|
ajratiladi (5.1-rasm). 23Essentials of Geology - Frederick K. Lutgens, Edward J. Tarbuck. 2012. p 162, 163
|
bet | 14/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariajratiladi (5.1-rasm). 23Essentials of Geology - Frederick K. Lutgens, Edward J. Tarbuck. 2012. p 162, 163
Cho‘kindi jinslarning mineral tarkibi. Cho‘kindi jinslaming asosiy minerallari bo‘lib kvars, opal, xalsedon, limonit, getit, gidrogetit, gematit, gidrogematit, magnetit, psilomelan, pirolyuzit, manganit, pirit, markazit, xalkopirit, gips, angidrit, kalsit, aragonit, dolomit, siderit, ankerit, shamozit, vivianit, glaukonit, xloritlar, gidroslyuda, kaolinit, montmorillonit, paligorskit, gidroksilapatit, karbonatapatit, va organik moddalar hisoblanadi.
Cho‘kindi jinslarning teksturasi. Tog‘ jinslarining teksturasi deb ularning tarkibidagi struktura hosil qiluvchi donachalarning o‘zaro ma’lum tartibda joylashishiga va qatlam yuzalarida har xil kuchlar ta’sirida hosil bo‘lgan notekis yuzalarga aytiladi. Teksturalar tog‘ jinslarining hosil bo‘lishidagi tabiiy geografik muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni mukammal o‘rganish va tahlil qilish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Teksturalar kelib chiqishiga qarab 4 guruhga: 1) dinamik, 2) deformatsion, 3) biogen va 4) kimyoviy teksturalarga bo‘linadi. Dinamik teksturalar cho‘kindi hosil bo‘lish jarayonidagi suv va havo oqimlarining harakat faoliyati tufayli vujudga keladi. Bunda cho‘kindilarning qatlamlanishi alohida xususiyatlarga ega bo‘ladi. Moddiy tarkibi va strukturasi bo‘yicha bir jinsli, ostki va ustki tomonlaridan tahminan parallel chegaralar bilan ajralib turuvchi geologik tanaga qatlam deyiladi. Bir-biriga muvofiq yotuvchi qatlamlar tizimi qatlamlanishni tashkil etadi (1.8- rasm).
rasm. Cho’kindi jinslarning qatlamlanishni.
Qatlamlar bir-biridan moddiy tarkibi, strukturasi va teksturasidan tashqari qalinliklari bilan ham farq qiladi. Qatlamlar qalinligining turlicha bo‘lishi, cho‘kindi hosil bo‘lish muhitining davomiyligiga, oqim zichligiga va cho‘kindi hosil bo‘lish tezligiga bog‘liq. Qatlamlaming o‘zidagi dinamik teksturalar ulaming ustki va ostki yuzalarida hamda ichida kuzatiladi. Ular struktura hosil qiluvchi donalarning moddiy tarkibi, o‘lchami, shakli, mo‘ljallanish va joylashish tartibi bilan ifodalangan bo‘ladi
|
| |