• 13.12-rasm.Vaqtinchalik mahkamlanuvchi marksheyderlik punktlarning konstruksiyalari
  • Shaxtasining kon-geologik va kon texnik tasnifi




    Download 1,27 Mb.
    bet14/16
    Sana23.05.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #250724
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Yuldashev Ruslan hisoboti

    13.11- rasm.Devoriy punktlar


    Chizmada: a – umumiy ko‘rinishi;b – vertikal kesma;d – gorizontal kesma; 1 – chegaralovchi shpilka; 2 – qisib qoluvchi moslama.
    turlicha bo‘lishi mumkin (13.11-rasm). Devoriy (biqin) doimiy marksheyderlik punktlari oltiburchakli qoziq shaklida bo‘lishi mumkin.Devoriy doimiy marksheyderlik punktlardan shovunlarni osish uchun (teodolitni markazlashtirish uchun) maxsus o‘zi markazlashadigan xalqadan foydalanish qulay hisoblanadi.
    Doimiy punktlarni o‘rnatishda poligon koordinatalarini hisoblash jadvalida punktning o‘rni va mahkamlash usuli ko‘rsatilgan eskiz tuziladi.Doimiy punkt bilan mahkamlash uchun tanlangan punktlardan tashqari qolgan yer osti teodolit yo‘li punktlari vaqtincha belgilar bilan mahkamlanadi.
    Lahimlardagi vaqtincha marksheyderlik punktlarning konstruksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin: a) mahkamlanmagan lahimlarga qoqiladigan belgilar; b) yog‘och ustun bilan mahkamlangan lahimga qoqiladigan belgilar; d) yog‘och probkaga qoqiladigan belgilar; e) metall va shtanga bilan mahkamlangan lahimlarga o‘rnatiladigan belgilar (13.12-rasm) [1].

    13.12-rasm.Vaqtinchalik mahkamlanuvchi marksheyderlik punktlarning konstruksiyalari


    Har qaysi doimiy va vaqtincha belgilar qarshisidagi ustunlarga punktning tartib raqami yozilgan markalar o‘rnatiladi. Beton, metal bilan mustahkamlangan yoki mustahkamlanmagan kon lahimlarida punktning tartib raqamlari lahim devorlariga buyoq (kraska) bilan yozib qo‘yiladi. Har bir shaxtaga punktlarning tartib raqamini berish tartibi bosh marksheyder tamonidan belgilanadi. Bir lahimda tartib raqamni ikki martadan takrorlash mumkin emas.
    5.3 Konchilik korxonasidagi marksheyderlik xizmati bo’limining shitati
    Ish haqqi, marksheyderlik bo’limidagi asbob uskunalar ro’yxati
    Men amliyot o’tagan Guzaksoy konida marksheyderlik xizmati bo’limining shitatiga quydagilar kiradi 1 nafar Guzaksoy shaxta bosh marksheyderi oylik haqqi 9-mln so’m 2 nafar starshiy marksheyder oylik haqqi 7-mln so’m va 2 nafar mark-rabochiy olik haqqi 6 mln so’mni tashkil qiladi bosh marksheyder bo’lish uchun kamida 9 yillik tajriba oliy toifali mutaxasis bo’lishi kerak starshiy marksheyder uchun 3 yillik tajriba va oliy toifali mutaxasis bo’lish talab qilinadi mark-rabochiyga esa oliy toifali bo’lish talab etilmaydi. Marksheyderlik bo’limining asbob va uskunlari ro’yxati quydagilar teodolit, nivelir va reykasi taxeometr, ruletka, bussol, lenta, dalnomer, shitativ va boshqalar
    Teodolit — ochiq joylarda gorizontal va vertikal burchaklarni oʻlchashda ishlatiladigan koʻchma geodezik asbob. Burchaklarni oʻlchash, triangulyatsiya va poligonometriya ishlarini bajarishda foydalaniladi. Burchak oʻlchash ishlarida gorizontal yoʻnalishda G yoki 30" aniqlikda oʻlchaydigan T.lar qoʻllaniladi. Triangulyatsiya ishlarida (yer sirti holatini aniqlashda) aniqlik darajasi yanada yuqori (0,5" gacha) boʻlgan T.lardan foydalaniladi. Aniqlik darajasi yuqori boʻlgan T.lar universal T. deb ataladi. T.lar bilan ochiq joydagi vertikal burchaklar, masofalar hamda yoʻnalishlar, magnit azimutlarini ham oʻlchash mumkin. T.ning asosiy qismlari — koʻrish trubasi, gorizontal va vertikal doiralar. Gorizontal doira limb va adilakdan iborat. Vertikal doira 15° qiya burchaklarni oʻlchash uchun moʻljallangan. Yangi optik T.lar metall limbli T.larga nisbatan ixcham, yengil va ishlatish oson. T.lar tuzilishi, aniqligi va boshqa xususiyatlariga koʻra bir necha xil boʻladi (xisob qurilmali, optik mikrometrli, mikroskopli, indeksli va boshqalar).
    elektron teodolit
    Nivelir (frans. niveler — toʻgʻrilamoq, baravarlamoq) — geodezik asbob. Yerdagi ikki nuqta balandliklari farqi (nisbiy balandligi) ni gorizontal vizir nuri b-n, shu nuqtalarga tik oʻrnatiladigan N. reykalar yordamida aniklaydi. Tuzilishi boʻyicha ular ikki tur — vizir nuri silindrik adilak (suv tarozi) yordamida gorizontal holatga keltiriladigan N.ga va vizir nuri oʻz-oʻzidan gorizontal holatga keladigan (kompensatorli) N.ga boʻlinadi. Birinchi turdagi N.ning asosiy qismlari — qarash trubasi va uning yon qismiga oʻrnatilgan silindrik adilak; ikkinchi turdagi N.da — qarash trubasi va uning ichki qismida joylashgan optik prizmali kompensator hisoblanadi. Kompensator mexanik mayatnik boʻlib, uning optik prizmasi metall yoki sintetik ikki tolali ingichka ipda osib qoʻyilgan boʻladi. U 15’ (minut) gacha qiya boʻlgan vizir nurni avtomatik ravishda gorizontal holatga keltirib beradi. Anikligi boʻyicha N. anikligi yukrri (1 km masofaga nivelirlash anikligi 0,5—1,0 mm), aniq (2—3 mm) va texnik (10 mm) N.ga boʻlinadi. N.lar asosiy geodezik va topografik ishlarda, barcha turdagi qurilish ishlarida, noyob binolar va murakkab inshootlarning choʻkishi hodisalarini kuzatishda, Yer qobigʻi vertikal harakatini oʻrganishda va b. maqsadlarda keng qoʻllanadi. Nivelirlash natijalari:
    (1) avtomobil va temir yo‘llar, kanallar, suv ta'minoti tizimi va boshqa joylarni loyihalashda, joyda biron- bir yo‘nalish bo‘yicha aniq topografik ma'lumotolishda;
    2)- bino va inshootlar qurilish loyihalarni balandlik bo‘yicha joyga ko‘chirishda;
    3)- qurilishda yer ishlari hajmini aniqlashda;
    4)- hudud yer osti suvlari sathini aniqlashda;
    5)- yerning umumiy relyefini tasvirlovchi kartalarniishlab chiqishda;
    6)- yer qatlamini vertikal va gorizontal surilishini aniqlashda keng
    qo‘llanadi.




    Download 1,27 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxtasining kon-geologik va kon texnik tasnifi

    Download 1,27 Mb.