|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 76/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmuausing System;
namespace Masala
{
public class Shed
{
public int width;
public int height;
public int length;
public int GetSize()
{
int size = width * height * length;
return size;
}
public void ExpandSize(int x, int y, int h)
{
width += x;
length += y;
height += h;
}
}
}
Bu uchta o‘zgaruvchi qavs ichida ko‘rsatilganidek int turida berilgan. Kodning ichida jismning har bir tomoni kattaroq bo‘lishi uchun parametrlardan tegishli miqdorga ko‘paytiriladi.
Metod Shed sinfiga tegishli, shuning uchun sinf tavsifida e’lon qilingan. Endi metodni qanday chaqirishni ko‘rib chiqamiz:
Shed obyekt = new Shed();
obyekt.height = 1;
obyekt.width = 2;
obyekt.length = 3;
obyekt.ExpandSize(2, 4, 6);
Sinf obyekti yaratilgach va boshlang‘ich qiymatlarni kiritgach, ExpandSize() metodi chaqiriladi, uning parametriga uchta son kiritiladi. Parametrlar sifatida aniq sonlarni emas, balki o‘zgaruvchilarni ko‘rsatish ham mumkin edi, asosiysi ular metod e’lonida ko‘rsatilgan berilganlar turlariga mos keladi, bu holda ular butun son o‘zgaruvchilari bo‘lishi kerak.
Metodga o‘tkazilgan parametr qiymatini o‘zgartirilsa nima bo‘ladi? Buning uchun biz jismning o‘lchamlarini kengaytiradigan va bir vaqtning o‘zida o‘tgan qiymatlarni o‘zgartiradigan metodni yozamiz:
public void ExpandAndGetSize(int x, int y, int h)
{
ExpandSize(x, y, h);
x = width;
y = length;
h = height;
}
Biz jism hajmini oshirish kodini yozmadik, shunchaki oldin yozilgan ExpandSize() metodni chaqirdik. Shundan so‘ng, o‘tgan o‘zgaruvchilarda yangi o‘lcham qiymatlarini saqlaymiz. Metod chaqiruvini shunday yozamiz: obyekt.ExpandAndGetSize(2, 4, 6);
Butun qiymatlarni parametr sifatida o‘tkazamiz. Kompilyatsiya muvaffaqiyatli bo‘ladi, Bu yerda, o‘zgaruvchilar emas, balki sonlar metodga o‘tkazildi.
Metod o‘zgaruvchini va qiymat saqlanadigan xotirani emas, balki qiymatning o‘zini oladi. Metod avtomatik ravishda parametrida ko‘rsatilgan nomlar bilan o‘z o‘zgaruvchilarini yaratadi, ushbu holatda ular x, y va h. O‘tkazilgan qiymatlar ushbu o‘zgaruvchilarga ko‘chiriladi va ular endi o‘tkazilgan qiymatlarga bog‘liq emas. Metod oxirida o‘zgaruvchilar yo‘q qilinadi, shuning uchun x, y va h o‘zgaruvchilardan foydalanish mumkin, ularni istalgancha o‘zgartirish mumkin. Quyidagi misolda metodga o‘tadigan vx, vy va vz tashqi o‘zgaruvchilari hech qanday o‘zgarmaydi, chunki metod bu o‘zgaruvchilarni emas, balki uzatilgan qiymatlarni ko‘radi:
|
| |