Shaxtasining kon-geologik va kon texnik tasnifi




Download 1,27 Mb.
bet5/16
Sana23.05.2024
Hajmi1,27 Mb.
#250724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Yuldashev Ruslan hisoboti

2.2 Shaxta maydonini ochish
Hozirgi vaqtda Chodak kon boshqarmasi Guzaksoy shaxtasi quyidagi uchastkalarga bo‘linadi.
Markaziy uchastka;
Oq-buloq uchastkasi;
Shimoliy oq-buloq;
Qora-kutan;
julaysoy II;
Janubiy-g‘arbiy uchastkalari.
Hozirgi vaqtga kelib deyarli barcha uchastkalarda ochish ishlari olib borilgan bo‘lib, tayyorlash va qazib olish ishlari amalga oshirilmoqda. Guzaksoy shaxtasining absolyut balandligi 1240 m dan boshlanib, hozirgi paytda 1065 m gacha ruda zaxiralari borligi aniqlangan.
Absolyut balandligi eng yuqorida bo‘lgan 1240 m gorizontda Shimoliy oqbuloq uchastkasi joylashgan bo‘lib, ushbu uchastkaning geologiya-qidiruv ishlari burg‘ulash ishlari orqali yer yuzidan amalga oshirilgan. Keyinchalik esa geologiya-qidiruv ishlari shtolnya №16 ni o‘tish bilan amalga oshirilgan. Shtolnya №16 kelajakda asosiy tashish shtreki bo‘lishi sabab xavfsizlik qoidalariga javob beradigan qilib o‘tilgan. Ushbu uchastkada shamollatish ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun shtolnya ichkarisidan yer yuzasiga ya’ni gor 1280 m ga shamollatish vosstayushiysi teshilgan. Ushbu vosstayushiydan faqat ishlatilgan havo oqimi yer yuzasiga chiqib ketishi mo‘ljallangan. Ushbu Shimoliy oqbuloq usatkasida ya’ni bitta shtolnya №59 o‘tilgan bo‘lib, u asosan
tashish ishlari uchun xizmat qiladi. Shtolnya №59 absolyut balandligi gor 1230 m ga to‘g‘ri keladi va u shimol tomonga o‘tilgan bo‘lib, shtolnya №16 dan 10 metr
pastda joylashgan. Shtolnya №59 danshtolnya №16ga qarab 2 ta ruda tushirgich o‘tilgan. Shtolnya №16 dan tashilayotgan rudalar shtolnya №59 orqali yer yuzasiga chiqariladi, chunki shtolnya №16 ning yuza qismiga boorish uchun ruda tashiladigan avtomobillarning chiqish yo‘lining qiyinligi uchun, ayniqsa, qish mavsumida umuman iloji bo‘lmagani uchun shtolnya №16 rudalarishtolnya №59 ning yuzasi bilan olib ketiladi. Absolyut balandligi 1200mda joylashgan qora-kutan uchastkasining ruda zaxiralari asosan shtolnyalar bilan geologik-qidiruv ishlari amalga oshirilgan. Ushbu uchastkada dastlab g‘arb tomonga shtolnya №60 o‘tilgan. Ushbu shtolnyada olib borilgan geologic qidiruv ishlarga ko‘ra ushbu uchastkaning boshqa tomonlarida ham ruda tanalari borligi namoyon bo‘ldi. Keyinchalik ushbu uchastkaning shimoliy tomoniga qarab shtolnya №63 o‘tilishi amalga oshirildi. Ushbu shtolnyada shamollatish ishlarini bajarish uchun yer yuzasiga shamollatish vosstayushiylari teshildi.
Shtolnya №60 da esa shamollatish ishlarini yaxshilash uchun shamollatish shtreklari o‘tildi va ishlatilgan havo oqimi shtolnya orqali chiqib ketishi mo‘ljallandi. Absolyut balandligi 1150 m da geologik-qidiruv ishlari natijasiga ko‘ra Djulaysoy II-uchastkasi zaxiralari topilgan bo‘lib, ushbu uchastkada shtolnya №43 orqali ochish lahimi o‘tilgan.
Hozirgi vaqtda Djulaysoy II-uchastkasi zaxiralarini kengaytirish uchun zaxiraning janubiy qismida geologik-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Shtolnya №43 dagi kon lahimlarining shamollatish ishlarini yaxshilash maqsadida shtolnya №63 ga shamollatish, vosstayushiy №4 va blok vosstayushiysi -376,313 lar shtolnya №63 ga teshilgan. Ruda zaxiralarini ochishda tog‘ kapital qurilish uchastkasi tomonidan barcha ochuvchi lahimlar ochilib borilmoqda. Guzaksoy shaxtasida ochiq usulda qazib olingan karyerlar mavjud bo‘lib, ularda hozirgi vaqtga kelib ish tugagan. Bular markaziy karyer, shimoliy va janubiy karyerlardir. Shimoliy va markaziy karyerlar ish tugagan bo‘lsada, suv bilan to‘lmagan. Markaziy uchastka esa oldin qazib olingan markaziy karyerning shimoliy bortida joylashgan. Markaziy karyer esa qazish ishlari tugagandan so‘ng julaysoy suvlari
bilan to‘lgan edi. Aynan markaziy uchastka zaxiralari geologik-qidiruv ishlari natijasida aniqlangandan so‘ng, markaziy karyerdagi suvlar karyerning eng tub qismi ya’ni gorizont 1065 m gacha chiqarib tashlandi.
