• Changlanishni kamaytirish.
  • Konchilikda atmosfera muhofazasi tadbirlari




    Download 3,73 Mb.
    bet79/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    Konchilikda atmosfera muhofazasi tadbirlari. Konchilik korxonalarida atmosfera havosini muhofazalashning turli tadbirlari qo‘llaniladi. Bu tadbirlar chang hamda ishlab chiqarish shovqinini kamaytirishga qaratilgandir.
    Changlanishni kamaytirish. Bu tadbir changni tutib qolish, ko‘tariladigan changni bostirish hamda chang ko‘tariluvchi yuzalarni qotirishdan iborat.
    Changni tutib qolish burg‘ulash ishlarida, maydalash-saralash, aglomeratsiya va boyitish fabrikalarida mexanik, gidravlik, filtrli va elektr changtutgichlarda amalga oshiriladi. Mexanik changtutgichlarning ishi chang zarralarining o‘z og‘irligi, inersiya kuchi va markazdan qochma kuch ta’sirida ajralib cho‘kishiga asoslangan. Gidravlik changtutgichlar ishi chang zarralarini suyuqlik yordamida cho‘ktirish ya’ni changli havoni «yuvish»ga asoslangan. Filtrli changtutgichlarda chang zarralari g‘ovak filtrlovchi elementlarda tutib qolinadi. Elektr changtutgichlar ishi chang zarralarining elektr toki ta’sirida ionlashib, musbat elektrod atrofiga to‘planishiga asoslangan.
    Ko ‘tariladigan chang va gazlarni bostirish tog‘ jinslarini yumshatish, ularni yuklash, tushirish, tashish va saqlash jarayonlarida amalga oshiriladi. Tog‘ jinslarini yumshatish ularni burg‘ulash va portlatish vositasida amalga oshiriladi. Burg‘ulash jarayonida ko‘tariladigan chang: 1) havo-suv aralashmasi yordamida bostiriladi; 2) havo-emulsiya aralashmasi yordamida bostiriladi. Emulsion material sifatida ishlatilgan transformator moyi yoki sirt-faol moddalar (SFM) dan foydalaniladi; 3) changtutgichlarda tutib qolinadi.
    Portlatish ishlarida chang va gazlarni bostirish texnologik va muhandislik- texnik tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Texnologik tadbirlarga portlatish kuchini boshqarish usuli kiradi. Muhandislik-texnik tadbirlarga quyidagilar kiradi:

    • portlatiladigan joy va uning atrofini oldindan sug‘orib qo‘yish;

    • portlatishda suv zaboykasini qo‘llash;

    • portlatishda qo‘llaniladigan zaboyka materialiga neytralizatorlar (tuz va ohak) qo‘shish;

    • musbat kislorod balansli portlovchi moddalardan foydalanish;

    • portlatishda chang-gaz bulutining tezroq tarqalishi uchun shamol esadigan vaqtni tanlash;

    • havoga ko‘tarilgan chang va gazni bostirish uchun suvni uzoq masofaga sepadigan kuchli gidroposev qurilmasidan foydalanish.

    Tog‘ jinsiniyuklash tushirishda ko‘tariladigan changni bostirish uchun quyidagi ishlar bajariladi:

    • yuklanadigan kon massasini oldindan ho‘llab qo‘yish;

    • yumshatilgan kon massasini yuklash paytida qayta ho‘llash;

    • ko‘tariladigan changni rotor ekskovatorlaridagi aspiratsion tizimda tutib qolish.

    Tog‘ jinsini tashish va saqlash jarayonida quyidagi chang-gaz bostirish ishlari bajariladi:

    • avtomobil yo‘llariga suv yoki emulsiya sepiladi;

    • temir yo‘l transportiga yuklangan massa ho‘llanadi yoki uning sirtiga bog‘lovchi suyuqlik sepiladi yoxud uning usti plyonka bilan yopiladi;

    • konveyer transportiga yuklangan massaning usti plyonka bilan yopiladi;

    • massani tushirish va uyumlashda chang ko‘tarilmasligi uchun u ho‘llanadi;

    • avtotransportdan chiqariladigan gazlarni kamaytirish uchun dvigatellar sozlab turiladi, gazlarni parchalash uchun katalitik va termo-katalitik neytralizatorlardan foydalaniladi. Katalizatorlar avtotransport gazidagi uglerod oksidlarini 75% ga, uglevodorodlarni 70% ga va aldegidlarni 80% ga neytrallaydi.

    Karyerdagi chang ko‘tariladigan yuzalarni qotirish. Karyerdagi chang ko‘tariladigan yuzalarga ag‘darmalar sirti, karyer va uning atrofidagi maydonlar, karyerning qiya bortlari hamda shlamxonalarning qurigan maydonlari kiradi. Chang ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan bunday joylarning sirti quyidagi usullar bilan qotiriladi:

    • karyerlarning qiya bortlariga poliakrilamid, natriy xlor va kalsiy xlorning kuchsiz (0,01-0,1 %) eritmalari yoki bitum emulsiyasi sepiladi;

    • ag‘darmalar va shlamxonalarning qurigan sirti lateks (kauchuk va zardob aralashmasidan iborat sut rangidagi suyuqlik) bilan qoplanadi;

    • karyer atrofidagi maydonlar ko‘kalamzorlashtiriladi;

    • ag‘darmalar sirti gidroposev usuli bilan qotiriladi. Bunda suyuqlikni uzoq masofaga sepadigan mexanizm yordamida o‘simliklar urug‘iga ozuqa bo‘luvchi va ayni vaqtda qotib, himoya pardasini hosil qiluvchi suyuq aralashma sepiladi.


    Download 3,73 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




    Download 3,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konchilikda atmosfera muhofazasi tadbirlari

    Download 3,73 Mb.