|
-mavzu. Metodning massivli parametrlari va params kalit so‘zi
|
bet | 73/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmua13-mavzu. Metodning massivli parametrlari va params kalit so‘zi.
Reja:
1. Metodlar haqida. Funksiya tushunchasi
2. Metodlarning tavsifi
3. Parametrli metodlar
4. Statik metodlar.
5. Metodning massivli parametrlari
Murakkab toifadagi dasturlar tuzishda, foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan funksiyalar e’lon qilinishi kerak. Obyetga yo‘naltirilgan dasturlashda funksiyalar metod sifatida qaraladi.
Hozirgacha ko‘rib chiqilgan obyektlarda metodlar yozilmagan, faqat bitta standart Main() metodidan foydalanildi:
public static void Main()
{
Console.WriteLine("Hello World!");
}
Metod nomidan keyin qavs ichida (parametr yoki parametrsiz), nomdan oldin esa metodning turi ko‘rsatiladi. Bizning holatda, metod qaytaradigan qiymat turi public static void (ochiq, statik, bo‘sh). Hozircha faqat void kalit so‘zini ko‘rib chiqildi, ya’ni qaytariladigan qiymat yo‘q. Agar siz Delphi dasturlash tili bilan tanish bo‘lsangiz, void xususiyatini protseduraga havola sifatida ko‘rishingiz mumkin. C# va C++ da protsedura tushunchasi mavjud emas, faqat funksiyalar mavjud. Lekin agar void funksiya turi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda funksiya qiymat qaytarmaydi, ya’ni protsedura bilan bir xil ishlaydi.
Parametrlarni qavs ichidagi metod nomidan keyin, qavslarning ichiga kiritish mumkin.
Metod_nomi(parametrlar)
{
//Metod tanasi
}
Bu yerda, qavslar ichidagi parametrlar metodda ishlatilishi kerak bo‘lgan argumentlar. Figurali qavslar (“{ }”) - bu metodni bajaradigan kod (harakat). Agar metod tanasida bitta amal bajarilib, o‘tkazib yuborilishi mumkin bo‘lsa ham, metodda hech qanday harakat bo‘lmasa ham, metodning boshlanishi va oxirini belgilovchi “{ }” belgilarini qo‘yish talab qilinadi.
Bu satr boshqa sinf metodidan chaqirilsa uning sintaksisi quyidagicha bo‘ladi:
Obyekt_nomi.Metod_nomi(Parametrlar);
Bu yerda, Obyekt_nomi boshqa sinfda joylashganligi uchun yaratiladigan obyekt. Agar metod uni chaqiradigan obyekt (sinf) ichida bo‘lsa, chaqirish quyidagicha qisqartirish mumkin:
Metod_nomi(Parametrlar);
Agar xossa yoki sinf o‘zgaruvchisiga kirish kerak bo‘lsa, u holda xossa yoki o‘zgaruvchining nomi ham to‘liq yozilishi kerak:
Obyekt_nomi.Xossa_nomi;
Ammo, agar bir sinfga tegishli metoddan sinf xossasiga kirish talab qilinsa, u holda obyekt o‘zgaruvchisini ko‘rsatmasdan faqat xossa yoki o‘zgaruvchining nomini yozish kerak.
Main() metodi asosiy metod bo‘lib, dastur o‘z ishini aynan undan boshlaydi. Bu shuni anglatadiki, kamida bitta sinfda shunday nomli metod bo‘lishi kerak, aks holda dasturni qayerdan boshlanishi aniq bo‘lmaydi. Main() metodi faylning boshida biror joyda bo‘lishi shart emas va uni istalgan joyda joylashtirish mumkin, chunki ijro fayl boshidan oxirigacha emas, balki Main() dan boshlab, keyin esa qolgan amallar bajariladi. Agar sizda C++ yoki Delphi kabi tillarda dasturlash tajribangiz bo‘lsa, C# da metodlarni realizatsiya qilish bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladi. Dastur kodi va realizatsiya qilish bir faylda bo‘lganligi sababli, kod yanada ixcham va mobilroq bo‘ladi. Bu .NET texnologiyasining asosiy xususiyatlaridan biridir.
|
| |