I BOB. Chodak koni “Guzaksoy” shaxtasining kon-geologik va kon texnik tavsifi




Download 1,27 Mb.
bet2/16
Sana23.05.2024
Hajmi1,27 Mb.
#250724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Yuldashev Ruslan hisoboti

I BOB. Chodak koni “Guzaksoy” shaxtasining kon-geologik va kon texnik tavsifi.
1.1.“Guzaksoy” shaxtasining kon-geologik tavsifi.
Guzaksoy shaxtasining ruda tanalari Djulaysoy, Chodak boshi razlomlardan tashkil topgan. Guzaksoy shaxtasining ruda maydoni shartli ravishda quyidagi uchastkalariga bo‘lingan:
-Markaziy uchastka; Oq – Buloq uchastkasi; Shimoliy oq-bloq uchastkasi; Qora-Kutan uchastkasi; julaysoy uchastkasi; Janubiy-G‘arbiy uchastkasi.
Guzaksoy shaxtasining markaziy uchastasi asosiy rudani yetkazib beradigan uchastka xisoblanadi. U markaziy karyerning o‘ng tomonida joylashgan uchastkadagi ruda tanalarini mayda Balgalin va Qorabase razlomlari kesib o‘tgan. Ruda tanalarida kvars-porfirit, kvars-korbonit, andezit va boshqa minerallar tashkil topgan.
Guzaksoy razlomidan o‘tgan ushbu uchastka ruda tanalari cho‘ziqligi bo‘yiga ancha masofagacha cho‘zilgan. Uchastkadagi ruda tanalari №1 №2 ruda tanalaridan iborat. №2 ruda tanasidagi oltin ruda katta miqdorda uchraydi. Uchastkadagi yana bir razlom bu Viderjaniy razlom bo‘lib, uning cho‘ziqligi 80m gacha yetadi. №1 ruda tanasi unga katta bo‘lmagan miqdorda oltin uchraydi. Ruda tanasining cho‘ziqligi 180m gacha yetadi. Markaziy uchastkadagi ruda tanalarining qalinligi 4m dan 20m gacha uchraydi, yotish burchagi esa 60-70° dan kam bo‘lmagan holda uchraydi.
Oq-buloq uchastkasi ruda maydoninig Guzaksoy koniga kiradi. Oq-buloq uchastkasida joylashgan ruda tanalarining Oq-buloq, qora-kutan razlomlari kesib o‘tgan. Ruda taribida kvars, kvars-gemanit, oqvarsevaniya minerallar uchraydi.
Uchastkadagi ruda tanalari №3, №4 bilan belgilangan. №3 ruda tanasi yer yuzidan boshlab, janubiy – g‘arb tomonga 280 metrgacha cho‘zilib borgan. №3 ruda tanasining chuqurligi esa yer yuzidan 100-120m gacha chuqurlikda joylashgan. Ruda tanasini kesib o‘tgan Oq-buloq razlomi sharqga 70-75° qiyalikda
joylashgan. №3 rudani tanasining ayrim joylaridagi qalinligi 10-15m ga ham teng.
№3ruda tanasining yana bir tuzilishi stolbasimon formada yotgan bo‘lib, 100m gacha uzunlikda va 30m chiziqlikda uchraydi. №4 ruda tanasi esa chuqurligi yer yuzidan 120m chuqurlikgacha yetadi. №4 ruda tanasidagi yana bir zaxira mavjud bo‘lib, u S2 zaxirisiga kiradi. U yerdagi foydali komponentlar har xil shaklga ega bo‘lganligi bilan ajralib turadi. №4rudaning tanasining yotish burchagi 70-90°ga teng, yuzasi bo‘yicha qalinligi 1m dan 9m gacha yotadi
Shimoliy Oq-buloq uchastkasi Guzaksoy kon ruda maydoni tarkibiga kiradi. Shimoliy Oq-buloq uchastkasi shimoliy karolning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, u yerdagi ruda tanalarini Guzaksoy razlomi va Djulaysoy razlomlari kesib o‘tgan ruda tanalari №5 asosiy ruda tanasi xisoblanib u yer yuzasidan 100m chuqirlikgacha cho‘zilgan. Ruda tanasining chiziqligi esa 160-180m ga teng. Ruda tanasidagi asosiy uchraydigan minerallar kvars, kvars-gematit, kvars –andezit, kvars porferitlar hisoblanadi.
