Metamorfik jinslarning xossalari Metamorfik jinslarning magmatik va cho‘kindi jinslardan asosiy farqi ularning mineral tarkibida hamda strukturaviy va teksturaviy xususiyatlaridadir. Metamorfik jinslar faqat yuqori harorat va bosim sharoitlarida barqaror bo‘lgan minerallardan tarkib topgan bo‘ladi. Ularga magmatik jinslarning ko‘pchilik minerallari: kvars, albit va boshqa plagioklazlar, kaliyli dala shpatlari (mikroklin), slyudalar (muskovit va biotit), rogovaya obmanka, piroksen (avgit), magnetit, gematit hamda cho‘kindi jinslarning xarakterli minerallari (kalsit) kiradi. Bundan tashqari, metamorfik jinslarda faqat ulargagina xos bo‘lgan minerallar: serpentin, granat, grafit va b. bo‘ladi.
Metamorfik jinslarning strukturasi.Umuman metamorfik jinslar uchun slanetsli va kristalli struktura xarakterli. Slanetsli strukturada metamorfik jinslar aniq ifodalangan varaqsimon ajralishga (slanetslar, gneyslar) ega. Kristalli strukturada esa - kristalli tuzilishli (marmar, kvarsit va b.) bo‘lib, ayniqsa donalarning varaqli, tangachali, ignasimon va tabletkasimon shakllari xarakterli, ba’zi hollarda ular kristall-donalidir. Metamorfik jinslarning teksturasieng muhim aniqlovchi belgilari bo‘lib sanaladi. Donalarning o‘zaro joylashuvi va turiga ko‘ra yaxlit, slanetsli, linzasimon, gneysli, yo‘l-yo‘lli, tolali va tartibsiz teksturalar ajratiladi. ( Understanding Earth., J. Grotzinger, T. H. Jordan, F. Press, R. Siever. 2007. p 137)
Metamofik jinslarning turlari. Mintaqaviy metamorfizm jinslari.Mintaqaviy metamorfizm-ning eng keng tarqalgan jinslari bo‘lib, yashil slanetslar, kristalli
slanetslar, gneyslar, amfibolitlar, marmarlar, kvarsitlar sanaladi. Ular odatda faol deformatsiyalangan, murakkab burmalangan qatlamlar, linzalar va qatlamalar shaklida yotadi (2.1- rasm). Yashil slanetslarmetamorfizmning eng past darajasi hisoblanib, xlorit, albit, aktinolit, epidot, kvars, seritsit singari past haroratli minerallar majmuasi bilan xarakterlanadi. U yoki bu minerallarning ustuvorligi bo‘yicha xloritli, epidotaktinolitli, seritsit-xloritli va boshqa turlari ajratiladi. Bunday jinslarning teksturasi slanetsli, strukturasi mayda donali bo‘ladi; odatda reliktli strukturalari saqlanib qoladi. Harorat yuqoriroq bo‘lganda slyudali, sillimanit-muskovitli va stavrolit-sillimanitli slanetslar shakllanadi.
Regional yuqnn bosroli
|