• 10 BOB. KONCHILIK SANOATINING ATROF MUHITGA TA’SIRI 10.1. Konchilik sanoatining biosferaga tasiri haqida umumiy malumotlar
  • Konchilik ishi asoslari




    Download 3,73 Mb.
    bet75/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    Ochish sxemasi - bu ma'lum qaralayotgan davrda karyerning ishchi gorizontlarini va kon massasini karyer ichida yoki yer yuzida mos ravishda qayta yuklash va qabul qilish punktlarini (joylarini) o'zaro bog'liqligini yuktransport harakatini ta’minlovchi barcha ochuvchi kon laximlari majmuidir.
    Ochish sxemasi, ochuvchi kon laximlarining ma’lum holatida yoki boshqacha aytganda karyer qurilish va ekspluatatsiyasi rivojlaninshining har qanday kalendar davrida o'zining turi, soni va ayni muhitdagi holatiga ko'ra xarakterlanadi.
    Umumiy holda, bir ochish sxemasi karyer ishlash muddatining ma’lum davrida (ochish vaqtida) amal qiladi va ayni davrda ma’lum kon-geologik va kon- texnik sharoitlarda karyer ishchi gorizontlarini ochishning aniq bir usulini yoki usullar kombinatsiyasini amalga oshiradi.
    Gorizontal holda joylashgan konlarda yalpi qazish tizimlarida ochish sxemalarini yaratish (qurish) karyerni ekspluatatsiyasi boshlanishi bilan yoki ko'p hollarda karyerning foydali qazilma bo'yicha to'liq ishlab chiqarish quvvatiga erishishi bilan tugaydi. Shundan so'ng bu ochish sxemasi barqaror yuk oqimlarida karyer maydonida qazuv ishlari tugagunicha yoki karyerni rekonstruktsiya qilish davrigacha faoliyat ko'rsatadi.
    Tobora chuqurlashib boruvchi qazish tizimlaridan foydalanib qazib olinadigan nishab, qiya va tik qiya foydali qazilma konlarida nisbatan qisqa muddatda, bir necha yil yoki hatto oylar bilan o'rganadigan muddatda karyer ish zonasining plandagi va balandlik bo'yicha o'lchamlari o'zgaradi.
    Bu ish jarayoniga yangi qazish qatlamlarini kiritish asosiy qazuvchi- yuklovchi mexanizmlarni joylashgan o'rinlarini o'zgarishining ta’siri bilan bog'liq bo'lib, keyingisi o'z navbatida yangi yoki mavjud elementar va pog'ona yuk oqimlarini yangilarini shakllantirishni texnik jihatdan shart ekanligini yoki maqsadga muvofiq ekanligini taqozo etadi. O'z navbatida bularning barchasi ochish sxemalarining o'zgarishi va shakllanishiga olib keladi.
    Ochish sxemasini o'zgarishi yangi qiya transheyani pastki gorizontga o'tishda, gorizontlarda ochuvchi laximlarni soni oshganda yoki kamayganda, eski transheyalar (s'ezdlar) o'rniga yangilarini qurganda, bir transport turining boshqasi bilan almashtirganda boshqa turdagi ochuvchi kon laximi o'tilganda va h.k.
    Karyer faoliyatining butun davrida uning chegaraviy chuqurligidagi ish gorizontlarini ochishni ta’minlovchi, ochish sxemasini yaratilishini va o'zgarishining (rivojlanishining) tartibi va ketma-ketligi ochish tizimi deb ataladi. Ochish tizimi, ma’lum konni butun qazib olinishi davrida karyer maydoni muhitida ishchi gorizontlarni ochishda qo'llanilgan aniq ochish usullari yoki usullar kombinatsiyalari majmuini yoki yig'indisini xarakterlaydi.
    Ochish usullari, sxemalari va tizimlari variantlari umumiy holda ochuvchi laximlar hajmi va turi, ularni o'tish va jihozlashga ketgan sarf-xarajatlar, karyerni qurish va alohida gorizontni tayyorlash davomiyligi, tashish masofasi, transport
    bilan bog'liq sarf xarajatlar, laximlardan suv qochirish, quritish va karyerni shamollatish maqsadlarida foydalanish, ba’zi hollarda esa, konni o'rganish yoki karyerni yer osti qazuv ishlariga tayyorlash kabi omillar bilan baholanadi.
    Ochish usuli, sxemasi va tizimini tanlashda quyidagilar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi: yer yuzi relefi, karyerning plandagi va chuqurlik bo'yicha o'lchamlari, qazish tizimi va uning ko'rsatkichlari, karyer yuk aylanmasi va uning yuk oqimlariga bo'linishi, ma’dan tanasi va qatlamlarning yotish elementlari, foydali qazilma turli navlarini karyer maydonidagi holati va h.k.
    Kon kapital ishlarining hajmi, karyer faoliyati davrida kon-tayyorlov ishlarining hajmi turli gorizontlarda uyumni qazib olish va qazib olishga tayyorlash ishlari kalendar rejasi, karyer faoliyati davrida kon texnikasi va transportdan foydalanish ko'rsatgichlari ko'p jihatdan tanlangan ochish tizimiga bog'liqdir.
    Ochish usuli va tizimi qazish tizimi bilan uzviy bog'liqlikka ega. Boshqacha aytganda aniq bir qazish tizimini qo'llash, odatda chegaralangan miqdordagi yoki hatto birgina ochish usulidan foydalanish mumkinligini va chegaralangan miqdordagi texnik jihatdan mumkin bo'lgan va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lgan ochish tizimi variantlaridan foydalanish muiknligini taqozo etadi.
    Ma’lum bir ochish usuli, sxemasi va tizimini tanlash imkoniyatiga nafaqat qazish tizimi, balki uning parametrlari bo'lgan: ishchi pog'onalar balandligi va soni, pog'onalar ish frontining uzunligi, karyer ish zonasining holati, alohida kon ishlarining talab qilingan surati va hokazolar ta’sir qiladi.
    Va teskarisi, aniq bir ochish usullari, sxemasi va tizimini qo'llash umumiy holda qazish tizimini va uning parmetrlarini tanlashga ma’lum talablar qo'yadi.
    Qazish ishlari olib borish juda qiyin sharoitlarda, xususan ko'p sonli gorizontlarda, uyumlarning murakkab shakli va qiyin konturlarida, qoplovchi jinslarning bir gorizontni o'zida aralash tarzda yotgan hollarda, tog' jinslarini bir karyer maydoni muhitida turli fizik texnik xususiyatlarga ega bo'lishi, qisman turli transport turlaridan foydalanishga asoslangan murakkab ochish usullari kombinatsiyasidan foydalanishni taqozo etadi. Yana bir bor shuni ta’kidlab o'tish joizki, qazish usuli, sxemasi va tizimini tanlashda va karyer kommunikatsiyalarini umumiy foydalanishdagi yo'llar bilan bog'lovchi temir yo'l va avtomobil yo'llarini yotqizishda karyerning butun faoliyati davomida karyer konturining ehtimolli yoki talab qilingan siljish yo'nalishini albatta inobatga olish kerak.