Ruda tanasini kesib o‘tgan razlomlarning yotish burchagi 180-185°dan tashkil topgan bo‘lib, u bir necha metrga cho‘zilgan. Ruda tanasining kesib o‘tgan kengligini bir tog‘ jinsi bu dayka bo‘lib, rudani 2ga ajratib yuborgan. №5 Ruda tanasida oltin miqdori katta hisoblanib, u yerda asosan mayda mayda xolda uchraydi №5 ruda tanasining ayrim joylarda qalinligi 5mdan 20 m gacha uchraydigan joylar ham bor ushbu metrlardagi ruda tanasining yotishuv burchagi 60-90° gacha yetadi. Ruda tanasida uchraydigan asosiy mineral bu kvars, kvats gematit menerallaridir. №5 ruda tanasining yer yuzasidagi qismining asosiy minerallari kvars korbonit, kvars-porfirit bo‘lib, ular 50-60m chuqurlikgacha joylashgan. №5 ruda tanasining qalinligi 2m dan 20 m gacha yetadi, yoni burchagi esa 55°dan 90°gacha o‘zgargan.
Qora-kutan uchastkasi guzaksoy koni ruda maydoni tarkibiga kiadi. Qora-kutan uchastkasi shimoliy karyerning shimoliy qismida joylashgan bo’lib, uchastkadagi ruda tanalari vidermaniy va julaysoy razlomlari kesib o’tgan. Qora-
kutan uchaskasida ruda tanalari №6, №7 hisoblanadi. Qora-kutan uchastkasi ruda tanalari №6 deyarli yer yuziga chiqmagan. №7 ruda tanasi esa yer yuzasidan 80m
gacha chuqurlikda joylashgan bo’lib cho’ziqligi 150-160 m gacha yetadi. Ruda tanasida uchraydigan asosiy minerallar kvars, kavars-knbonat, kvars-gmatit va kvars-porfiritlar hisoblanadi. Ruda tanasini kesib o’tgan vidermaniy razlomining qalinligi 80sm ni tashkil qilib uning yotish burchagi 50°-55° ga teng.
Vidershaniy razlomining cho‘ziqligi esa 200 metrgacha cho‘zilgan. №6 ruda tanasining chuqurligi xam №7 ruda tanasining chuqurligi bilan bir xil chuqurlikda joylashgan. №6ruda tanasining qalinligi 3m dan 10m gacha yetadi, ochish burchagi esa 75°-90° ga teng. №7 ruda tanasining qalinligi 2m dan 13m gacha etadi, uning ochish burchagi esa 60°-80° ga teng №7 Ruda tanasida uchraydigan yana bir mineral bu pirit bo‘lib bu mayda mayda ko‘rinishda o‘chraydi. Piridning yana bir uchraydigan holati katta katta holda uchrab u asosan kvars va kvars-karbanat bilan bitta holda uchraydi. №6 ruda tanasida esa yana bir mineral uchraydi. Bu mineral holokorit miniraldir. U asosiy turli xil shakilda uchrab ko‘pincha kvars bilan birga uchraydi. №7 Ruda tanasining eng ko‘p kvarsli zonasi buning 30-40 metrlardagi chuqurligda uchraydi. U yerda butun minerallar faqat kvars shakilda yuzaga kelgan. №7 ruda tanasining yer yuziga chiqqan joyida kvars bilan birga felzit minerallari ham joylashgan. Djulaysoy II uchastkasi janubiy karyerning g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, u Guzaksoy maydoni tarkibiga kiradi. julaysoy II uchastkasi ruda tanalari asosan eng katta Djulaysoy razlomi kesib o‘tgan. julaysoy razlomining