|
Shaxtasining kon-geologik va kon texnik tasnifi
|
bet | 1/16 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #250724 |
Bog'liq Yuldashev Ruslan hisoboti
Mavzu:CHODAK KONIDA PASTKI GARIZONTLARNI MARKSHEYDERLIK TA`MINOTI LOYIHASI
KIRISH
I BOB. CHODAK KONI “GUZAKSOY” SHAXTASINING KON-GEOLOGIK VA KON TEXNIK TASNIFI
“Guzaksoy” shaxtasining kon-geologik tavsifi
“Guzaksoy” shaxtasining kon-texnik tavsif
II BOB. CHODAK KONI “GUZAKSOY” SHAXTASIDA BAJARILADIGAN MARKSHEYDERLIK ISHLAR TAHLILI
2.1 Yer yuzasidagi geodezik tarmoq holati
2.2 Kondagi asosiy va kundalik marksheyderlik ishlar tahlili
2.3 Marksheyderlik hizmati xolating tahlili
2.4 Xulosa
III BOB. CHODAK KONIDA PASTKI GARIZONTLARNI MARKSHEYDERLIK TA`MINOTI LOYIHASI
3.1 Kondagi yer osti teodolit tasviri va tayanch tarmoqlarining loyihasi
3.2 Marksheyderlik ishlar loyihasi
3.3 Chodak konida pastgi gorizontlarni marksheyderlik ta`minoti loyihasi
IV BOB. HAYOT FAOLYATI XAVSIZLIGI
4.1 Kon ekologiyasi
4.2 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
KIRISH
Texnika va texnologiyalar jamiyat hayotining barcha sohalarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan hozirgi zamonda davlatlarning rivojlanish istiqbollari ko‘p jihatdan foydali qazilmalar bilan nechog‘lik boyligiga bog‘liq. Hozirgi paytda dunyoda 150 dan ortiq mineral xomashyo qazib olinmoqda.
Sanoat yoki qishloq xo‘jaligida biron-bir mahsulotni olish uchun katta miqdorda mineral xomashyoni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Misol uchun: 1 t cho‘yan olish uchun 2 t temir ma’dani va 0,6 t koks kerak, 1 t mis uchun 100 t mis ma’dani, 1 t nikel uchun 200 t nikel ma’dani, 1 t tantal uchun 8000 t ma’dan kerak bo‘ladi. Oxirgi 25yilda mineral xomashyo ishlatish ancha o‘sdi.
Dunyo bo‘yicha neft va gazga bo‘lgan talab 5 barobar, temirga bo‘lgan talab esa 3 barobar oshdi.O‘zbekistonda yuzga yaqin foydali qazilmalarning ikki ming yetti yuzga yaqin koni mavjud. Mamlakatimizning mineral xomashyo salohiyati 3,3 trilion AQSH dollari miqdorida baholanadi. Har yili 5,5 mldr. AQSH dollari hisobida foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Topilgan gaz zaxiralari respublikamiz ehtiyojini 35 yilga, neft esa 30 yilgacha qoplaydi.
Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini har tomonlama tezlashtirish uchun birinchi navbatda, mamlakatning butun xalq xo‘jaligini yanada yuksaltirishni taminlaydigan og‘ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish katta ahamiyatga egadir. Og‘ir sanoatning ana shunday tarmoqlaridan biri – konchilik sanoatidir. Hozirgi vaqtda
O‘zbekiston konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston zamirida hali sanoat ishlab chiqarishga jalb etilmagan juda katta va qimmatbaho mineral hom ashyo resurslari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Karimov I.A. tabiri bilan aytganda: “O‘zbekiston zamiida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega mamlakatlar jahon haritasida ko‘p emas. Bu boylklarning ko‘pchiligi hali ishga solinmagan.O‘zbekiston o‘z boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi – bu yerda mashxur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan”.
