• IV BOB. HAYOT FAOLYATI XAVSIZLIGI
  • Ventilyator qurilmalarning texnologik sxemalari




    Download 1,27 Mb.
    bet8/16
    Sana23.05.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #250724
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    Yuldashev Ruslan hisoboti

    3.2.Ventilyator qurilmalarning texnologik sxemalari
    Bosh va yordamchi ventilyator qurilmalar shaxta stvolining birida yoki shamollatish stvolida, ularning yer sathiga chiqadigan joyida o‘rnatiladi. Qurilma
    shaxta stvoli bilan kanallar orqali tutashadi. Qurilmaning texnologik sxemalari

    turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘rinishi o‘rnatilayotgan ventilyatorning konstruktiv tuzilishiga bog‘liq. Qurilmaning texnologik sxemasi qanday tuzilishda bo‘lmasin u xavfsizli qoidalari ko‘rsatmalariga ko‘ra lahimlardagi havo oqimi yo‘nalishini 10 min davomida o‘zgartira olish imkoniga egabo‘lishishart.


    Konchilik korxonalari lahimlarining uzluksiz ravishda shamolatish (toza havo bilan ta’minlash) uchun ventilyator qurilma o‘rnatiladi. U o‘rnatilgan joy va bajaradigan vazifalariga ko‘ra uch turga bo‘linadi. Bosh, yordamchi va lahim o‘tish ventiyator qurilmalari:


    Bosh ventiyator qurilmasi. Konchilik korxonalarini ochishda eng kamida ikkita shaxta stvoli kovlab o‘tiladi. Ulardan biri orqali toza havo shaxtaga uzatiladi. U kon lahimlarini shamollatib ifloslanadi. Ifloslangan kon havosi ikkinchi stvol orqali yer sathiga chiqarib yuboriladi.
    Bosh ventilyator qurilmasi shaxta stvollaridan birining bo‘g‘zida o‘rnatiladi. U shaxta stvoli bilan havo yo‘laklari orqali germetik ravishda birlashgan bo‘ladi.
    Bosh ventilyator qurilmasi toza havoni shaxtaga haydash (nagnetanie) yoki kon havosini shaxtadan so‘rib olish (vsasыvanie) usulida ishlatilishi mumkin.
    Qurilma birinchi usulda ishlatilganda, ventilyator toza havoni atmosferadan so‘rib olib stvol orqali shaxtaga haydaydi. Konning barcha lahimlarini shamolatib, ifloslangan kon havosi esa ikkinchi stvol orqali yer sathiga chiqib ketadi. Bunday shamollatish usuli asosan ma’dan konlarini shamolatishda qo‘llaniladi.
    shaxta havoni so‘rib olish usuli bilan shamolatilganda ventilyator kon havosini shaxtadan stvol va havo yo‘laklari orqali so‘rib oladi. Bunda qurilmaning havo yo‘lagi stvol bilan birlashgan joyda bosim atmosfera bosimdan kamayib ketadi. Buning natijasida toza havo, ikkinchi stvol orqali kon lahimlariga oqib keladi. U lahimlarini shamolatib ifloslanadi va ifloslangan kon havosi ventilyator orqali o‘tib atmosferaga chiqib ketadi.
    Kon havosini so‘rib olish usuli metan gazi ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘mir va slanets konlarida qo‘llaniladi.
    Bir tomonlama havo so‘ruvchi markazdan qochma ventilyator qurilmaning
    texnologik sxemasi \ ko‘rsatilgan.
    1 va 3- zahiradagi va ishchi ventilyatorlar;
    2- ventilyatorlarning havo so‘rilish yo‘laklari to‘sqichlari (lyada);
    4-ventilyatorlarning havo haydalish yo‘laklari to‘sqichlari;
    5- havo so‘rilish hujra (budka) to‘sqichi;
    6- diffuzor to‘sqichi;
    7- stvol bilan birlashgan havo yo‘lagi to‘sqichi.
    Yordamchi ventilyator qurilma shaxta stvolini, stvol atrofi qo‘rasi atrofidagi xona va lahimlarni kovlab o‘tish jarayonida hamda konning ayrim uchastkalarini shamollashtishda qo‘llaniladi.
    Yordamchi ventilyator qurilmaning texnologik sxemasi bosh ventilyator qurilmaning texnologik sxemasiga o‘xshash. U faqat o‘rnatiladigan ventilyatorlarning geometrik o‘lchamlari bilan farq qiladi.
    Lahim o‘tish ventilyator qurilmasi.U kon lahimlarni kovlab o‘tish jarayonida kovlash joyini (kovjoy) shamolatish uchun qo‘llaniladi.Lahim o‘tish ventilyator qurilmasining yer ostida joylashish sxemasi ko‘rsatilgan.
    Boshi berk lahimlarni kovlab o‘tishda kovjoy lahim o‘tish ventilyator qurilma yordamida shamollatiladi.Qurilma havoni so‘rib olish, haydash yoki kombinatsiyalashgan usullarda ishlashi mumkin.
    Xavfsizlik qoidalariga ko‘ra ko‘mir va gazlar ajralib chiqadigan konlarda lahimlarni havoni so‘rib olish va kombinatsiyalashgan usullari bilan shamollatish taqiqlangan. shuning uchun lahimlar havo haydash usuli bilan shamollatiladi.

    3-rasm. Lahim o‘tish ventilyator qurilmasining kon lahimlarda joylashishi.
    Sxemada 1-ventilyator, 2- havo quvuri, 3- toza havo oqib o‘tadigan lahim, 4- kovlab o‘tiladigan lahim.
    Bu usulda lahim o‘tish ventilyatori -1 bosh ventilyator qurilma bilan shamollatila-digan lahimda -3 o‘rnatiladi. U havoni so‘rib olib havo quvuri -2 orqali kavjoyga hayday-di. Kovjoyga uzatilgan havo uni shamolatib, so‘ng lahim bo‘ylab harakatlanadi.
    Bosh va yordamchi ventilyator qurilmalar shaxta stvolining birida yoki shamollatish stvolida, ularning yer sathiga chiqadigan joyida o‘rnatiladi. Qurilma shaxta stvoli bilan kanallar orqali tutashadi.
    Qurilmaning texnologik sxemalari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘rinishi o‘rnatilayotgan ventilyatorning konstruktiv tuzilishiga bog‘liq
    Qurilmaning texnologik sxemasi qanday tuzilishda bo‘lmasin u xavfsizlik qoidalari [4,5] ko‘rsatmalariga ko‘ra lahimlardagi havo oqimi yo‘nalishini 10 min davomida o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘lishi shart.

    4-rasm. Berk kon lahimni shamoolatish usullari: a) havoni haydash usuli bilan shamollatish; b) havoni sо‘rish usuli bilan shamollatish; v) havoni haydash-sо‘rish usuli bilan shamollatish;


    IV BOB. HAYOT FAOLYATI XAVSIZLIGI

    Download 1,27 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ventilyator qurilmalarning texnologik sxemalari

    Download 1,27 Mb.