 Mb.
    #131939
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154
    Bog'liq
    Majmua

    while (t < 100)
    {
    if (t == 10) break; // agar t=10 bo‘lsa, ichki siklni to'xtatish
    Console.Write(t + " ");
    t++;
    }
    Console.WriteLine();
    }
    Console.WriteLine("Sikllar yakunlandi.");
    Console.ReadKey();
    }
    }
    Dastur natijasi.
    Tashqi sikl: 0
    Ichki sikl: 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9
    Tashqi sikl: 1
    Ichki sikl: 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9
    Tashqi sikl: 2
    Ichki sikl: 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9
    Sikllar yakunlandi.
    Ko‘rib turganingizdek, ichki sikldagi break operatori faqat ushbu siklni uzib qo‘yadi va u tashqi siklning bajarilishiga ta’sir qilmaydi.
    break operatori bo‘yicha quyidagilarni yodda tutish kerak. Birinchidan, siklning tanasida bir nechta break operatorlari bo‘lishi mumkin, ammo ulardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak, chunki break operatorlarining ko‘pligi odatda kodning normal tuzilishini buzilishiga olib keladi. Ikkinchidan, switch operatoridan chiqadigan break operatori sikllarga emas, faqat shu ifodaga ta’sir qiladi.

    10-ma’ruza. Massivlar


    Reja:
    1. Massiv tushunchasi
    2. Bir o‘lchovli massivlar va ulardan foydalanish
    3. Array sinfi va metodlari

    Dasturlash tillarida kompyuter xotirasida bir o‘zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bir o‘zgaruvchi bilan bir nechta qiymat ustida amallar bajarish uchun berilgan ma’lumotlar bir turga mansub bo‘lishi kerak. Dasturlash tillarida ro‘yxat yoki jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni massiv deb atashadi. Massiv so‘zining ma’nosi o‘lcham, o‘lchov degan ma’nolarni bildiradi. Massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo‘lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi.


    Dasturda massivlarning ikki asosiy ma’lumot strukturalari mavjud. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganda xotirada egallagan joyi o‘zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Statik massivlar elementlar soni oldindan ma’lum bo‘lgan va initsializatsiyalangan (qiymat belgilangan) massivlar hisoblanadi. Dinamik berilganlar turlari dastur davomida o‘z hajmini, egallagan xotirasini o‘zgartirishi mumkin. Dinamik massivlar esa elementlari soni oldindan ma’lum bo‘lishi va uni initsializatsiyalash (qiymat belgilash) shart emas. Statik massivlarning kamchiliki shundaki, agar ularning o‘lchamini oldindan juda katta olinsa-yu, uning ko‘p qismi keraksiz qolib ketsa, u holda xotira behuda sarflanishiga olib keladi. Shu muammoni hal qilish maqsadida massivlar C# tilida, asosan, dinamik tarzda e’lon qilinadi. Massivlar dasturlashda eng ko‘p qo‘llaniladigan berilganlar turlaridir. Massivlar xotirada ketma-ket joylashgan, bir turdagi o‘zgaruvchilar guruhidir. Alohida bir o‘zgaruvchini ko‘rsatish uchun massiv nomi va kerakli o‘zgaruvchi indeksi yoziladi.
    Tarif: Bir turga mansub bo‘lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi massiv deyiladi.
    Massivlar yagona o‘zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma’lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Massivlar yagona nom bilan bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi vektorlarni misol keltirish mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib tarkibida bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashtiradi. Vektorning ham elementlari bir turga mansub va tartiblangan holda bo‘ladi.

    Download 5,29 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154




    Download 5,29 Mb.