|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 73/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari1 - 2 - qirqim transheya; 2 - 3 - kapital transheya; 4 - karyer maydonining konturi
S = — Н
р.т р.т
2 В + Н
р. т р. т
(ctgap.m.p + ctgapMM)],
Qirqim transheyaning bitta bortini qazib olganda (transheya karyer konturi bo’ylab joylashgan), uning ko’ndalang kesim yuzasi quyidagicha aniqlanadi:
Bunda, Н.m - qirqim transheyaning chuqurligi, m;
Bpm - qirqim transheya asosining kengligi, m;
ap m^p, ap m H - mos ravishda ishchi va ishchi bo’lmagan qirqim transheya bortining qiyalik burchagi, gradus.
Ikkita bortni qazib olishda (transheya karyer konturi ichida joylashgan):
Sp. т = Нр. т [Вр. т + Нр. mCtgaр. т. p ] ,
Ochish usullari va ularning klassifikatsiyasi.
Ochish usullari to'g'risida tushuncha.
Ishchi gorizontlarni ochish maxsus kon laximlarini o'tish yordamida amalga oshiriladi. Ularni ochishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad, bu - pog'onalarda yo'lga qo'yilgan yuk oqimlarini transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlash va buning natijasida kon massasini ishchi gorizontlardan yer yuzasiga yoki o'rta gorizontlarga tashish imkoniyatini yuzaga keltirishdir. Ochuvchi kon laximlari yer yuzasidan boshlanib yoki avval ochilgan ish gorizontidan boshlanib, ochilishi nazarda tutilayotgan gorizont ish maydoni belgisida tugaydi.
Ochish usullari qator belgilariga qarab aniqlanadi. Bunday belgilardan eng asosiysi bu - ochuvchi laximlar turidir.
Alohida hollarda butun foydali qazilma konini qazish ishlari va karyer yuklarini tashish ishlari ochuvchi laximlarni o'tmasdan turib ham olib boriladi. Bu quyidagi hollarda kuzatiladi: bashnyali kran - kran va shunga o'xshashlarni qo'llagan hollarda. Ko'p hollarda karyerning alohida ishchi gorizontlariga transport vositalarining yetib borish imkoniyati ochish laximlarisiz ham mavjud bo'ladi. Bu quyidagi hollarda kuzatiladi: tog'li va tog'li-chuqurlik sharoitida joylashgan konlarda qoplovchi jinslarni gorizont yon bag'ridagi ag'darmalarga
tashishda, kichik qiyalikka ega bo'lgan joy relefida ishchi gorizontga yer yuzasidan bevosita yetib borish imkoniyati bo'lganda va shunga o'xshash hollarda. Ochishning bunday usuli transheyasiz ochish usuli deb ataladi.
Ko'pgina hollarda karyerning ishchi gorizontlarini kapital transheyalar yoki yarim transheyalar yordamida ochishadi. Kapital transheya - ishchi gorizontni ochish uchun xizmat qiluvchi ochiq qiya kon laximi bo'lib, transport vositasini yer yuzasidan kongacha yetib borishini ta’minlaydi. Yer osti laximlari (qiya va vertikal stvollar, shtolnyalar, tonellar bilan birgalikda) yordamida ochish kamdan kam hollarda amalga oshiriladi. Bulardan tashqari yuqorida keltirilgan ikki turdagi kon laximlarining (yer osti va er usti) kombinatsiyasidan foydalanib ham konlarni ochishadi. Bunday usul kombinastiyalashgan usul deb aytiladi.
Kapital va yarim transheyalar quyidagicha farqlanadi: к karyerni tugal chizig'iga nisbatan joylashishiga qarab; к kon laximlari qiyaliklari kattaliklariga qarab;
к umumiy yo'lga (trassaga) ega bo'lgan transheyalar xizmat ko'rsatadigan pog'onalar soni bilan;
к transheyaning asosiy vazifasiga ko'ra; o
к chuvchi kon laximlarining xizmat qilish muddati bilan (stastionar va yarimstatsionar va boshqalar).
G'ildirakli transport vositalari (temir yo'l va avtomobil transporti) harakati uchun mo'ljallangan transheyalar qiya transheyalar deb, ko'targichlar bilan jihozlangani esa tik-qiya transheyalar deb yuritiladi.
|
| |