|
Konchilikda tuproq muhofazasi
|
bet | 83/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariKonchilikda tuproq muhofazasi. Yer to‘g‘risidagi qonun talablariga binoan konchilik uchun ajratilgan yer maydonlarini kon korxonalari imkon darajasida kam buzishi, konchilik ishlari jarayonida buzilgan va ifloslangan yerlarni o‘zlari hisobidan xalq xo‘jaligi sohalari (qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik xo‘jaligi) da foydalanish uchun yaroqli holga keltirishi va topshirishi shart. Bunday ishlar konchilik ishlari bilan bir vaqtda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, agar buning imkoni bo‘lmasa, konchilik ishlari tugatilgandan keyin bir yil davomida bajarilishi kerak.
Konchilikda buzilgan yerlarni qayta tiklash ularni rekultivatsiya qilish bilan amalga oshiriladi. Rekultivatsiya ikki bosqichda bajariladi: birinchi bosqichga kon-texnik rekultivatsiya deyilib, bunga kon ustidagi unumdor tuproq qatlamini surib, kon yaqiniga to‘plab qo‘yish va kondagi foydali qazilma olib bo‘lingandan so‘ng karyerni ruda chiqindisi bilan ko‘mib, to‘plab qo‘yilgan tuproqni qayta solib tekislash, ag‘darmalar sirtini va boshqa buzilgan erlarni tekislash, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari barpo qilish ishlari kiradi. Agar bu joy baliqchilik xo‘jaligiga beriladigan bo‘lsa, unda karyer qayta ko‘milmaydi, zararli chiqindilar boshqa yerga ko‘chiriladi, sohillar tekislanib, suvga to‘ldiriladi; ikkinchi bosqichga biologik rekultivatsiya deyilib, bunga tuproqqa agrotexnik ishlov berish (ag‘darish, sug‘orish, o‘g‘itlash va sh.o‘.), ekinlar ekish ishlari kiradi.
Tuproq rekultivatsiyasi darajasi rekultivatsiya koeffitsienti bilan belgilanadi. Rekultivatsiya koeffitsienti (Kr) ma’lum vaqt (Sg) oralig‘ida qayta tiklangan maydonning shu vaqt oraligida buzilgan maydon (Sn) ga nisbatiga teng, ya’ni:
Kr = Sg / Sn
Konchilik sanoatiga yerdan maqsadli va samarali foydalanish talabi ham qo‘yilgan. Bunda ajratib berilgan yerdan samarali foydalanish darajasi yer uchastkalaridan foydalanish koeffitsienti (Kn) bilan belgilanadi, ya’ni:
Kn = Rf / Rn
bunda Rf va Rn - mos ravishda olingan davr ichida korxonaning amaldagi va loyihadagi yer sig‘imi bo‘lib, u m/kv, m3 va m/kv/t hisobida o‘lchanadi. Agar Kn > 1 bo‘lsa, u holda yerdan foydalanish iqtisodiy jihatdan loyihaviy samaradorlikdan past bo‘ladi, Kn = 1 bo‘lishi esa korxonada rezerv yer borligini ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR.
Rjevskiy V.V. Otkritiye gomie raboti. Chast I. Proizvodstvennie protsessi, M.: Knijniy dom ”Librokom”, 2021.- 512 s.
Anistratov Yu.I. Otkritiye gornie raboti - XXI vek. Tom 1 - «Protsessi otkritix gornix rabot», M.: OOO ”Sistema maksimum”, 2019.- 645 s.
Anistratov Yu.I. Otkritiye gornie raboti - XXI vek. Tom 2 - « Texnologiya otkritix gornix rabot », M.: OOO ”Sistema maksimum”, 2019.- 645 s.
Gorodnichenko V.I., Dmitriyev A.P. Osnovi gornogo dela. M.: izd.”Gornaya kniga”, 2016. - 443 s
Repin. N.Ya. Viemochno-pogruzochnie raboti. M.: izd.”Gornaya kniga”, 2010. - 267s
Rjevskiy V.V. Otkritiye gornie raboti. Texnologiya i kompleksnaya mexanizatsiya. , M.: Knijniy dom ”Librokom”, 2010.- 522 s.
Rjevskiy V.V. Otkritiye gornie raboti. Proizvodstvennie protsessi., M.: Knijniy dom ”Librokom”, 2010.- 512 s.
Repin. N.Ya. Podgotovka gornix porod k viemke. M.: izd.”Gornaya kniga”, 2009. - 188s.
Xorijiy manba’lar:
"Open Pit Surface Mine" Mine Engineer Community (2000) accessed 19 December 2011
"Mining Waste" European Commission Environment (17 November 2011) accessed 19 December 2011
"Mine rehabilitation" Department of Mines and Petroleum (October 2006) accessed 19 December 2011
"Mines & Cities" The Mines2Cities Project (April 2016) accessed 19 April 2016
"Peak Hill Gold Mine" Major metallic mines, deposits & projects (2010) accessed 19 December 2011
Internet saytlari:
http:/www.ngmk.uz - Navoiy kon-metallurgiya kombinati. http:/www.agmk.uz - Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati. http:/www.uz/rus/industries/cmi.htm - O’zbekistonning ko’mir qazib olish sanoati. http:/www.mineral.ru - minerallar to’g’risida ma'lumotlar. http: //www.mine-engineer.com/mining/mineral/mineralindx.htm
|
| |