|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 76/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariKonchilik ag‘darmalari maydonlar hosil bo‘ladi. Yer osti
suvlaming tortib olinishi erning geomexanik holatiga ham ta’sir yetishi mumkin. Ba’zi hollarda bunday joylarda yerning cho‘kishi va depression voronkalar hosil bo‘lish holatlari kuzatiladi. Karyerning ichki va tashqi
ag‘darmalaridan muhitga turli zararli va zaharli moddalar muttasil tarqalib turadi. Tashqi ag‘darmalar minglab gektar unumdor yerlarni egallaydi.
Ochiq kon ishlaridan yerning geomorfologik holati o‘zgarib, karyerlar o‘rnida yirik xandaqlar, ular yaqinida esa ag‘darmalardan tepaliklar hosil bo‘ladi.
Keyingi ma’lumotlarda keltirilishicha, O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati chiqindilari (ag‘darmalar, shlam va dum chiqindilari to‘planadigan joylar) 10 ming gektar maydonni egallaydi. Shunday qilib, konchilik sanoatining atrof-muhitga ta’siri ko‘pqirrali bo‘lib, mutaxassislar bu ta’sirni Konchilikdan buzilayotgan yer maydonlari klassifikatsiyalashda turlicha fikr yuritadilar. Yaponiyalik olim M.Nakao bunday ta’sirni quyidagicha guruhlaydi:
foydali qazilmani qazib olish va shaxta suvlarini yer ustiga chiqarib tashlanishi natijasida yer ostida bo‘shliqlar hosil bo‘lib, yer sirtining cho‘kishi;
yer ustiga chiqarilgan shaxta suvlaridan qishloq xo‘jaligi hamda baliqchilikning zarar ko‘rishi;foydali qazilmani qazib olishda hosil bo‘ladigan gazlar tarkibida uchraydigan oltingugurt oksidi va boshqa zaharli moddalardan qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilikning zarar ko‘rishi;
konchilikda hosil bo‘ladigan ag‘darmalar va shaxta suvlari tindirgichlarining barcha tirik jonzodlar hamda yer resurslariga zarar yetkazishi.
Konchilik sanoatining muhitga ta’siri to‘g‘risidagi ushbu klassifikatsiya doirasi ancha tor bo‘lib, buni polshalik mutaxassislar E. Malara, T Skavina va 3.
Boyarskiylar bir muncha keng ma’noda berdilar. Ularga ko‘ra, konchilik sanoati muhitda geomexanik, gidrologik, kimyoviy, fizik-mexanik va termik o‘zgarishlami sodir qiladi.
Geomexanik o‘zgarishlarga relyef o‘zgarishi, tog‘ jinslari geologik tuzilishidagi o‘zgarishlar, tuproqning mexanik tarkibi buzilishi, bino va muhandislik inshootlarining yemirilishi kabi hodisalar kiradi. Geomexanik o‘zgarishlarga quyidagi ishlar sabab bo‘ladi:
karyerlar qurilishi, ag‘darmalar, tepalik va xandaqlar hosil bo‘lishi, tindirgich suv hovuzlari barpo etilishi;
kon ishlaridan yer sirtining buzilishi;
boyitish fabrikalari chiqindilari va boshqa turdagi chiqindilarni saqlash muammolari;
og‘ir va qudratli texnik vositalarning ishlatilishi hamda montaj ishlari va boshqalar.
Gidrologik o‘zgarishlarga yer osti suvlari sathining o‘zgarishi, yuza gorizontlardagi kichik suv tarmoqlarida suv sifatining buzilishi va oqim yo‘nalishining o‘zgarishi, tuproq suv rejimining o‘zgarishi, yer osti suvlari zaxirasining kamayishi, gruntning zichlanishi kabi o‘zgarishlar kiradi. Bunday o‘zgarishlarga quyidagi ishlar sabab bo‘ladi:
foydali qazilmani ochiq va yer osti shaxta usulida qazib olishda yer osti suvlarining tik quduqlar yordamida chiqarib tashlanishi;
konchilik ishlaridan yer sirtining buzilishi;
karyerlar qurilishi, ag‘darmalar, sun’iy ko‘llar, tepalik va chuqurliklar hosil bo‘lishi;
daryolar o‘zanining o‘zgartirilishi, suv omborlari, to‘g‘onlar va boshqa gidrotexnik inshootlar barpo etilishi;
suvlarning ifloslanishi;
konlarni quritish ishlari.
Kimyoviy o‘zgarishlarga atmosfera havosi, suv va tuproq kimyoviy tarkibining o‘zgarishlari kiradi. Bunday o‘zgarishlarga quyidagi ishlar sabab bo‘ladi:
kimyoviy faol gazlar va changlarning ajralib chiqishi;
ifloslangan va sho‘rlangan suvlarning relyefga tashlanishi;
ag‘darmalar, shlamxona va dumxonalardan muhitga zaharli moddalarning tarqalishi.
|
| |