|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 74/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariUmumiy yo'lga (trassaga) ega bo'lgan transheyalar xizmat ko'rsatayotgan pog 'onalar soniga qarab, alohida (bitta pog'ona), guruh (bir necha pog'onaga) va umumiy (karyerning oxirgi chuqurligigacha bo'lgan barcha pog'onalar) transheyalarga bo'linishi mumkin.
Tashqi transheyalar statsionar yoki yarim statsionar holatida bo'ladi. Ichki transheyalar statsionar (karyerning ish olib borilmayotgan bortida joylashgan), yarim statsionar va vaqtincha bo'lishi mumkin. Karyerning ishchi bortlarida
vaqtincha va yarimstatsionar holatida joylashtirishga, kon kapital ishlari hajmini kamaytirish maqsadida va ochish ishlari hajmini vaqt bo'yicha qayta taqsimlash uchun harakat qilinadi.
Bir (yagona) kapital transheya bilan ochilgan ishchi gorizontda ko'p hollarda transport vositalarining mayatniksimon (qaytma) harakati yo'lga qo'yiladi. Agar ishchi gorizont ikkita transheya (yukli va yuksiz) bilan ochilgan bo'lsa, bunday holda transport vositalarining ikki yoqlama harakati ta'minlanadi va ko'p hollarda kon texnikasidan foydalanish darajasi oshadi, bu esa o'z navbatida ochuvchi laximlarni o'tishda sarflangan xarajatlarni oshishini qisman qoplaydi. Bunday transheyalar juft transheyalar atalib, tashqi yoki ichki qo'yilishga ega bo'lishi va ular alohida, guruh yoki umumiy transheyalar juftligidan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Trassalar ham o'z navbatida mos ravishda yagona (birlamchi) va juft trassalarga bo'linadi.
Juft transheya va trassalar (yo'l) asosan chuqur bo'lmagan, yuk aylanmasi sur'ati yuqori karyerlarda qo'llaniladi.
Yuqorida keltirilgan kapital transheyalarni bir-biridan farqlash belgilaridan kelib chiqqan holda asosiy ochish usullari klassifikastiyasi 18.1- jadvalda keltirilgan. Jadval professor E.F. Sheshko klassifikatsiyasi asosida tuzilgan.
Ochish usullari klassifikatsiyasi.
9.2- jadval.
Ochish usuli belgisi.
|
Ochish usuli
|
Ochiq kon laximlari yordamida.
|
Yer osti laximlari yordamida.
|
Yer osti va ochiq kon laximlari qo'shilmasi yordamida.
|
Ochuvchi kon laximlarining karyerning tugal chizig'iga nisbatan holatiga ko'ra.
|
Tashqi, ichki yoki ikkalasi qo'shil-masidan hosil bo'lgan transheyalar va yarim- transheyalar yordamida.
|
Tashqi, ichki yoki ikkalasi kombi- nastiyasi.
|
Tashqi, ichki yoki ikkalasi kombina-stiyasi.
|
Laximning
turg'unligi
|
Turg'un, yarimturg'un va vaqtincha transheyalar yoki yarimtransheyalar
|
Turg'un bo'lgan laximlar.
|
Turg'un yoki turg'un va yarim turg'un (vaqtincha) laximlarning kombi- natsiyasi.
|
|
yordamida.
|
|
|
Laximlarning
qiyaligi.
|
Tik, qiya yoki yarim qiya transheyalar va yarim-transheyalar yordamida.
|
Vertikal, tik qiya, qiya yoki gorizontal.
|
Vertikal, tik qiya, qiya yoki gorizontalning kombinatsiyasi.
|
Xizmat
ko'rsatilayotgan gorizontlar soni.
|
Alohida, guruh yoki umumiy transheyalar va yarimtransheyalar.
|
Alohida, guruh yoki umumiy.
|
Alohida, guruh yoki umumiy.
|
Transport vosi- talarining pog'o- nadagi harakati xarakteriga ko'ra (uzluksiz yoki mayatniksimon).
|
Birlamchi yoki juft transheyalar va yarimtransheyalar.
|
Birlamchi yoki juft transheyalar.
|
Birlamchi yoki juft transheyalar.
|
Ma'lum qaralayotgan joyning umumiy tekisligi (shunday tekislik haqida gap ketayaptiki, ma'lum qaralayotgan joyning eng ko'p nuqtasi shu tekislikda yotgan bo'lishi shart) belgisidan pastda joylashgan ishchi gorizontlarni ochishda kapital transheyaning bo'ylama profili transport vositalarini harakat yo'nalishi yukli holatda ko'tarilishi bilan xarakterlanadi, qaralayotgan gorizontlarni ochishda esa, harakat yo'nalishi yuksiz transport idishlarini ko'tarilishi bilan xarakterlidir.
Ochuvchi kon laximlarining karyer maydoni va foydali qazilma uyumiga nisbatan joylashishiga ko'ra ochishni yon qanotli va markaziy transheyalar yordamida (yoki yer osti kon laximlari yordamida); foydali qazilma uyumi yotib turgan tomonlaridan ochish, shuningdek karyerni ko'ndalang aylanmasidan ochish kabi turlarga ajratish mumkin.
a
b
9.5. Rasm. Guruhlashgan tashqi (a) va ichki (b) transheyalar bilan ochish sxemasi.
Karyer ishchi gorizontlarini ochish sxemalari to'g'risidagi asosiy
tushunchalar.
|
| |