Markaziy uchastka zaxiralari 1170 m dan 1065 m oralig‘ida joylashgan va 1150, 1100, 1065 m qadami 50 m dan 35 m gacha bo‘lganda qazib olinyapti. Gorizont 1170 m oldin geologik-qidiruv ishlari shtolnya №21 bilan ochilgan. Hozirgi vaqtda markaziy uchastka zaxiralarini kengaytirish uchun zaxiralarining shimoliy qismida geologik-qidiruv ishlarini davom ettirish uchun lahimlar tiklaniyapti. Gorizont 1100 m geologiya qidiruv shtolnyasi №22 bis yordamida ochilgan va markaziy uchastka zaxiralarini dorazvedka olish uchun (janubiy uchastka zaxirasini Shimoliy oq-buloq uchastkasi zaxirasini) xizmat qiladi. Gorizont zaxiralari markaziy karyer bortidan o‘tiladigan shtolnyalar yordamida ochiladi. Markaziy karyerning ikki yonidan (bortidan) o‘tiladigan shtolnyalar №64 va №65 lardir.
Shtolnya №64 chi asosan markaziy uchastka zaxirasini qazib olishga mo‘ljallangan bo‘lib, bevosita boshqa ya’ni yuqorigi gorizontdagi boshqa uchastka zaxiralarini geologik-qidiruv ishlarini o‘tkazishga ham xizmat qiladi. Shtolnya №64 dan geologik-qidiruv ishlarini bajarish uchun shtolnya №22 bis ga qidiruv vosstayushiysi ko‘tarilgan. Qidiruv vosstayushiysi nafaqat qidiruv ishlari, balki shamollatish, yurish (harakatlanish) ishlari uchun ham xizmat qiladi. Shtolnya №64 dan shamollatish, harakatlanish uchun blok vosstayushiylari 502, 511 ham o‘tilgan bo‘lib, ular bevosita qazib olish ishlarida qatnashadi. Shtolnya №65 markaziy karyerning g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, u ham markaziy uchastka zaxiralarini qazib olishga mo‘ljallangan. Shtolnya №65 faqat markaziy uchastka zaxiralarini to‘la to‘kis o‘rganish uchun, uning shartli ravishda chegaralarini belgilab olish uchun o‘tilgan. Shtolnya №65 da shtolnya №22bis ga shamollatish, harakatlanishi uchun vosstayushiy №560, 561 lar o‘tilgan. Shtolnyalardan chiqadigan ruda va atrof yon jinslarini shtolnyalarning yuzasida joylashgan otvallar estakadasiga to‘kiladi. Shtolnyalar va boshqa gorizontal kon lahimlarini o‘tishda
ularning ko‘ndalang kesim yuzasida elektrovoz 4KR-600, vagonetka VO-0,8 markalarini maksimal o‘lchovlarini inobatga olib, kommunikatsiya tarmoqlarini o‘rnatish uchun va odamlar harakatlanishini hisobga olib va gabaritlardan devorgacha xavfsiz masofani saqlagan holda o‘tiladi.Barcha kon lahimlarini o‘tishda asosan tog‘ jinsining qattiqligi qattiq bo‘lganligi sabab, mustahkamlagichsiz o‘tiladi. Faqatgina kon lahimlarini tektonik buzilishlar kesib o‘tgan joyda mustahkamlagich qo‘llaniladi. Mustahkamlagichlar monolit beton, temir beton sochma beton va profillar bilan amalga oshiriladi.
Chodak konida qo‘llanilayotgan ochish usuli eng xavfsiz, eng qulay , eng oson va eng arzon ochish usulidir. Chodak konida ruda tanalarining joylashish sharoitlari tog‘li hududda bo‘lgani bois, kon shtolnyalar yordamida ochilgan. Shtolnyalar yordamida ochishning qulaylik va afzalliklarini yuqorida ko‘rib chiqdik. Shtolnyalar orasidagi masofalar (gorizontlar orasidagi masofalar) 35 m dan 55 m gacha joylashgan. Ushbu gorizontlar orasidagi masofa yer yuzasining joylashish relyefiga qarab tanlangan.
Chodak konida qo‘llanilayotgan ochish usuli har tomonlama konning (shaxtaning) unumdorligiga, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Hozirgi vaqtga kelib eng uzun shtolnya 2200 m ga yetgan bo‘lsa-da u yerdagi foydali qazilma va atrof yon jinslarini tashish qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
Shtolnya qanchalik uzoq bo‘lsa ham baribir o‘z qulayliklari bilan ajralib turadi. Shtolnyalar orqali toza havo miqdori yer ostidagi ish joyiga yetib borish imkoniyati yuqori. Bir-biriga vosstayushiylar bilan teshilgan shtolnyalarda toza havo doimo harakatlanib turadi va u yer ostida ishlaydigan ishchilarga yetarli darajada toza havoni yetkazib berishga yordam beradi. Bu bevosita konning (shaxtaning) ishlab chiqarish quvvatiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

2-rasm.Guzaksoy konini ochish sxemasi


Download 1,27 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxtasining kon-geologik va kon texnik tasnifi

Download 1,27 Mb.