• 10.3 Kon ishlarining gidrosferaga tasiri
  • Ishlab chiqarish shovqinini pasaytirish




    Download 3,73 Mb.
    bet80/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    Ishlab chiqarish shovqinini pasaytirish. Konchilikda shovqin portlatish ishlari, ichki yonish dvigatellari, elektrodvigatellar, nasos va kompressorlar, burg‘ulash uskunalari, tegirmon va elash uskunalari ishi va shu singari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarda hosil bo‘ladi. Shovqinni pasaytirish tashkiliy, texnik va rejalashtirish tadbirlari yordamida amalga oshiriladi:

    1. T ashkiliy tadbirlar:

    • ishchi va xodimni ishga qabul qilishda kasbiy tayyorgarlikni tekshirish;

    • ishchilarning dam olish va mehnat qilishlarida maqbul rejimni tanlash;

    • qurilmalardan foydalanish tartib-qoidalarini belgilash;

    • xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish;

    • shovqin darajasi ustidan nazorat o‘rnatish;

    • shovqin chiqaruvchi mashina va mexanizmlarni to‘g‘ri joylashtirish;

    • shovqini kuchli bo‘lgan qurilmalarni kam shovqinli qurilmalarga almashtirish;

    • kuchli shovqin chiqaruvchi mexanizmlar ishini masofadan boshqarish;

    • ishlab chiqarish xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash.







    1. Texnik tadbirlar:

    1. passiv tadbirlar — bularga shovqin manbasi atrofiga to‘siqlar qo‘yish ishlari kiradi;

    2. aktiv tadbirlar — bularga texnologik qurilmalardagi shovqin va titrashni kamaytirish uchun metallarning titrovchi yuzalari orasiga rezina va yumshoq plastika moslamalari hamda amortizatorlarni o‘rnatish ishlari kiradi.

    1. Rejalashtirish tadbirlari:

    • aholi punktlarini shovqin eshitilmaydigan qilib joylashtirish;

    • ishlab chiqarishni tashkil qilishda mahalliy joyning relyefini hisobga olish;

    • ishlab chiqarishni tashkil qilishda shamolning yo‘nalishini hisobga olish;

    • shovqin kuchini sanitariya me’yorlari darajasigacha pasaytirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ishchi va xodimlar shovqindan himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari - naushniklar, antifonlar, shlem, maska, qalpoq va shu kabilardan foydalanadilar.

    10.3 Kon ishlarining gidrosferaga ta'siri
    Kon ishlarining gidrosferaga ta’siri suv rejimining o‘zgarishida, suvning ifloslanishida va uning bulg‘anishida namoyon bo‘ladi.

    Download 3,73 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




    Download 3,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish shovqinini pasaytirish

    Download 3,73 Mb.