|
Shaxta havosidagi portlovchi gazsimon aralashmalar
|
bet | 10/16 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #250724 |
Bog'liq Yuldashev Ruslan hisobotiShaxta havosidagi portlovchi gazsimon aralashmalar
Potrlovchi moddani portlatganda CO, NO, NO2, N2O4 va N2O5 gazlarining birkmalari hosil bo‘ladi. Bu gazlar zaxarli bo‘lib, ko‘z va nafas yo‘llari shillik qobug‘ini kuchli yallig‘lanishiga olib keladi. Portlatishda xosil bo‘lgan turli gazlarning hajmi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
W2 =22,4 nM
bunda: 22,4 – normal sharoitda 1 gramm – molekulaning xajmi, litr;
nM – 1 kg PM portlatilganda hosil bo‘lgan gazning gram-molekulalari soni.
Bir kilogramm ammonit №6 PM portlatilganda 910 litr turli gazlar ajralib chiqadi. Bu gazlar kon ishchilari uchun o‘ta havfli bo‘lib, o‘pkaga kirib uni shishirad va 20-30 soat ichida o‘ldiradi. Bu gazlarning havo tarkbida o‘limga olib kelaigan konsentratsiyasi 0,025% ni tashkil qiladi. Konsentratsiyasi 0,025% dan kam bo‘lgan havodan chuqur nafas olish ham odamlar o‘limiga sabab bo‘ladi, chunki bu sharoitda ham opka shishib, havo (kislorod) tanqislgi sodir bo‘ladi.
Yo‘talish, bosh og‘rig‘i, qusish, tana haroratning ko‘tarilishi va yurak faoliyatni buzilishi oksidlardan zaxarlanishning belgilari hisoblanadi. Havo tarkbidagi oksidlarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi NO2 ga qayta hisoblanganda 0,0002%, N2O2 ga qayta hisoblanganda esa 0,0001% ni tashkil qiladi. Portlatish jarayonida katta miqdorda azot oksidi ajralb chqadi. Azot oksidi amiak silitrasi parchalanishida bevosita ajralib chiqadi.
4.2.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Chodak koni Guzaksoy uchastkasining loyixasiga muvofiq marksheyderlik ishlarini olib borish jarayonida, yer osti marksheyderlik tasvirlari xususiyatlaridan kelib chikib kuyidagi xavfsizlik tadbirlari qo‘llash kuzda tutilgan:
Odamlar katnashi kiyin bulgan laxmlarda, xamda laxmlarning xavflilik darajasi yukori bulganda (konikarsiz sharoitlar, ventilyatsiya kuchsiz bulganda, transport katnovi kizgin bulganda va x-k.) tasvirga olish bevosita uchastka (bosh) marksheyderisiz bajarilishi mumkin. Gaz xavfi bulgan shaxtalarda uchastka (bosh) marksheyder uzi bilan gaz aniklagich olib yurishi kerak.
Berk kavjoyli laxmlarda tasvirga olish (ulchash) ishlarini olib borish uchun ishchi ventilyatorlar bilan kisman shamollatilib xavo xolati meyoriy xolatga kelgandan keyingina bajarilishi mumkin. Extiyotkorlik uchun kavjoydan odamlarni (konchilar) chikarib turish kerak buladi. Gaz xavfi bulgan shaxtalarga fakatgina gaz aniklagich bilan metan gazi mikdori aniklangandan keyin kiriladi.
Tashish uskunalari tuxtovsiz ishlab turgan laxmlarni xamda ularni kabul
kiluvchi-junatuvchi maydonchalarda tasvirga olish ishlarini olib borish bevosita marksheyder boshchiligida bajarilishga ruxsat etiladi. Kutarish mashinalari (lebedkalar) uchirilgan va tusib kuyilgan bulishi kerak. Laxmda ish olib borilayotgani xakida lebyodka boshkaruvchisiga, rukoyatkachiga va uchastka nazoratchisiga xabar berib kuyish shart. Tasvirga olishda katnashgan xamma a’zolar laxmdan chikkandan keyin marksheyder shaxsan uzi transport vositalarini ishlarini boshlashi mumkinligini bildiradi. Tashish ishlari olib borilayotgan laxmlarni tasvirga olish ish bulmaydigan kunlar va smenalarda bajarilish tavsiya kilinadi.
