|
III BOB. “GUZAKSOY” SHAXTASI SHAROITIDA YER OSTI KON LAHIMLARINI SHAMOLLATISH
|
bet | 7/16 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #250724 |
Bog'liq Yuldashev Ruslan hisobotiIII BOB. “GUZAKSOY” SHAXTASI SHAROITIDA YER OSTI KON LAHIMLARINI SHAMOLLATISH.
3.1 Konchilik korxonasida qo’llaniladigan turgun mashinalar
Ventilyator qurilmalar konlarda kovlab o‘tilgan va kovlanadigan lahimlarni shamollatish, yer ostida ishlaydigan ishchi va xizmatchilarni toza havo bilan ta’minlash, kon mashinalar hamda qurilmalarni normal ishlashi uchun sharoit yaratish maqsadida o‘rnatiladi.
Ular bosh, yordamchi va lahim o‘tish kabi ventilyator qurilmalarga bo‘linadi.
Bosh ventilyator qurilmalar kon lahimlarini to‘liq shamollatish maqsadida qo‘llaniladi. Ular, tashqaridan xavo so‘rilmaydigan qilib zichlangan shaxta stvoli, shurf va quduqlarning (skvajina) yer sathi bilan birlashadigan yerda o‘rnatiladi.
Zamonaviy ventilyator bilan jihozlangan bosh ventilyator qurilmaning texnologik ko‘rsatkichlari (unumdorligi, bosimi) kon lahimlarini to‘liq shamollatish imkoniga ega bo‘lmagan hollarda yordamchi ventilyator qurilma qo‘llaniladi. U bilan konning alohida olingan uchastkasi (bo‘lagi) shamollatiladi.
Lahim o‘tish (mahalliy) ventilyator qurilmalar lahimlarni shamollatish uchun qo‘llaniladi.
Ventilyator qurilmalarni loyihalash shaxta yoki ma’dan konnining texnologik ko‘rsatkichlari asosida bajariladi.
Bu texnologik ko‘rsatkichlarga:
a) Bosh va yordamchi ventilyator qurilmalarni loyihalashda:
- shaxta yoki uning alohida olingan uchastkasini shamollatish uchun zarur bo‘lgan havo miqdori.
- shamollatish tarmog‘ining maksimal va minimal depressiyalari, Pa;
- gaz ajralib chiqishi bo‘yicha kon kategoriyasi;
- shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvati, t/y;
- konning ishlash muddati; yil.
b) Mahalliy ventilyator qurilmalarni loyihalashda:
- lahimni kovlab o‘tish jarayonidagi, uning kesim yuzasi, m2;
- maksimal uzunligi (chuqurligi), m;
- portlovchi modda sarfi, kg;
- lahimning suvchanligi;
- shamollatish vaqti, min;
- ikki smenalik ish jarayonida bir oy davomida kovlab o‘tilgan lahim uzunligi, m kiradi.
Bosh, yordamchi va mahalliy ventilyator qurilmalarni loyihalashda quyidagi masalalar hal qilinishi kerak:
- qurilmaning texnologik sxemasini tanlash va ventilyator o‘rnatiladigan joyni aniqlash;
- shamollatish uchun zarur bo‘lgan toza havo miqdorini hisoblash;
- shamollatish tarmog‘ining (bosh va yordamchi qurilmalarda kon lahimlari, mahalliy ventilyator qurilmalarda havo quvuri xarakteristikalarini hisoblash);
- ventilyator turini tanlash va uning texnikaviy hamda aerodinamik xarakteristikasini tahlil qilish;
- shamollatish tarmog‘ining ∆P va Q koordinat tizimida keltirish;
- qurilmaning ish rejimi ko‘rsatkichlarini grafik yoki analitik usul bilan aniqlash;
- shamollatish tarmog‘i xarakteristikasining o‘zgarishiga qarab qurilma ish rejasini moslash usulini tanlash;
- kon lahimlaridagi havo oqimi yo‘nalishini o‘zgartirish usulini tanlash;
- ventilyator o‘qidagi quvvatni hisoblash va elektr yuritgich turini tanlash;
- qurilmaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish.
|
| |