|
“Guzaksoy” shaxtasining kon-texnik tavsifi
|
bet | 3/16 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #250724 |
Bog'liq Yuldashev Ruslan hisoboti1.2 “Guzaksoy” shaxtasining kon-texnik tavsifi
Ruda va yon atrof tog‘ jinslarining pishiqligi va turg‘unligi konni qazib olish tizimini tanlashda asosiy omillardan hisoblanadi. Kon jinslarining pishiqligi deganda, ularning aralash jarayoniga ko‘rsatadigan qarshiligi tushuniladi. Kon jinslarining bu xususiyatlari ularning qazib olishda sarflanadigan kuch va materiallar miqdorining o‘zgarishiga va mehnat unumiga salbiy ta’sir qiladi.
Kon jinslarining bunday xususiyatlarini birinchi bo‘lib, yirik rus olimi M.M.Prodotyakonov o‘rganib chiqib konlarni qazib olish jarayonida tog‘ jinslarining ko‘rsatadigan qarshilik nazariyasini yaratgan. Ma’danlarni qazib olishda qarshilik nazariyasiga asosiy nazariyalardan biri sifatida qaraladi. ProdotyakonovM.M. bu nazariya asosida tog‘ jinslarining pishiqlik tasnifini tuzgan. Unga ko‘ra tog‘ jinslari 10 toifaga bo‘lingan va pishiqlik koeffitsentlari aniqlangan.
Kon jinslari orasidan lahim o‘tkazilgan taqdirda uning atrofida kon jinslarining bosilishi ta’sirida har xil yo‘nalishdagi kuchlar paydo bo‘lib, lahimning tepa va yon tomonlari qulab tushishi mumkin. Kon jinslarining o‘pirilmasligi ularning chidamlilik va mustahkamlilik xususiyatiga bog‘liqdir. Kon jinslarining chidamliligi uning petrografik tarkibiga, ichki tuzilishiga, meksturasiga, oraliqdagi yoriqlarga shu jinslar orasida yoki tarkibida boshqa jins qatlamlarining mavjudligiga, geologik sharoiti va boshqa sabablarga bog‘liqdir.
Lahim qazib o‘tilganda yoki o‘tilayotganda kon jinslarining o‘pirilib tushish xavfi bo‘lsa, bunday joyni mustahkamlash zarur, ba’zi bir jinslarda lahim o‘tilganda uning yon tomonlari va ustki qismi ma’lum muddatgacha o‘pirilmasdan mustahkam holatini saqlab qolishi mumkin. O‘tilgan lahimning mustahkamlashdan maqsad, birinchi navbatda ish joyining xavfsizligini ta’minlash, jinslarning o‘pirilishi va atrofga tarqalib ketmasligini oldini olish, shu lahimni qazishni davom ettirishdan iboratdir. Shuning uchun ham qazish ishlarini olib borish uchun avvalo kon jinslarining chidamlilik, pishiqlik, turg‘unlik xususiyatini bilish zarur. Kon jinslari mustahkamlik xususiyati bo‘yicha quyidagicha farqlanadi:
1. Mutlaqo mustahkam bo‘lmagan: Bunday kon jinslarida yoki uning atrofida (yon, pastki tomonida) qazish ishlari olib borilganda bu joy darhol o‘pirilishi mumkin. Bunday kon jinslari qazilganda albatta hosil bo‘lgan bo‘liq mustahkamlanishi kerak.
2. Mustahkamligi yetarli bo‘lmagan. Bunda kon jinslarida qazish ishlari olib borilsa, ular ba’zi bir muddatgacha o‘zgarmasligi mumkin. Lekin vaqt o‘tishi bilan kon bosilishi ta’siri ostida kuchlar yo‘nalishi o‘zgarib, jinslar o‘pirilib tushishi mumkin. Shuning uchun bunday kon jinslarida qazish ishlari olib borilganda ochiq bo‘shliqni 10 m² gacha mustahkamlash zarur.
3. Mustahkamligi o‘rtacha. Bunday jinslarda qazish ishlari natijasida ochilgan bo‘shliq mustahkamlagichsiz qoldirilishi mumkin, chunki kon jinslarini qazishda hosil bo‘lgan bo‘shliq bir muncha vaqt o‘pirilmay turadi va ular 100 m² gacha bo‘shliqda mustahkamlagichsiz o‘tishi mumkin.
4. Mustahkam. Bunday kon jinslarida, uning atrofida qazish olib borilganda hosil bo‘lgan bo‘shliq ancha vaqtgacha o‘pirilmay turadi va ularni 600 m² gacha, bo‘shliqgacha mustahkamlagichsiz qoldirish mumkin.
5. O‘ta mustahkam. Bunday kon jinslarida keng yuzali qazish ishlari olib borilsa ham hosil bo‘lgan bo‘shliq uzoq vaqtgacha qulamasdan turishi mumkin. Shuning uchun ularni o‘tishda yuzasi 1000 m² va undan ortiq bo‘lgan yuzagacha bo‘shliqda o‘tish mumkin. Ochilmagan (buzilmagan) kon massivi doimo teng kuchlangan holatda bo‘ladi.