yo‘nalishi janubdan shimolga qarab cho‘zilgan. julaysoy II uchastkasining ruda tanalari №8, №9, №10 dan iborat. Deyarli barcha ruda tanalari yer yuzasiga cho‘zilgan. Ularning yer yuzasiga yaqinlashgan eng qisqa masofasi yer yuzasidan 40m chuqurlikda joylashgan. julaysoy II uchastkasiga eng uzun joylashgan ruda tanasi bu №8 ruda tanasi hisoblanaib, u 210-230m gacha cho‘zilgan. №9 va №10 ruda tanalari esa 120m va 150m gacha cho‘zilgan. Ruda tanalarini kesib o‘tgan razlomining qalinligi deyarli 1,2-1,5 metrga teng. Uning yotish burchagi esa 50-55° ga teng.№8 ruda tanalarining deyarli oxirgi metrlarida juda kam uchraydigan kvars evaniya zonasi mavjud bo‘lib, oltinni asosiy qismini tashkil qiladi. №10 ruda tanasining boshlanish qismida qalinligi unchalik qalin
bo‘lmagan ruda tanasi boshlanadi pastga tushgan sari qalinlik oshib borib,ruda tanasining eng kam joyi 15m ga yetadi. Bu №9 ruda tanasiga nisbattan ancha qalindir №9 ruda tanasi esa aksincha yuqori qismida qalinligi 5-8m gacha yetadi.
Pastga tushgan sari qalinligi kamayib oxirgi chuqurlikda 2 m gacha bazi joylarda 0,9 metrgacha yetadi. Pastga borgan sari ruda tanasini Djulaysoy razlomi egallab klin xolatiga keltirib qo‘ygan.Djulaysoy II uchastkasining ruda tanalari qalinligi o‘rtacha 8m yotish burchagi esa 75°ga teng. Janubiy-G‘arbiy uchastkasi Guzaksoy ruda maydoni tarkibiga kiradi. Janubiy-G‘arbiy uchastkasi janubiy karyerning Janubiy-G‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib uchastka ruda tanalarini asosan Chodak boshi razlomi kesib o‘tgan.Janubiy-G‘arbiy uchastkaning ruda tanalari №11, №11a lardan tashkil topgan. №11 ruda tanasida kvars, kvars-gematit, kvars-pirit minerallari uchraydi. №11ruda tanasining uzunligi yer yuzidan 80-100 metrga yetadi. Ruda tanasini cho‘ziqligi bo‘yicha bir nechta mayda razlomlar bo‘lib o‘tgan va ruda tanasini 2-3 qisimga ajratgan. Bu razlomlar ruda tanalarini xar xil yo‘nalishga bo‘lib tashlangan. №11a ruda tanasida kvars bilan birga xlorid, artoplass minerallari ham uchraydi. Ular asosan chuqurlikda eni 90-100 metrdan ko‘p uchraydi. Ruda tanalarini kesib o‘tgan. Chodak boshi razlomining kengligi 1,5-2,0 metrni tashkil qiladi. Mayda razlomlarning kengligi esa 0,3-0,7 metrdan iboratdir. №11 ruda tanasini asosan Chodak boshi razlomi ikki joyda kesib o‘tgan. Aynan razlom kesib o‘tgan joyda ruda tanasi har tomonga yo‘nalgan. №11 ruda tanasining chuqurligi deyarli 60m ga teng. Ruda tanasida eng kam uchraydigan maloxit minerali ham mavjud. Bu mineral kvars-gematit bilan uchragan. №11 ruda tanasining qalinligi deyarli barcha joylarda bir xil qalinlikda uchragan. Boshidan oxirigacha ruda tanasining qalinligi 3m dan 7m gacha o‘zgargan. Og‘ish burchagi esa 75-80°dan iborat.

1-rasm Guzaksoy kon maydonining geologik xaritasi.

Download 1,27 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. Chodak koni “Guzaksoy” shaxtasining kon-geologik va kon texnik tavsifi

Download 1,27 Mb.