|
Shaxtasining kon-geologik va kon texnik tasnifi
|
bet | 9/16 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #250724 |
Bog'liq Yuldashev Ruslan hisoboti4.1.Konekologiya
Biz ko‘rib chiqayotgan Chodak koni Guzaksoy uchastkasining hozirgi loyihasida atrof-muxitga bo‘lgan salbiy ta’siri va uning oldini olish qoidalarini ko‘rib chiqamiz. Tabiat inson uchun yashash muxiti va resurslar manbaidir. Bularning har ikkisi ham ulardan oqilona foydalanishni , muxofaza qilishni talab etadi.
Aholi sonining oshishi sanoat rivojlanishi qishloq xo‘jaligining kengayishi turli xil pestitsid va gerbetsidlarning ko‘plab ishlatilishi tabbiy muxitni ifloslanishiga olib kelmoqda. Chiqindilarni yo‘qotish mummolarini olib kelmoqda. Bunday chiqindilar yo‘qotilishida muammolarni keltirib chiqmoqda. Atrof –muxitning ifloslanishidan saqlash va tabbiy resurslardan oqilona foydalanishni vazifalarni o‘z ichiga olgan , tabiat muxofazasi masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, bir necha obyektlarga ega. Atmosferaning ifloslanishidan tog‘ kon sanoati ham ishtirok etmoqda.
Shaxta aerologiyasining ahamitati birinchi navbatda, odamlarning shaxtada ishlashi uchun sog’lom atmasfera sharoitini taminlaganligi orqali ifodalanadi.
Shaxta havosi- bu kon lahimi bo’ylab harakatlanuvchi va doimo atmasfera havosiga nisbatan tarkibi o’zgaruvchi gaz va bug’ aralashmasidir. Namlik, harorat, bosim va havoning hajmiy massasi kabi ko’rsatgichlar shxta atmasferasining doimiy o’zgarib turadigan ko’rsatgichlarni tashkil qiladi.
Shaxta yer yuzidan kirib keladigan atmasfera havosi quydagi tarkibda bo’ladi: N2-78.08%, O2-20.95% CO2-0..03% A-0.93% va boshqa gazlar
Konlarning gazdorligi, kon jinslarining oksidlanishida O2 ni yutishi va ishlab chiqarish jarayonlarini uzoq vaqt davom etishi kabi omillar shaxta atmosferasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Shaxta havosida atmosferaga nisbatan O2 kamayishi bilan bir qatorda CO2 ko‘payib boradi va zaxarli gazlar, shuningdek, chang va qumlar paydo bo‘ladi. Shaxta havosi tarkibidagi
O2, N2,va CO2 gazlarining yuqorida keltirilgan o‘zgarishi bo‘yicha uch ko‘rinishga ega: atmosfera havosi, faol gazlar (PM gazlari, zaxarli va portlovchan gazlar) hamda o‘lik havo.
"O‘lik havo" – bu tarkibida N2, CO gazlari atmosferadagi ushbu gazlar miqdoriga nisbatan ortiqcha ko‘p bo‘lgan yoki tarkibida kislorod bo‘lmagan kon havosi. “O‘lik havo” dagi CO2: N2 nisbat muayan sharoit uchun doimiy bo‘lib, shaxtadagi gaz almashinivini kuzatishga imkon beradi.
Tadqiqotlar natijasida shaxta havosi odatdagi atmosfera havosi sifatiga (tarkibiga) ega havo ekanligi, shuningdek uning tarkibida yuqorida keltirilgan gazlardan tashqari azot oksidi, uglerod oksidi, oltingugurt – vadorot, oltingugurt gazi va aldegitlar kabi zaxarli gazlar va bug‘lar mavjudligi ham aniqlangan.
Ichki yonish dvigatellari va termik burg‘ilash jarayonlari Ichki yonish dvigatellari shaxta atmosferasiga aldegidlarni chiqaruvchi manbalar hisoblanadi. Foydali qazilma konlarini qazib olishda shaxta atmosferasiga malum miqdorda chang ajralib chiqadi. Chang o‘lchami 0,1-0,5 dan kichik bo‘lgan mayday qattiq zarralar bo‘lib, ular zaxarli va zaxarsiz bo‘lishi mumkin.
Tarkibida qo‘rg‘oshin, simob, xrom, marganes, mishuak, surma va boshqa zaxarli elementi bo‘lgan changlar zaxarli chang bo‘lib, ulardan nafas olish odamlarni maxsus kasbiy kasalliklarga chalinishiga olib keladi. Tarkibida kvars, ko‘mir, slikatlar kabi boshqa elementlar bo‘lgan changlar zaxarsiz changlar hisoblanadi. Biroq, zaxarsiz changli atmosferadan uzoq vaqt davomida nafas olish odamlarni silikoz, antrokos, aspetos va boshqa kasbiy kasalliklar bilan kasallanishiga olib keladi.
Ishchilar hayoti uchun radiaktiv changlar o‘ta havfli hisoblanadi. Bu changlar kishilar hayotiga odatiy tasir etish bilan bir qatorda ularni rak kasalligiga chalinishiga olib keladi. Silikoz bilan kasallanish chang tarkibida kremniy ikki oksidi (SiO2) mavjud bo‘lganda sodir bo‘ladi. Shaxta ish joylarida GOST talabalariga binoan havoning changlili darajasi ruxsat etilgan konsentratsiya (REK) dan oshmasligi lozim.
|
| |