Hozirgi vaqtda ishlab turgan va yaqin kelajakda ishga tushiriladigan konchilik
korxonalari samaradorligini oshirishda yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan innavatsion, texnika va texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda konlarni ochiq usulda qazib olishning rivojlantirish muhum rol o‘ynaydi. Chunki konlarni ochiq usulda qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli hisoblanadi. Biroq shaxtalarda ishlab chiqarish jarayonlari intensivligi va shaxta chuqurlashish tezligini oshishi natijasida ish joylarida normal aerologik sharoitlarni yaratish muammosi yanada keskinlashmoqda.
Bu muammoni hal qilish uchun ko‘p sonli ilmiy–tadqiqot va loyiha– konstruktorlik ishlarini quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda: shaxtalarni suniy shamollatish vositalarini yaratish; shaxtalarni tabiiy va suniy shamollatishda havo harakati nazariyasini o‘rganish; shaxta atmosferasiga zararli moddalarning ajralib chiqishini oldini olish va mashinalar kabinasida mehnatni muxofaza qilish qoidalari talablariga to‘la javob beradigan sharoitlarni ta’minlash.
Bu masalalarni echishda, birinchi navbatda meteorologiya, aeromexanika va termodinamika kabi qator yondosh fanlar yutuqlaridan foydalaniladi. Shaxta aerologiyasi turbo mashinalar mexanikasidan, jumladan aviatsiya dvigatellaridan foydalanib shaxtani shamollatish qurilmalarini yaratish ishlariga bog‘liq.Shaxta aerologiyasining ahamiyati, birinchi navbatda, odamlarning shaxtada ishlashi uchun sog‘lom atmosfera sharoitini taminlanganligi orqali ifodalanadi.
Shunga ko‘ra shaxta aerologiyasiga konchilikda mehnatni muxofaza qilish ishlarining bir tarmog‘i sifatida qaraladi. Keyingi yillarda konlarni ochiq usulda qazib olishda shaxta aerologiyasining texnologik ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Chunki shaxta aerologiyasi texnologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish bilan bir qatorda, bazi sharoitlarda konlarni ochiq usulda qazib olish imkoniyatlarini ham belgilab bermoqda.
Er yuzida kam va tarqoq holda uchraydigan metallarning noyobligini, ulardan foydalanish doirasi kengligini hisobga olganda, chet ellik investorlarni jalb etib, bir qator qo‘shma korxonalar barpo etish uchun katta imkoniyatlar va istiqbollar ochilmoqda.
CHodak kon boshqarmasi 1968-yilda tashkil qilingan bo‘lib, 1970-yilda dastlabki xom-ashyo zavodga topshirilgan. CHodak kon boshqarmasi Namangan viloyati, Pop tumanida joylashgan bo‘lib, u o‘ziga yaqin shaxarlar bilan Namangan -120km, Qo‘kondan -65km, Popdan-40km, Angrendan-120km, Olmaliqdan-185km uzoqda joylashgan. CHodak koni CHodak qilog‘idan -8km uzoqda joylashgan. Chodak konida ishlaydigan asosiy ishchilar Chodak qishlog‘i axolisidan tashkil topgan. Chodak qishlog‘ining axolining 35% ini Chodak Koni ishchilari tashkil qiladi. Chodak qishlog‘ining xarorati o‘rtacha qishda -15°S, yozda esa +38°S, +42°S gacha o‘zgarib turadi. Chodak qishlog‘ining axolisi asosan tog‘ ishchilar hisoblanadi. CHodak kon boshqarmasi 2002-yildan boshlab “Olmaliq Kon Metallurgiya Kombinati” Aksiyadorlik Jamiyati tarkibiga kiritilgan. Chodak kon boshkarmasi asosiy va yordamchi uchastkalardan tashkil topgan. Asosiy uchastkalar:
-Pirmirab shaxtasi:
-Guzaksoy shaxtasi:
-Oltin saralash fabrikasi:
-YOrdamchi uchastkalar:
-Mexanika tamirlash sexi:
-Qurilish tamirlash uchastkasi:
-Suv taminoti uchastkasi:
-Avtomobil korxonasi:
Chodak kon boshqarmasi elektr energiya bilan Namangan elektr tarmog‘i 110kw va Angren elektr energiyasi bilan taminlanadi. Chodak kon boshqarmasining asosiy ishlab chiqarish mahsuloti oltin va kumush hisoblanadi.
|
| |