|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 77/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariFizik-mexanik o‘zgarishlarga atmosfera havosi, suv, tuproq tarkibi va xususiyatlarining o‘zgarishi, suv arteriyasi o‘zanlari va oqimlarining o‘zgarishi kiradi. Bunday o‘zgarishlarga quyidagi ishlar sabab bo‘ladi:
kon ishlaridan havoga chang va aerozollar ko‘tarilishi;
boyitish ishlaridan tarkibi muallaq moddalarga boy bo‘lgan oqovalarning hosil bo‘lishi.
Termik o‘zgarishlarga atmosfera havosi va suv havzasi haroratining ko‘tarilishi kiradi. Bunday o‘zgarishlarga quyidagilar sabab bo‘ladi:
havoning ifloslanishi;
yuqori haroratli suvlarning tog‘ jinslariga singib kirishi.
Rus olimlaridan M.E. Pevzner va boshqalar konchilikning atrof-muhitga ta’siri klassifikatsiyasini o‘rganib, bu klassifikatsiyani konchilik sanoatining biosfera tarkibiy qismlariga ta’siriga ko‘ra tuzishni tavsiya etdilar. Unga ko‘ra konchilik ishlab chiqarishi biosferaning barcha tarkibiy qismlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi ( 10-jadval).
10 - jadval
Konchilik ishlab chiqarishining biosferaga ta’siri turlari va uning oqibatlari
Biosfera
elementlari
|
Biosfera elementlariga ta’sir etuvchi ishlar
|
Ta’sir oqibatlari
|
Suv havzasi: yer osti suvlari
|
Konni quritish ishlari, oqova va drenaj suvlarini relyefga tashlash
|
Yer osti va yer usti suvlari zaxirasining kamayishi. Tuproqning gidrologik va gidrogeologik holati buzilishi
|
yer usti suvlari
|
Suv havzalarini quritish va boshqa joyga ko‘chirish, oqova va drenaj suvlarini relyefga tashlash, maishiy va texnik maqsadlarda suv olish
|
suv havzasining oqova va drenaj suvlari bilan ifloslanishi. Yer osti va yer usti suvlarining gidrokimyoviy va biologik rejimi o‘zgarishidan suv sifatining yomonlashishi
|
Havo bo'shlig'i:
|
Atmosferaga turli yo‘llar bilan chang va gazlar tashlanishi
|
Atmosferaning chang va gazlar bilan ifloslanishi
|
Tabiiy landshaft:
|
Kon qazish ishlari, ag‘darmalar, gidrootvallar, shlamxona va dumxonalar tashkil qilinishi.
Bino va inshootlar qurish, yo‘llar va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazish
|
Yer yuzasi shaklining o‘zgarishi. Tuproq qatlamining buzilishi.
Turli maqsadlarda foydalanila-digan maydonlarning qisqarishi.
Tuproq holatining yomon- lashishi. Hudud qiyofasining o‘zgarishi. Yer osti va yer usti suvlari holatining o‘zgarishi. Havoga tashlangan chang va kimyoviy birikmalarning yer sirtiga cho‘kishi. Eroziya jarayonlarining kelib chiqishi
|
|
|
| |