|
Kompyuter tuzilishining asoslari
|
bet | 9/11 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 253 Kb. | | #125736 |
Bog'liq AzizbekFoydalanuvchi interfeysi – foydalanuvchi bilan qurilmalar o`rtasidagi aloqani ta’minlab beruvchi muhit:
Buyruqlar qatori interfeysi: matnli qator (buyruq) yordami bilan yo`l ochuvchi kompyuter konstruksiyasi;
Foydalanuvchining grafik interfeysi(graphical user interface, GUI): Monitorning elementlarini taqdim etuvchi dasturiy funksiya;
Dialogli interfeys;
Yagona tilli interfeys: foydalanuvchi dastur bilan uning ona tilisida “gaplasha oladi”.
Miya interfeysi (in english: brain- computer interface) – kompyuter elektordlar va miyaga o`rnatilgan retseptorlar yordamida foydalanuvchi miyasidagi o`zgarishlarga mos ravishda ovoz va nurlanishni boshqarib turishga javobgar bo`ladi.
Fizik interfeys – bu fizik qurilmalar bilan ishlash muhiti. Bu muhit haqida gapirilganda asosan kompyuter portlari tushuniladi:
Tarmoqli interfeys;
Shlyuz (telekommunikatsiya) – mahalliy tarmoqlarni undan kattaroq tarmoqlar bilan, misol uchun Internet, bog`lovchi qurilma;
Shina(Kompyuter);
COM interfeys (Component Object Model interface) – mavhum funksiyalar va xususiyatlarni shu interfeys komponentalari orqali boshqa dasturlarda aniq funksiya ko`rinishida qo`llash imkonini beradi;
Konsentratorlar bajaradigan vazifalar
Tarmoq konsentratori – tarmoq qurilmasi bo`lib, u asosan bir necha Ethernet qurilmalarini bir segmentda birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qurilma koaksil kabel yoki optic tolali o`tkazgichlar bilan bog`lanadi. Hozirgi paytda ular ko`p darajada qo`llanilmaydi- ular o`rnida tarmoq kommutatorlari alohida segment ko`rinishida ishlatiladi. Bu kommutatorlar qo`pol ravishda “intellektual konsentratorlar” deb ham yuritiladi.
Hozirgi zamonaviy texnologiyalarda asosan bir biriga o`xshash bo`lgan bir necha qurilmalardan foydalaniladi, misol uchun konsentrator (concentrator), hab (hub), takrorlagich (repeator). Ular bir- biriga o`xshash bo`lsada lekin ularning bajaradigan vazifasi va konsrukturaviy qo`llanilishiga qarab farqlanadi.
Konsentratorlar odatda bir necha portlardan iborat bo`lib, ular tarmoq uzellarininh alohida segment kabellariga ulangan bo`ladi. Konsentratorlar turli mahalliy tarmoq protokolallarini bir segmentda joylashtirishga harakat qiladi, misol uchun Ethernet, Token Ring. Bunga asosiy sabab turli mahalliy tarmoq protokollarining har xilligidadir, misol uchun Ethernet, Tokent Ring, FDDI va 1OOVG- AnyLAN tarmoqlari.
Konsentratorlar tarmoqning OSI modelidagi fizik muhitida ishlaydi, bitta portdan kelgan signalni barcha aktiv portlarga uzatadi. Agar bir vaqtda ikki yoki undan ortiq portlardan kirish bo`lsa, kolliziya hosil bo`lib ma`lumot kadrlari buziladi. Konsentratorlar doimo yarim dupleks rejimida ishlaydi.
Yuqorida aytib o`tilgan kolliziyani yo`qotish uchun asosan ko`p sonli konsentratorlarni birlashtirish orqali bu muammoni hal etish mumkin.
Konsentratorlarning tavsifi:
Portlar miqdori – tarmoqqa bog`lanish uchun odatda 4, 5, 6, 8, 16 portli xablar (odatda oxirgi ikkitasi) ishlab chiqariladiva foydalaniladi va bir necha konsentratorlardan foydalanilganda kaskad usulidan foydalaniladi;
|
| |