Demak, ma’lum (N) chuqurlikda joylashgan har yer kon jinsi zarrachasi
quyidagi ko‘rinishlar ta’sirida bo‘ladi.
Vertikal o‘q bo‘yicha b₂=ɣN
Gorizontal o‘q bo‘yicha bₓ=bᵧ= λ ɣ N
Bunda, N -yer yuzidan zarrachagacha bo‘lgan chuqurlik, m.
-kon jinsining hajmiy og‘irligi (zichligi), kN/m³
λ-yonbosh tiralish koeffitsenti. λ=µ(1-µ),
bunda, - µ Puasson koeffitsenti (kon jinslari uchun 0,1-0,4) o‘rtacha 0,2-0,25
Ushbu kuchlanishlar ta’sirida har bir kon jinsi zarrachalari teng kuchlanganlik holatida bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, buzilmagan (tegilmagan) yer qobig‘idagi jinslar tashqaridan biror ta’sir ko‘rsatilmaguncha qo‘zg‘almas va o‘z shaklini o‘zgartirmaydi. Kon ishlarini olib borish natijasida teng kuchlanganlik holati buzilib, kon lahimi atrofidagi jinslar deformatsiyaga uchraydilar. Chunki, lahim o‘tilishi natijasida uning atrofida o‘rab turgan massivda kuchlanishlar qayta taqsimlanadi, kon jinslari lahim bo‘shlig‘i tomon siljiydi. Kon jinslarining bunday siljishi deformatsiya deb ataladi.
Kon jinslari deformatsiyasi rivojlanishiga qarshi zaruriyat tadbirlar qo‘llanilmasa, u holda kon jinslari buzilib, lahimni to‘ldirib qo‘yishi tabiiydir. Bunga qarshi qo‘llanilgan asosiy tadbir – kon lahimlarini sun’iy ravishda mustahkamlashdir. Bunda o‘rnatilgan mustahkamlagich kon jinslari bosimini o‘ziga qabul qilib, jinslarni lahim bo‘shlig‘iga qarab tushishini bartaraf etadi.
Prof. Protodyakonov M.M gipotezasi bo‘yicha kon lahimi tepasida bosim gumbazi hosil bo‘ladi va bu gumbaz yuqoridagi jins qatlamlari bosimini o‘ziga qabul qiladi. Shunga ko‘ra, mustahkamlagichga tushadiganyuk lahim shifti bilan gumbazning yuqori chegarasi o‘rtasidagi kon jinsining og‘irligiga teng bo‘ladi. Shu sabali kon bosimining miqdori lahimning qanday chuqurlikda bo‘lishiga bog‘liq emas degan xulosa qilingan.
Gorizontal lahimlarda, agar ularning yon devorlari mustahkam turg‘unlar bo‘lmasa, mustahkamlagichga tushadigan vertikal yuk quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
qₐ = ɣ·h ,
bu yerda:
qₐ-mustahkamlagichga tushadigan vertikal yuk, kN/m²;
-jismning solishtirma og‘irligi, kN/m³
h₁ -buzilish gumbaza balandligi, m
h = L/2f
Bunda:
–buzilish gumbazining maksimal kengligi, m.
f - M.M.Protodyakonov shkalasi bo‘yicha jins qattiqlik koeffitsenti L=V-2htg (45-P/2)
Bunda
V –lahimning kenligi, m. H –lahimning balandligi, m.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, kon jismlarining barpo etishda qo‘llaniladigan usul, mexanizmlar, lahim o‘tish ishlarini tashkil qilish tartibini tanlab olish ko‘p jihatdan lahim o‘tiladigan massiv va uning tarkibidagi jismlarning texnologik hamda fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘liq ekan.Kon lahimlarini barpo etish va ularni ma’lum davr ichida saqlanib turishiga ta’sir etuvchi kon jismlarining asosiy xossalari:
-kon jismlarining turg‘unligi (mustahkamligi);
-kon jismlarining tirnovchanligi (abrazivlik);
-kon jismlarining qattiqligi;
-kon jismlarining pishiqligi;
-kon jismlarining g‘ovakdorligi;
-kon jismlarining darzdorligi;
-kon jismlarining qayishqoqligi;
-kon jismlarining oquvchanligi va boshqalaridir.
Rudalarning massivdan ajratib olinganligi xususiyatlariga esa – bo‘lakdorlik, maydalanish, ko‘pchish va jisplashish kabi xossalari kiradi. Kon massivi va kon jismlarining yuqorida keltirilgan xossalari, birinchi navbatda, kon ishlari texnologiyasi variantlarini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi.
Jinslarning qattiqligi –bu ularning qazib olish jarayonida, tashqi kuch ta’sirida buzilishiga (maydalanishiga) bo‘lgan nisbiy qarshilikdir.
