Konchilik ishi asoslari




Download 3,73 Mb.
bet10/83
Sana12.01.2024
Hajmi3,73 Mb.
#136021
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
Konchilik ishi asoslari

Bevosita turiga tabiiy ochilmalarda (daryolar va jarliklarning bortlari, yonbag‘irlar) va sun’iy qazilgan tog‘ lahimlarida (razvedka kanavalari, shurflari, karyerlar, burg‘i quduqlari) tog‘ jinslari va strukturalarni bevosita o‘rganuvchi geologik usullar kiradi. Bu usullarning o‘rganish chuqurligi ushbu tog‘ lahimlarining chuqurligi bilan belgilanadi. Eng chuqur burg‘i qudug‘i K ola yarim orolida qazilgan bo‘lib, uning chuqurligi 12261 m ni tashkil etadi. Yerning ichki qobiqlari to‘g‘risida ksenolitlar - magma suyuqligi bilan yer yuzasiga olib chiqilgan chuqurlik tog‘ jinslari ba’zi tushunchalar beradi. Masalan, Lesoto kimberlit trubkasida (Janubiy Afrika) 250 km chamasi chuqurlikda yotuvchi tog‘ jinslarining vakili sifatida qaraluvchi qo‘shimchalar topilgan. Hozirgi vaqtda Yer qa’riga yuzlab va minglab kilometr chuqurlikka kirib boruvchi va u joydagi moddalardan namuna olib chiquvchi texnika vositalari mavjud emas. Shuning uchun ham sayyoramizning chuqurlikdagi tuzilishi kosmologik va geofizik ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan, ya’ni fazo jismlari (birinchi navbatda meteoritlar va Oy) yoki Yerning fizik maydonlari hamda modellashtirishga asoslangan bilvosita usullar yordamida tadqiq qilinadi.
Yerning ichki tuzilishi haqidagi asosiy ma’lumotlar quyidagi geofizik usullar yordamida olinadi:
zilzilalar yoki portlatish orqali hosil qilingan sun’iy qayishqoq tebranishlarni qayd etuvchi seysmik;
og‘irlik kuchi maydonlarini o‘rganishga asoslangan gravimetrik; yerning magnit maydonini o‘rganuvchi magnitometrik;
sayyoramizning issiqlik maydonini va uning yuzasida issiqlik oqimining zichligini o‘rganuvchi geotermik;
yer qa’rining elektr o‘tkazuvchanligini o‘rganuvchi elektrometrik tadqiqotlar.
Bunday usullarning orasida zilzilalar ta’sirida vujudga keladigan qisqa vaqtli, 10-20 minut davomida amalda butun sayyoramizni yorib kiruvchi seysmik to‘lqinlar maydonini o‘rganuvchi seysmik usul asosiysi sanaladi. Zilzilalar o‘chog‘ida vujudga kelgan seysmik to‘lqinlar muhit zarrachalarining qayishqoq surilishi yo‘li bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha muayyan tezlikda tarqaladi.
To‘lqinlar tarqalish xususiyatlariga qarab bo‘ylama va ko‘ndalang turlarga bo‘linadi.

Download 3,73 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Download 3,73 Mb.