|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 77/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmuaint vx = 2;
int vy = 4;
int vz = 6;
obyekt.ExpandAndGetSize(vx, vy, vz);
Parametrlardan foydalanish: Metodni chaqirganda, unga bir yoki bir nechta qiymatlarni o‘tkazish mumkin. Metodga berilgan qiymat argument deb ataladi. Argumentni qabul qiladigan o‘zgaruvchiga formal parametr yoki oddiy parametr deyiladi. Parametrlar metod nomidan keyin qavs ichida e'lon qilinadi. Parametrlarni e'lon qilish sintaksisi o‘zgaruvchilar bilan bir xil. Parametrlar doirasi metodning tanasi hisoblanadi. Argumentlarni metodga o‘tkazishning maxsus holatlari bundan mustasno, parametrlar boshqa har qanday o‘zgaruvchi kabi ishlaydi.
Quyida parametrdan foydalanishni ko‘rsatadigan dastur keltirilgan. Parametr sinfida IsPrime() metodi yaratiladi, agar parametrga tub son bo‘lgan qiymat o‘tkazilsa, true qiymatini qaytaradi, aks holda, u false qaytaradi. Shuning uchun IsPrime() metodi uchun qaytarish turi bool bo‘ladi.
using System;
class Parametr
{
// Agar x tub son bo‘lsa, true qiymatini qaytaradi
public bool IsPrime(int x)
{
if (x <= 1) return false;
for (int i = 2; i <= x / i; i++)
if ((x % i) == 0) return false;
return true;
}
}
class ParmDemo
{
static void Main()
{
Parametr ob = new Parametr();
for (int i = 2; i < 10; i++)
if (ob.IsPrime(i)) Console.WriteLine(i + " tub son");
else Console.WriteLine(i + " murakkab son");
Console.ReadKey();
}
}
Dasturni ishga tushirish natijasida quyidagi natija chiqariladi
2 tub son
3 tub son
4 murakkab son
5 tub son
6 murakkab son
7 tub son
8 murakkab son
9 murakkab son
Bu dasturda IsPrime() metodi i marta chaqiriladi, har safar unga i qiymat uzatiladi.
Metod faqat bitta emas, balki bir nechta parametrlarga ega bo‘lishi mumkin. Uning har bir parametri e'lon qilinadi, Misol tariqasida, quyida keltirilgan Parametr sinfi ikkita argumentning eng katta umumiy bo‘luvchisini qaytaradigan qo‘shimcha EKUB() metodini ham yaratamiz.
|
| |