Tirnovchanlik – bu kon jismlarining qazib olish yoki ularni yuklash jarayonlarida kon mashinalari detallarini jismlarga ishqalanish natijasida yemirilishiga ta’sir etish xususiyatidir.
Kon jismlari va foydali qazilmalarning tirnovchanlik xususiyatiga nisbatan
a) tirnovchanlik xususiyati yo‘q jinslar (tuzlar, marganets rudalari, ko‘mir)
b) kam tirnaydigan jinslar (sulfid rudalari, qo‘ng‘ir temir toshlar)
v) o‘rtacha tirnovchi jinslar (kvars-sulfid rudalari va yer tomir rudalari)
g) tirnovchi jinslar (kvarslangan rudalar va slanetslar)
d) yuqori tirnovchi jinslar (porfirimlar, diorimiy, granimlar)
Odatda, qattiqlik koeffitsenti yuqori bo‘lgan jismlarning tirnovchanlik darajasi ham yuqori bo‘lishi konchilik amaliyotida o‘z tasdig‘ini topgan. Kon jismlarining turg‘unligi – kon qazish ishlari natijasida hosil bo‘lgan bo‘shliqlarda kon massivining buzilmasdan o‘z muvozanatini saqlab turish xususiyati. Rudaning turg‘unlik xususiyati kon qazish ishlari texnologiyasi va qazish bo‘shlig‘ini saqlab turishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Darzdorlik – turli sabablarga ko‘ra hosil bo‘lgan va har xil o‘lchamlarda darzlar bo‘lib, ular massivni alohida bloklarda ajratadi va bloklar nisbatan yaxlitlikka ega bo‘ladi.
Bo‘lakdorlik – kon jismlarini massivdan ajratib olinganda, ularning maydalanganlik darajasini tavsiflaydi.
Rudani portlatish asosida massivdan ajratib olinganda ruda bo‘laklari A:V:S=1,5: 1:0,7 nisbatiga ega bo‘ladi, bunda:
Bo’lak uzunligi, V- bo’lak eni, S- bo’lak balandligi.
Amaliyotda bo‘lakdorlik maydalangan ruda tarkibida o‘lchami katta bo‘lgan bo‘laklar mavjudligini foizlarda o‘lchanadigan miqdori bilantavsiflanadi (o‘lchami katta bo‘laklar “negabarit” deb ataladi va bunday bo‘laklar ularni yuklash mashinalari ishchi organlari, yoki rudani tushirish mashinalari o‘lchamlaridan katta bo‘ladi).
Jipslashish –maydalangan ruda yoki kon jinslari bo‘laklarini va o‘t o‘chirish bilan bir-biri bilan yopishib, monolit holatiga aylanish xususiyati.
Ko‘pchish koeffitsenti – massivdan ajratib olingan ruda jinslarining hajmini ularning massivdagi hajmidan kattalishini tavsiflaydi va maydalangan kon jinslari hajmini massivdagi hajmiga bo‘lgan nisbati orqali aniqlanadi. Chodak kon
boshqarmasida kon – texnik sharoiti ruda va atrof yon jismlariga nisbatan tanlangan. Ruda va atrof yon jismlari mustahkam va o‘ta mustahkam. Yoriqlar bor joyda ruda va atrof yon jismlarining mustahkamligi unchalik mustahkam o‘lchamga, o‘rtacha mustahkam va yaxshi mustahkamlikkacha uchraydi.
Ruda tanalarining kontaklari aniq bo‘lmagan va namuna olish uchun qiyin sharoitda.
Ruda va atrof yon jismlarining qattiqlik koeffitsenti f = 12-16 ga teng. Rudaning namligi 0,5%, atrof yon jismlarining namligi esa 0,8%ga teng. Ruda va atrof yon jismlarining hajmiy og‘irligi 2,48gr/sm³ dan 2,99gr/sm³ gacha, o‘rtacha zichligi ɣ =2,68g/sm³ deb qabul qilingan.
Uchastka rudalari silikoz bo‘yicha xavfli. Guzaksoy koni chegaralarida yer osti suvlari joylashishi, harakatlanishi, paydo bo‘lishi va yo‘qolish sharoitlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
-hozirgi zamon va yuqori choyrak allyuvial va proallyuvial cho‘kindilari suv
kompleksi;
-poleozoy davri suv komplekslari;
Yuqori choyrak cho‘kindilari suvlari Chodaksoy soyiga tushib boradi. Yer osti suvlari sathi yer ustidan 5 m chuqurlikda suvlar gidrokarbonat-kalsiyli va gidrokarbonat-natriyli. Umumiy mineralizatsiya 0,2g/l dan oshmagan, umumiy suv qattiqligi 3-6 mg-ekv/l. Yuqoridarzli poleozoy davrlari cho‘kindilari suv kompleksi konni asosiy qismini tashkil etadi. Suv uzatuvchanligi tog‘ jinslarini darzlanish darajasi va ularni uzoq masofaga tarqalishi va yer usti relyefi bilan bog‘liq.
II BOB Chodak koni “Guzaksoy” shaxtasida kon ishlari holati
|
| |