Konni ochishga ta’siretuvchi




Download 1,27 Mb.
bet4/16
Sana23.05.2024
Hajmi1,27 Mb.
#250724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Yuldashev Ruslan hisoboti

2.1Konni ochishga ta’siretuvchi omillar
Konchilik sanoati xalq xo‘jaligining eng muhim sohalaridan biridir. U mamlakatni yoqilg‘i, har xil ruda, kimyo sanoati uchun xom ashyo, qurilish materiallari bilan ta’minlaydi. Respublikamizda xalq xo‘jaligining qazilma boyliklarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridanbiri bo‘lib bormoqda. Mamlakatimiz ruh, mis, qo‘rg‘oshin, oltin, volfram, molibden, kaliy , tuzlar, ohak, marmar kabi ma’danlarga boy.
Hozirgi vaqtda har yili er ostidan 8 mlrd. tonna yoqilg‘i, 570mln.tonna qora metall rudasi, 170mln.tonna rangli metall rudasi, 620mln tonna industrial mineral xom ashyo qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan 3-5% dangina foydalanishni ta’minlanmoqda xolos. Qodgan 95-97%i sanoat chiqindisi hisoblanadi.
Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, mudofaa quvvati va mustaqilligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi
Konchilik sanoati bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar qatorida etakchi o‘rinlarda turadi. Hozirgi vaqtda 40ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan.
Oltinning asosiy zaxiralari oltin konlariningo‘zidaMarkaziyQizilqumda joy- lashganbo‘lib,tasdiqlanganzaxiralaribo‘yicharespublikanidunyodato‘rtinchio‘ringa olib chiqadi. Muruntov koni dunyodagi gigint konlar jumlasiga kiradi.U Evrosiyo qit’asidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada bo‘lgan eng yirik kondir.
Muruntov konining topilishi xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e’tirof etildi. Muruntov konijuda katta manbabo‘lib,undan har yili millionlab kub.metr kon tuprog‘i qazib olinadi.Undan dunyodagiengsifatlioltinolishmumkin.
Bu holning o‘ziyoq dunyoning oltin qazib oluvchi sanoati uchun noyob
namunadir. So‘ngi yillarda infrastrukturasi yaxshi rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va qidirib topildi. Har bir kon korxonasida unumli,xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash va boshqa texnik talablarni tegishli ravishda bajarilishida kon ixtisosligi mutaxasislarining vazifasi judamuhim vamas’uliyatlidir.shuninguchun mutaxasislar chuqur bilimga ega bo‘lishlari kerak,shundagina kon korxonalarida yaxshi texnik iqtisodiy natijalarga erishish mumkin.
Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o‘ziga xos murakkab va xavfli xususiyatlari mavjud. Ularning asosiylari quydagilardir: foydali qazilma konlarini o‘zgartirish atrof-muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatib, qator ekologik muammolarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi; ish joylarining doimo surilib turishi kon qazish ishlarining mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar; qazish ishlarining tobora chuqurlashib borishi natijasida geologic sharoitlarning tobora murakkablashib borishi, gazodinamik xodimlarining sodir bo‘lish extimolligi, shaxta atmosferasi haroratining ko‘tarilishi kabi omillar.
Kon ishlarining rivojlanishi ming yillik tarixga ega bo‘lsa-da,kon ishlari va metalshunoslikka oid bilimlar faqat 1556-yildagina buyuk olim G.Agrikola tomonidan tartibga keltirildi va ”kon ishlari va metallurgiya haqida kitob” nomi bilan lotin tilida Bazelda chop etildi. Minerallarni hosil bo‘lishi, kon ishlarini olib borish usullari, rudniklarni shamollatish to‘g‘risidagi ilmiy asoslar M.D.Lomonosovning asarlaridabatafsil bayon etilgan.(1745-1763-yillarda).
XX-asrda Konchilik ishlari jadal rivojlana boshladi.Bunda rus olimlari professor B.CH.Bokiy, akademik A.M.Terpigirov, akademik A.D.Shevyakov, akademik A.A.Skochinskiy va boshqa mutaxasislarning xizmatlari kattadir. XX-asrning ikkinchi yarmida esa konchilik sanoati sobiq ittifoq tarkibiga kiruvchi RSFSR, Ukraina va O‘rta Osiyo respublikalarida yanada jadalroq suratda rivojlandi.Bunda rus olimlari N.V.Melnikov

M.N.Agoshkov, A.S.Burchakov, V.V.Rjevskiy hamda o‘zbek olimlaridan


O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi V.R.Rahimov, professor B.R.Raimjonov, professor F.M.Mavlonova vaboshqaolimlarningxizmatlarialohidao‘rin tutadi.

Download 1,27 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1,27 Mb.