• ExpandSize
  • public int width; public int




    Download 5,29 Mb.
    bet75/154
    Sana08.01.2024
    Hajmi5,29 Mb.
    #131939
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154
    Bog'liq
    Majmua

    public int width;
    public int height;
    public int length;
    public int GetSize()
    {
    return width * height * length;
    }
    Bu yerda, return kalit so‘zidan so‘ng, metodning uchta o‘zgaruvchini metod parametridan olib, sinf maydoni sifatida kiritib, ko‘paytirish natijasini qaytarishi kerakligini ifoda shaklida ko‘rsatdik.
    Endi Main() metodida Getsize() metodidan qanday foydalanish mumkinligini ko‘rib chiqamiz:
    using System;
    namespace Funksiya
    {
    class Program
    {
    public static void Main(string[] args)
    {
    Shed obyekt = new Shed(); // obyekt yaratiladi
    obyekt.height = 10; // height ga qiymat berish
    obyekt.width = 20; // width ga qiymat berish
    obyekt.length = obyekt.width;
    int size = obyekt.GetSize();
    Console.WriteLine("Hajm: " + size);
    Console.WriteLine("Hajm: " + obyekt.GetSize());
    Console.ReadKey(true);
    }
    }
    }
    Dastlabki to‘rtta qatorda hech qanday savolga o‘rin yo‘q, chunki Shed sinfining "obyekt" obyektini yaratamiz va o‘lchamlarni obyekt xossalarida saqlaymiz. Shundan so‘ng butun o‘zgaruvchining o‘lchami e’lon qilinadi va metodni bajarish natijasi unga qiymatlanadi. E’tibor bering, metodni chaqirish maydon va xossaga kirish bilan deyarli bir xil, faqat metod nomining oxirida qavslar qo‘yiladi, agar kerak bo‘lsa, uning ichida parametrlar ko‘rsatilishi mumkin. Shunday qilib, metod chaqiruvi quyidagicha ko‘rinadi:
    Obyekt_nomi.Metod_nomi(parametr);
    Shundan keyin, metodning qiymati konsolga chiqariladi. Bunday holda, agar natijani saqlash kerak bo‘lsa, u holda metodning bajarilish natijasini o‘zgaruvchiga qiymatlash mumkin:
    O‘zgaruvchi = Obyekt_nomi.Metod_nomi();
    Endi Shed sinfi kodini alohida faylga o‘tkazamiz, shunda u bilan ishlash va kengaytirish qulayroq bo‘ladi. Buning uchun loyiha nomiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib va “Add | New Item”ni tanlang. Ko‘rsatilgan oynada Shablonlar ro‘yxatidan Class ni tanlab va Name maydoniga Shed.cs fayl nomini kiritamiz (5.1.1-rasm). C# da fayllarni unda saqlangan sinf nomi bilan nomlash va har bir sinfni alohida faylga joylashtirish odatiy holdir.

    5.1.1-rasm. Shed.cs faylini yaratish oynasi
    Yangi fayl loyihaga qo‘shiladi. Ikkala fayl ham bir xil nom maydoniga ega ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar u xuddi shunday bo‘lsa, u holda Program.cs faylidan Shed.cs faylining bir xil nom maydonida yozilgan hamma narsani ko‘rasiz. Agar maydon nomlari boshqacha bo‘lsa, u holda Program.cs faylining boshiga kerakli joyni qo‘shish kerak bo‘ladi.
    Endi murakkabroq kodga o‘tamiz va Shed sinfiga jism hajmini kengaytiradigan metodni qo‘shamiz. Metod ExpandSize() deb nomlanadi va jismni eni, bo‘yi va balandlikda kengaytirish maqsadida qiymatlarni saqlash uchun uchta sonli parametrni oladi.
    Shunday qilib, ExpandSize() metodi quyidagicha e’lon qilinishi mumkin:

    Download 5,29 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154




    Download 5,29 Mb.