    10 BOB. KONCHILIK SANOATINING ATROF MUHITGA
    TA’SIRI
    10.1. Konchilik sanoatining biosferaga ta'siri haqida umumiy ma'lumotlar
    Konchilik sanoati atrof-muhitga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi soha bo‘lib, tog‘ jinslarini qazib olish va ularni qayta ishlash ko‘p qirrali murakkab jarayonlardan iborat. Bu jarayonlarning barchasi yer usti va yer ostining geologik holatiga ta’sir o‘tkazadi, atmosfera va gidrosfera sifatini o‘zgartiradi.
    Konchilik sanoati atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbalar kompleksidir. Har qaysi konchilik korxonasining muhitga ta’siri korxona foydalanayotgan konning geologik va geokimyoviy xususiyatlariga, konda mavjud bo‘lgan kimyoviy elementlar assotsiyasiga hamda uni qazib olish va qayta ishlashda qo‘llanilayotgan texnik vositalar va texnologik jarayonlarga bog‘liq.
    Ko‘pchilik hollarda konning qoplama jinslari hamda foydali qazilma ostidagi to‘shama jinslar tarkibida simob, qo‘rg‘oshin, margimush, rux, kadmiy va boshqa zaharli elementlar mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, foydali qazilma rudalarida ham bir necha turdagi zaharli moddalar mavjud bo‘lib, ular konni qazish, rudani yuklash, tashish va qayta ishlash jarayonlarida muhitga tarqaladilar.
    Konchilik ishlarining atrof-muhitga ta’siri ayniqsa ochiq kon ishlarida kuchli bo‘ladi. Karyerni qazishdagi yalpi portlatish ishlaridan havoga katta miqdordagi
    chang-gaz ko‘tarilib, uzoq masofalarga tarqaladi va yerga cho‘kib, ekotizimlarga zarar yetkazadi. Karyerni quritish maqsadida tik quduqlar yordamida yer osti suvlarini yer ustiga chiqarib tashlanishidan yerning gidrologik rejimi o‘zgaradi, yer ustida sun’iy ko‘llar va botqoqlashgan

    Download 3,73 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




    Download 3,73 Mb.