• 1. public
  • Kompyuter tizimlari kafedrasi




    Download 5,29 Mb.
    bet74/154
    Sana08.01.2024
    Hajmi5,29 Mb.
    #131939
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
    Bog'liq
    Majmua

    Metodlarning tavsifi
    Endi eng oddiy metodlarni yaratish va ulardan foydalanishni o‘rganamiz. Umuman olganda, metod e’loni quyidagicha ko‘rinadi:
    modifikator qiymat_turi Funksiya_nomi(parametr_turi parametrlar, )
    {
    //Kod
    return Qiymat;
    }
    Kirish modifikatorlari public, protected va private bo‘lishi mumkin, ular yordamida bu metod tashqi sinflar yoki vorislik uchun mavjud yoki yo‘qligini aniqlash mumkin, bu haqda keyingi boblarda batafsil ma’lumot beriladi. Agar metod qiymatni qaytarmasa, void kalit so‘zini ko‘rsatish kerak. Agar metod parametrlarga ega bo‘lmasa, qavs ichida hech narsa ko‘rsatilishi shart emas.
    Parametrli metodlarga misollar:
    1. public static void metod1(int a)
    {
    // metod tanasi
    }
    2. public static void metod2(int a, double b)
    {
    // metod tanasi
    }
    3. public static int metod3(int a, double b)
    {
    // metod tanasi
    return qiymat;
    }
    4. public static string metod4(string a, int b)
    {
    // metod tanasi
    return qiymat;
    }
    Figurali qavslarda biz metod kodini yozishimiz mumkin va agar metod qiymatni qaytarishi kerak bo‘lsa, u return kalit so‘zidan keyin ko‘rsatilishi kerak. Bu operator metod kodining istalgan joyida, hatto eng boshida ham bo‘lishi mumkin, lekin u metodni to‘xtatib, qiymat qaytaradi. Agar metod qiymat qaytarmasa yoki to‘g‘rirog‘i void bo‘lsa, u holda return ixtiyoriy, faqat metodni bekor qilish uchun ishlatish mumkin.
    Quyidagi dastur matni beradigan metod yaratamiz:
    using System;
    namespace Funksiya
    {
    public class Shed
    {
    public int GetSize(int width, int height, int length) 

    int size = width * height * length; 
    return size; 
    }
    }
    }
    Bu yerda, GetSize() nomli metod e’lon qilingan. U ochiq (public) deb e’lon qilinadi, shuning uchun o‘lchamni qaytaradigan metod public deb e’lon qilinadi.
    Biz jismning o‘lchamlarini butun sonlar sifatida belgilab qo‘ydik, ularni haqiqiy son sifatida berishimiz ham mumkin. O‘lchamlar butun son bo‘lganligi sababli, jismning hajmi ham butun son bo‘ladi, chunki hajm eni, bo‘yi va balandlikning ko‘paytmasidir va butun sonlarni ko‘paytirish natijasi ham, har doim butun son bo‘ladi. Dasturlashda toshib ketish (maksimal son hajmidan oshib ketish) kabi tushuncha ham mavjud, ammo biz buni hozircha ko‘rib chiqmaymiz.
    GetSize() metodi sinf o‘zgaruvchilari ko‘rinishida hisoblash uchun zarur bo‘lgan barcha narsaga kirish huquqiga ega.
    Metod ichida birinchi qatorda size o‘zgaruvchisi e’lon qilinadi va unga jismning barcha uchta o‘lchamini ko‘paytirish natijasi qiymatlanadi. Ikkinchi qatorda biz return kalit so‘zidan foydalanib, hisoblash natijasini qaytaramiz. Hammasi bir qatorda bajarilishi ham mumkin, ya’ni:

    Download 5,29 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




    Download 5,29 Mb.