|
- rasm.Ozod bo‘lmagan osma yo‘l
|
bet | 13/16 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #250724 |
Bog'liq Yuldashev Ruslan hisoboti 13.5- rasm.Ozod bo‘lmagan osma yo‘l
chizmada: □ – berilgan punkt, ═ - direksion burchagi ma’lum bo‘lgan tamon
Ozod bo‘lmagan girotomon seksiyalariga bo‘lingan osma yo‘l – yo‘lning uzunligi va tadbiq qilinishiga asosan to‘liq kantrol bilan o‘tkaziladi (13.6-rasm).
Yer osti teodolit yo‘llari punktlarini barpo qilish.Yer osti teodolit yo‘llarini punktlarini barpo qilishdan avval, kon lahimlari holatini o‘rganib chiqib, punktlarni mahkamlanadigan joylar tanlanadi. Bu ishga rekognotsirovka qilish deyiladi. Kon lahimlaridagi punktlar ularning joyiga qarab va foydalanilishiga doimiy yoki vaqtincha belgilar bilan mahkamlanadi. Teodolit yo‘li punktlarini mahkamlash joyini tanlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinadi: qo‘shni punktlarning o‘zaro ko‘rinishi, oraliq masofaning iloji boricha kattaroq olinishi, punktlarning uzoq muddat saqlanishi, o‘lchash ishlariga qulayligi va havsizligini ta’minlanishi.
Doimiy belgilar bilan tayanch tarmoqlariga kiradigan doimiy punktlar mahkamlanadi. Ularni to‘liq saqlanishini ta’minlaydigan joylarga o‘rnatiladi. Bunday talabga odatda asosiy tog‘ jinslari orqali o‘tgan kapital lahimlargina javob beradi. Doimiy punktlarni kon bosimi bor yoki bo‘ladigan hududda joylashgan lahimlarda o‘rnatishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Ularni stvol oldi maydonda, asosiy va uchastka kvershlaglarida, dala va asosiy transport shtreklarida va boshqa uzoq muddat xizmat qiladigan lahimlarda guruh qilib 3 – 4 tadan punktlar mahkamlanadi, bu gorizontal burchakni kontrol qilish imkoniyatini beradi. Doimiy punktlar bir – biridan 300 – 500 metr qilib o‘rnatiladi. Oraliq nazorat punktlar esa 50 metrdan kam qilmay o‘rnatiladi.
Doimiy punktlar lahimning poli yoki shiftiga mahkamlanadi. Punktlarning konstruksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin (122-rasm).
a – lahim polida; b – lahim shiftida; d – yog‘och probkaga qoqiladigan marka (belgi).
Chizmada: а)lahim polida; b)lahim shiftida; d)yog‘och propkaga qoqiladigan marka ( 1 - po‘lat sterjen; 2 – mis probka; 3 – belgi).
Lahim shifti mustahkam bo‘lmagan hollarda doimiy punktlar lahim poliga mahkamlanadi va uning tepa qismiga yog‘och krepga vaqtincha belgi qoqiladi. Bu belgi doimiy punktni o‘rnini topishga yordam beradi.
Qator holatlarda doimiy punktlar lahim yoki devorga mahkamlanadi. Shuning uchun ularni doimiy biqin (devoriy) punktlar deyiladi. Ularning konstruksiyalari
|
| |