• 10.2 Konchilikda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish
  • Konchilik ishi asoslari




    Download 3,73 Mb.
    bet78/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    Flora va fauna:

    Bino va inshootlar qurish. O‘rmonlarni kesish. Tuproq qatlamini o‘zgartirish. Yer osti va yer usti suvlari holatini o‘zgartirish. Havoni changlantirish va unga turli gazlarni chiqarish. Sanoat va maishiy shovqinlarni keltirib chiqarish.

    O‘rmon, dasht va suv florasi va faunasining hayot sharoitlari yomonlashishi. Yovvoyi hayvonlar sonining qisqarishi va ularning boshqa joylarga ko‘chishi. O‘simlik- lar qoplamining kambag‘allashuvi. Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining pasayishi. Chorvachilik, baliqchilik va o‘rmonchilik xo‘j aliklari mahsuldorligining kamayishi.

    Yer bag'ri:

    Kon qazish ishlari. Qazilma boyliklarni va kon qoplama jinslarni qazib olish. Konlarni

    Tog‘ jinslari joylashgan massivning holati o‘zgarishi. Foydali qazilmaning sifati va







    quritish. Kon joylashgan hududlarda ko‘llar hosil qilish. Qazilma boyliklar rudasi va unga aralashgan jinslarni kuydirish. Ishlab chiqarish chiqindilari va zararli moddalarni ko‘mish. Oqova suvlarni tashlash.

    konning sanoatboplik
    qimmati pasayishi. Yer bag‘rining ifloslanishi.
    Yerning bo‘shashishi va o‘pirilish jarayonlarining rivojlanishi. Foydali
    qazilmalarning yo‘qotilishi.




    Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilib aytganda, konchilik sanoati ishlab chiqarishi biosferaning barcha komponentlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bunday ta’sir kuchi foydali qazilmani qazib olish usuliga bog‘liq. Biosfera elementlariga ayniqsa ochiq usulda qazib olishning ta’siri katta bo‘ladi. Yer osti shaxta usulida qazib olishning ta’siri o‘rtacha va yer osti geotexnologik usulda olishning ta’siri esa kuchsiz bo‘ladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda uran konlarining geotexnologik usulda o‘zlashtirilishi biosferani asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.
    10.2 Konchilikda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish
    Atmosferaning ifloslanishi. Konchilik sanoati rivojlangan hududlar havosiga chang, uglerod va azot oksidlari, oltingugurt angidridi, vodorod sulfidi va boshqa kimyoviy birikmalar chiqib turadi.
    Konchilikda havoni ifloslovchi manbalar 2 guruhga bo‘linadi:
    1) davriy manbalar — bularga portlatish ishlari kiradi. Karyerdagi tog‘ jinslarini qazib olish ularni burg‘ulash-portlatish orqali amalga oshiriladi. Portlatiladigan quduqlarni burg‘ulash jarayonida hosil bo‘ladigan ezilgan tog‘ jinslari siqilgan havo yordamida chiqarib tashlanadi va bunda havoga katta miqdorda chang va zararli gazlar ko‘tariladi.
    Hozirgi vaqtda kon resurslarini ochiq usulda qazib olish yalpi portlatish orqali amalga oshiriladi. Bunday usul bilan har bir portlatishda 2 mln. m3 gacha tog‘ jinsi yumshatiladi va shu bilan birga havoga hajmi 15-20 mln. m3 ga yetadigan chang-gaz buluti ko‘tarilib, uning tarkibida 250 t gacha chang va 6-10
    ming m3 gacha zararli gazlar bo‘ladi. Portlatishda ajralib chiqadigan zararli gazlaming tarkibi va miqdori portlovchi moddaning turiga bog‘liq. Eng ko‘p miqdordagi gaz trotila portlatilishidan ajraladi (84,4 l/kg gacha), eng kam miqdordagi gaz esa zernogranulit portlatilishidan ajraladi (32 l/kg gacha). Yoppasiga portlatishda portlatilgan tog‘ jinsidan ikkilamchi gaz ajralish hodisasi kuzatiladi. Bunda ayniqsa uglerod oksidlari ko‘p ajraladi. Ba’zan gaz ajralishi 10­15 soatgacha davom etib, u tog‘ jinsini qazish-yuklash ishlari jarayonida yanada kuchayadi.
    2) doimiy manbalar — bularga tog‘ jinslarini portlatishdan tashqari ularni qazib olish va qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlar kiradi.
    Tosh olinadigan karyerlarda toshni kesish jarayonida ko‘p miqdorda chang ajraladi. Toshni yuklash va tashishda atmosferaga changdan tashqari uglerod va azot oksidlari, akrolein va boshqa transport gazlari chiqariladi.
    Tog‘ jinslari odatda og‘ir yuk ko‘taruvchi qudratli transport vositalarida tashiladi. Ular o‘z yo‘li davomida, ayniqsa karyerdan chiqish yo‘lida, zo‘riqishidan havoga katta miqdorda chang va transport gazlari chiqaradilar. Tog‘-kon ishlarida asosan dizel yoqilg‘isida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanilishi atrof- muhitga texnogen ta’sirni karbyuratorli mashinalar ishlatilishiga ko‘ra sezilarli darajada kamaytiradi. Buning sababi shundaki, dizel yoqilg‘isi sozlangan forsunkalar orqali purkab berilishida uning yonish koeffitsienti 60 % gacha ko‘tariladi, etillangan benzinning yonish koeffitsienti esa 32 % dan oshmaydi. Buning ustiga, benzinning yonishidan muhitga benz-a-piren, is gazi, qo‘rg‘oshin bug‘i va shu singari kuchli zaharli gazlar chiqadi. Benzin tarkibiga etil suyuqligi bilan qo‘shilgan qo‘rg‘oshin yoqilg‘i yonganda bug‘ holida ajralib, qo‘rg‘oshin birikmalarini hosil qiladi, ularning 30 % yer sirtiga cho‘kib, 40% havoga tarqaladi. Transport gazlarining muhitga ta’siri havo namligi yuqorilashgan sari kuchayadi.
    Muhitning turli gaz va changlar bilan ifloslanishida ayniqsa maydalash- saralash, aglomeratsiya va boyitish fabrikalari, ta’mirlash korxonalari, qozonxonalar, energetik qurilmalar, avtotraktor parklari va shunga o‘xshashlar ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Aytilganlardan tashqari tog‘-kon ishlari havo bo‘shlig‘ini texnik shovqin bilan ham ifloslantiradi. Karyerlarda kuchli shovqin hosil qiluvchi manbalar qatoriga texnologik mashina va qurilmalar, transport vositalari kabi doimiy manbalar hamda portlatish ishlari kabi davriy manbalarni kiritish mumkin.

    Download 3,73 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




    Download 3,73 Mb.