Tashish konveyyeri kuril mal ar i ishlab turgan laxmlarni tasvirga olishda asboblar odamlar utadigan yulga urnatilib shu tomondan ulchash ishlari bajariladi.
O’ta qiya joylashgan laxmlarda tasvirga olishda asboblar, buyumlarga va kon jinsi bulaklarini dumalatib yuborishdan extiyot bulish lozim. Tasodifan dumalab ketgan jinslar katta tezlikda borib pastda turgan odamlarni shikastlashi mumkin.
Asboblarni urnatishdan oldin shiplar kuzatilib xavfsiz xolatda ekanligi tekshirilishi kerak. Asboblar iloji boricha rels yullaridan uzokrok urnatilishi lozim.
Laximlar shipiga otveslarni osganda trasport tarmoklariga tegib ketishdan extiyot kilinadi.
Yorituvchi, orqa va oldingi signallarni transport vositalariga (elektrovozlar, uziyurar mashinalar va b.) yakinrok urnatib bu xakda u yerdagi ishchilarga xabar burib kuyiladi. Bu asboblar bilan ishlayotganda tarnsport vositalari yorugliklarni titratib yubormasligi uchun oldindan tuxtatib turilishi kerak. Ulchash ishlari tugatilib asboblar yigishtirilib xavfsiz joyga olingandan keyin transport vositalariga yurish uchun ruxsat beriladi.
Masofalarni pulat ruletkalar yordamida ulchayotganda ularni elektr
tarmoklariga tegib ketishidan saklanish kerak.
Mashinalar va mexanizmlar ishlayotganda, sostav xarakatlanayotganda ruletkalar bilan uzunlik ulchash mumkin emas.
Mashina va mexanizmlar ishlab turgan joylarga punktlar urnatish, asboblarni urnatish va ulchash ishlari olib borish man qilinadi. Ish jarayonini boshlashdan oldin mashina va mexanizmlar uchirilishi va yokish muruvatlari tusib kuyilgan bulishi shart.
Gaz xavfi bulgan shaxtalarda elektrli asboblar (svetodalnomer, girokompas va boshqalar) yopib kuyilishi va ta’mirlanishi man etiladi.
Tozalash kavjoylarida tasvirga olish, punktlarni urnatish uchun asboblar urnatilganda va ulchanayotganda odamlar bemalol utish uchun yullar bulishi lozim. Tasvirga olish ishlari ish bulmaydigan va ta’mirlash smenalarida utkazish tavsiya kilinadi.
Har bir konni ishga tushirish uchun avval uning loyihasi ishlangan bo‘lishi shart. Loyiha shu sohaga tegishli bo‘lgan loyihalash muassasasida ishlab chiqiladi va yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Konchilik korxonasini qurish va konni ishlab borish shu tasdihlangan loyiha bo‘yicha amalga oshiriladi. Tasdiqlangan loyiha bo‘lmasa konni ishga tushirilishiga ruxsat berilmaydi. Yer ostida konchilik ishlarini olib borishda shaxtaning o‘ziga xos xususiyati bor. Bu xususiyat yer ostidagi kon sharoitlaridan kelib chiqadi.
Yer ostida ish joyi ko‘pincha tor bo‘ladi. Bu esa mehnat harakatini
qiyinlashtiradi. Ish joyida va umuman yer ostida tabiiy yorug‘likning yo‘qligi va shu sababli sun’iy yoritishning zarurligi kon bosimining ta’siri va atrofning o‘pirilish ehtimoli, kon jinslarining orasidan zaharli va xavfli gazlarning chihishi, yer osti kon inshootlariga sun’iy yo‘l bilan toza havoni etkazib berish, yer osti suvining chiqishi va shu kabilarni yer osti ishlarini bajarishda albatta inobatga olish zarur.
Shuning uchun konchilik ishlarida xavfsizlik va mehnat muhofazasini ta’minlash qonun-qoidalariga amal qilish shart hisoblanadi. Shuningdek xavfsizlik va mehnat muhofazasini ta’minlashga doir «yer ostida ma’dan, ma’danmas va sochma konlarni ishlab chiqarishdagi xavfsizlikning yagona qoidalari», «Ko‘mir va slanets konlarini ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalari» kabi qo‘llanmalar mavjud.
