|
Qo’llanilayotgan qazib olish tizimi
|
bet | 6/16 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #250724 |
Bog'liq Yuldashev Ruslan hisoboti2.3 Qo’llanilayotgan qazib olish tizimi
Ruda tanasining og‘ish burchagi gorizontga nisbatan tikga yaqin joylashganda keng qo‘llaniladi, bu qazib olish tizimi ko‘rsatilgan. Bunda yuk tashiladigan shtrek-1 ruda tanasi qalinligining o‘rtasida yoki yotgan yondan ruda kontakti bo‘ylab o‘tiladi.
Mahkam rudadan shtrek mustahkamlagichsiz o‘tiladi va uning shipiga gumbazsimon shakl beriladi. Shamollatuvchi shtrek vazifasini, yuqorigi qavatni yuk tashiluvchi shtreki-2 bajaradi. Qavat balandligi 50-60 m bo‘lishi mumkin.
Qavat rudaning chiziqligi bo‘yicha vosstayushiylar bilan har 40- 100 m da alohida bloklarga bo‘linadi. Vosstayushiylar kameralar aro seliklarni o‘rtasidan uning o‘q yo‘nalishi bo‘yicha o‘tiladi. Vosstayushiy tirgak mustahkamlagichlar bilan mahkamlanadi, qo‘porilishi bo‘yicha 4-6 m kamera bilan yo‘lakcha-3 orqali tutashtiriladi.
Ba’zan blok o‘lchami uzun bo‘lsa, uning o‘rtasidan qo‘shimcha vostayushiy o‘tiladi uning vazifasi, kameraga materiallar, uskunalar tashib keltirishni osonlashtirish, qazilayotgan blokni shamollatishni yaxshilashdir. U mavjud bo‘lsa qanotdagi vosstayushiyni kesim yuzasi kichikroq o‘lchamda o‘tilib, unda faqat narvon bo‘limigina uskunalanadi.
Rudaning magazindan bir tekis chiqarish uchun ruda tushiruvchi duchkalar oralig‘ini 5-6m o‘lchamda, qabul qilinadi. Bu o‘lchamlar kattaroq bo‘lsa, ruda notekis tushadi.
Qazib olish ishlari blokda to‘rt bosqichdan iborat: magazinning pastki qismini kesib, uning tagida voronka hosil qilinadi; so‘ngra rudani shamollatuvchi shtrek osti seliklariga qadar qo‘porib, ularni magazinlaydi; rudani chiqarish va qavatlar, kameralar oralig‘idagi seliklarni qazib olish (ajratib olish) dan iborat.
Qazib olish sikli tarkibiga, burg‘ulash va shpurlarni portlatish, shamollatish, ortiqcha rudani chiqarish, shipni xavfsiz holatga keltirish ishlari odatda ikki yoki uch smenada davom etadi.
Har bir siklda chiqariladigan ruda miqdori uning maydalanganlik darajasiga bog‘liq. Ruda chiqarilgandan keyingi bo‘shliqni ishchi balandligi 1,8-2,5 m atrofida bo‘ladi.
|
| |