• Yerning ichki tuzilishi modeli
  • Konchilik ishi asoslari




    Download 3,73 Mb.
    bet11/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    Bo‘ylama to‘lqinlar to‘lqin tarqalish yo‘nalishida qayishqoq hajmiy uyg‘onishni (tebranishni) uzatishi bilan xarakterlanadi.
    Ko‘ndalang to‘lqinlar to‘lqin tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar holda qayishqoq hajmiy uyg‘onishni (tebranishni) uzatishi bilan oldingisidan farq qiladi. Bo‘ylama to‘lqinlar ko‘ndalang to‘lqinlarga qaraganda katta tezlikka ega. Bundan tashqari ko‘ndalang to‘lqinlar suyuq muhitda tarqalmaydi.
    Umuman olganda seysmik to‘lqinlar optika qonunlariga bo‘ysunadi - muhitlar chegarasida turli tezlikda tarqaluvchi qayishqoq to‘lqinlar qaytadi va sinadi. Natijada to‘g‘ri to‘lqinlar bilan bir qatorda qaytgan va singan to‘lqinlar ham qayd etiladi. Qaytgan va singan to‘lqinlar bu chegaralar holati to‘g‘risida ishonchli axborot manbai bo‘lib hisoblanadi va Yerning ichki tuzilishini o‘rganishda keng foydalaniladi. Ular Yer qa’rida muhitlarni yaqqol ajratuvchi chegaralar borligi to‘g‘risida dalolat beradi va to‘lqinlarning harakat vaqti va tarqalish tezligidan foydalanib geosfera chegaralarining yotish chuqurligini aniqlash imkonini yaratadi.
    Yerning ichki tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning eng muhim manbalari bo‘lib seysmik to‘lqinlarni keltirib chiqaruvchi zilzilalar sanaladi. Dunyodagi seysmik stansiyalarning soni kun sayin oshib bormoqda. Bu esa, bir tomondan, Yer qa’ri to‘g‘risidagi ma’lumotlar hajmining oshishiga olib keladi va, ikkinchi tomondan, olinayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tez ishlovchi kompyuterlardan foydalanishni taqozo etadi. Bu esa seysmik tomografiya deb nomlanuvchi usullar majmuasining rivojlanishiga olib keldi.
    Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bir jinsli (gomogen) muhitda seysmik to‘lqinlar to‘g‘ri chiziq holida tarqaladi va qayd etuvchi stansiyalarga hisoblangan vaqtda yetib boradi. Bir jinsli bo‘lmagan (geterogen) muhitlarda boshqacha hol kuzatiladi. Seysmik to‘lqinlar anomal massa bilan uchrashganda o‘z tezligini yo oshiradi, yoki sekinlashtiradi, bunda to‘lqinlar qayd etuvchi stansiyaga hisobdagi vaqtdan oldin yoki kechikib keladi. Shu yo‘sinda Yer qa’ridagi nobirjinsliklar topiladi.
    Seysmologik ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda Yer bag‘rida yigirmatacha ajratuvchi chegara qayd etiladi va ular umumiy tarzda Yening konsentrik zonal qatlamli tuzilishi to‘g‘risida dalolat beradi. Bu chegaralar orasida ikkitasi: kontinentlarda 30-70 km chuqurliklarda va okeanlar ostida 5-10 km da yotuvchi Moxorovichich yuzasi (Moxo yoki oddiy M) hamda 2900 km chuqurlikdagi joylashgan Vixert - Gutenberg yuzasi asosiy sanaladi. Bu chegaralar sayyoramizni uchta asosiy qobiqlarga yoki geosferalarga ajratadi:
    yer po‘sti - Moxorovichich yuzasi ustida joylashgan Yerning tashqi tosh qobig‘i;
    yer mantiyasi - Moxorovichich (yuqoridan) va Vixert -Gutenberg (pastdan) yuzalari bilan chegaralangan oraliq silikatli qobiq;
    yer yadrosi - Vixert - Guttenberg yuzasidan pastda joylashgan sayyoramizning markaziy tanasi.
    Bu asosiy chegaralardan tashqari geosferalar ichida asosan moddalarning bir turdan ikkinchi turga fazoviy o‘tishi va xossalarining o‘zgarishi bilan ifodalangan bir qator ikkinchi darajali ajratuvchi chegaralar mavjud.
    Chuqurlikdagi zonalarning moddiy takibi haqida bevosita ma’lumotlarning yo‘qligi bilvosita, birinchi navbatda seysmologik ma’lumotlardan foydalanishni taqozo etadi.
    Seysmologik ma’lumotlar bir qator chegaraviy shartlami (zichlik o‘zgarishining o‘rtacha qiymati yer po‘sti uchun - 2,7 g/sm3 va yalpi Yer uchun - 5,52 g/sm3 , Yerning aylanish o‘qiga nisbatan inersiyaning kuzatish momentidagi massalarning taqsimlanishini va b.) hisobga olganda, Yer moddalari zichligining chuqurlik oshishi bilan o‘zgarishini hisoblab topish imkonini beradi. Bu ma’lumotlarga tayangan holda turli chuqurliklarda bosim va haroratning qiymatini baholash mumkin.
    Yerning ichki tuzilishida uning tashqi «tosh» qobig‘i - yer po‘sti alohida o‘rinni egallaydi (1.1-rasm). Chunki Yerdagi barcha tirik organizmlarning faoliyati, turli geologik jarayonlar, xilma-xil foydali qazilma konlari aynan shu qobiqda mujassamlangan.






      1. rasm. Yer ichki tuzilishining modeli.

    Yer po‘stining qalinligi ham bir xilda emas. Tog‘li o‘lkalarda u 60-70 km, tekisliklarda 35-45 km, okean ostida esa 5-10 km ni tashkil etadi. Bu qatlamlarda seysmik to‘lqinlarning tarqalish tezligi va tog‘ jinslari zichligi turlichadir.
    Yerning ichki tuzilishi modeli
    Yerning mantiyasi eng yirik geosfera sanaladi. U sayyora hajmining 83% va massasining 66% ga yaqinini tashkil etadi. Yer ichki tuzilishining modeli. odatda bo‘ylama seysmik to‘lqinlar tezligining 7,5-7,6 dan 7,9-8,2 km/s gacha keskin oshishi orqali ifodalangan va u Moxorovichich yuzasi nomi bilan ataladi. Okeanlarda bu chegara kuchli o‘zgaradi.
    Kontinentlarda yer po‘stining mantiyaga o‘tishi juda murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, ba’zi hollarda bitta emas, balki bir necha chegaralar kuzatiladi. Bu fazaviy o‘zgarishlar tufayli M yuzasining bir sathdan ikkinchisiga “sakrashi” deb



    Download 3,73 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




    Download 3,73 Mb.