Bulardan tashqari shu qoidalar asosida ishlab chiqilgan turli ko‘rsatmalar ham bor. Ko‘rsatmalarda xavfsizlik qoidalarini to‘g‘ri bajarish uchun qanday ishlar qilinishi kerakligi bayon etiladi. Masalan, portlatish ishini qanday bajarish qoidasi bor, lekin bu qoida bo‘yicha portlatishni to‘g‘ri bajarish haqida ham ko‘rsatma ishlab chiqilgan. Konda ishlovchilarga har bir ishchining kasbiga taaluqli bo‘lgan qoidalar asosida maxsus mashg‘ulotlar tashkil qilinadi.
Havfsizlik qoidalarga amal qilish hamma ishchilarga taaluqlidir. Qoidaga rioya qilinmaganda noxush hodisa ro‘y bersa, shu qoidani buzgan yoki bajarmagan ishchi aybdor hisoblanadi va tegishli javobgarlikka tortiladi. Qoidalarga rioya qilish ishchi hali konga tushmasidan oldin boshlanadi. Yer ostiga tushadigan hamma ishchilarga shaxsiy foy-dalanish uchun yoritish asbobi (lampa), ish kiyimlari, qo‘lqop beriladi.
Konga tushayotgan va undan qaytib chiqqanlar birma-bir hisobga olinadi. Ish vaqti tamom bo‘lgandan keyin mabodo bironta ishchi 2 soat davomida qaytib chiqmasa, bu haqda tegishli rahbarlarga xabar qilinadi hamda qidiriladi.
Yer ostidagi har bir konda kamida ikkita chiqish joyi bo‘lishi shart. Shu chiqish joyi (stvol yoki shtolnya)ni er ostida ishlaydigan hamma konchilar bilishi kerak. Ishchilarga oson bo‘lishi uchun lahimlarda va o‘yilmalarda, bir-birini kesib o‘tgan joylarda yo‘l ko‘rsatkichlar o‘rnatib qo‘yiladi.
Agar konda gaz yoki portlaydigan chang bo‘yicha xavf bo‘lsa, unda har bitta ishchiga zaharli gazdan o‘z-o‘zini himoya qiladigan asbob (apparat) beriladi. Konda shikastlanish yoki halokat yuz berganda uni bartaraf qilish rejasi oldindan belgilab qo‘yiladi. Reja bilan ishchilar tanishtiriladi va shikastlanish ro‘y berganda kim nima qilishi lozimligi tushuntiriladi. Bundan tashqari har bir ish joyida yoki uning yaqinida yuz bergan hodisa haqida xabar berish uchun telefon o‘rnatiladi.
Bundan tashqari ish joyi yaxshi shamollatilgan, yoritilgan hamda xavfsiz holatda bo‘lishi kerak.Ishchi ish boshlashdan avval ish joyini birma-bir ko‘zdan kechirishi lozim. Agar hech qanday xavf yo‘qligiga ishonch hosil qilsa, ishni boshlash kerak. Aksincha, xavf sezilsa buni darhol boshliqqa xabar qilish zarur. Ishchi o‘z kuchi va imkoniyati bilan xavfni bartaraf qilishgaurinib ko‘rishi tavsiya qilinadi. Ishchilar ruxsat etilgan lahimlardagina piyoda yurishlari mumkin.
Shu maqsadda lahimlarning bir tomonida yurish joyi belgilanadi va tekislab ho‘yiladi yoki taxta yotqiziladi. Yurish joyining eni tashish vositalaridan 0,7 m dan kam bo‘lmagan oraliqda bo‘lishi kerak. Agar lahim
fahat yuk tashish uchun belgilangan bo‘lsa, bu lahimda odamlarning piyoda yurishi mumkin emas. Ishchilarning yurishi uchun yuk tashish lahimlariga parallel qilib boshha lahim qaziladi.Temir yo‘l izidan yurilmagani ma’hul, chunki bu ma’-lum darajada xavfli.
|
| |