|
Kompyuter tuzilishining asoslari
|
bet | 3/11 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 253 Kb. | | #125736 |
Bog'liq AzizbekInformatika – informasiya (xabar, axborot, ma’lumotlar)ni jamlash va qayta ishlashning usullarini o’rganadi.
Informatika fan sifatida axborotlash jarayonlari qonuniyatlarini o’rganadi. Informasion jarayon keng tushuncha bo’lib, ma’lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to’plash, qidirish va istemolchiga berishgacha bo’lgan jarayonlarni o’zida jamlaydi.
Informatika atamasi XX asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan bo’lsa-da, uning alohida fan sifatida ajratilishi 40 – 50 –yillarga to’g’ri keladi. Bu davrda ko’pchilik tadqiqotlar axborot qidirish muammolari bilan uzviy bog’liq edi. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi.
Informatikaning yuzaga kelish va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning o’rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita xisoblash texnikasi ko’magida qayta ishlanadi va bu fan o’zining hususiy, yangi, nostandart uslub va usullariga egadir.
Informasiya xabar ko’rinishida bo’ladi. Xabar – bu informasiyaning so’zlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma’lumotlar va h.k. ko’rinidagi turdir. Xabarlar mazmuni bilan quiziquvchilar ma’lumotni istemol qiluvchilar deb yuritiladi.
Ma’lumot turlari biologic, social va elementlar bo’lishi mumkin. Kishilik jamiyatidagi axborotlar – sotsial, o’zimliklar va hayvonot dunyosidagi axborotlar – biologic, tabiatdagi boshqa axborotlar – element ma’lumotlar deyiladi.
ma’lumotning uchta asosiy xossasi mavjud: atributiv, programatik va dinamik. Ma’lumotning atributiv xossasi shundaki, uningsiz inforamtsita mavjud emas, progmatik xossasi – ma’lumotni amaliyot uchun qo’llanish darajasini belgilaydi, dinamik xossasi – uni vaqt bo’yicha o’zgarish jarayonini belgilaydi. Informatika fanining rivojlanishi ma’lumotlarni jamlab, qaytda ishlash imkoniyatiga emkoniyatiga ega bo’lgan kompyuterlarning dunyoga kelishi bilan bevosita bog’liq. Chunki ma’lumotlarni qayta ishlashning ahamyatga molik qismi shunday avtomatik qurilmalarga yuklanyaptiki, ular inson ishtirokisiz uzoq muddat davomida ma’lumotlarni bir necha marta tezroq qayta ishlash imkoniyatiga egadir.
Kompyuter (inglizcha kompyuter – “hisoblovchi” ma’nosini bildiradi)ning yaratilishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlab chiqarish texnologiyalarini tubdan o’zgartirish imkoniyatini beradi. Bu esa o’z navbatida zamonaviy hisoblash texnikasidan unumli foydalanishga va informatika fanini mukammal o’rganishga chorlaydi.
|
| |