|
Foydali qazilma boyliklariga
|
bet | 18/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariFoydali qazilma boyliklariga xo'jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so 'ng ishlatiladigan barcha turdagi tog' jinslari kiradi. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan ko'pgina qoplovchi tog' jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Foydali qazilmalar quyidagilarga ajratiladi:
-I- metall (qora, rangli, asil, radioaktiv va nodir metall ma’danlari);
-I- nometall (metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo);
-I- yonuvchi (ko'mir, yonuvchi slanetslar, torf va boshqalar);
-I- qurilish tog' jinslari (ohaktoshlar, marmarlar, granitlar, shag'al, qum va boshqalar).
Foydalanishga yaroqliligini va iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi xususiyatlar majmuiga foydali qazilma sifati deyiladi. Masalan, ko'mirlar uchun: tarkibidagi kul miqdori, namlik miqdori, bo'lakligi, mineral aralashmalar miqdori, oltingugurt miqdori, yonish harorati va boshqalar, ma’danli foydali qazilmalar uchun esa-me’yorlangan kimyoviy elementlarning foizdagi hisobi, strukturaviy va teksturaviy xossalari va boshqalar sifat ko'rsatkichlari hisoblanadi.
Foydali qazilmalarning ba’zi sifat ko'rsatkichlari asosiy hisoblanib, foydali ko'rsatkichlar, boshqalari esa, ularni qayta ishlash va ulardan foydalanishni qiyinlashtiruvchi bo'lib, zararli ko'rsatkichlar hisoblanadi. Masalan: rangli metall ma’danlari uchun foydali ko'rsatkichlar, bu - ajratib olinadigan metallar tarkibi, zararlilari esa - mishyak, ikkilamchi sulfidlar miqdori, yuqori namlik va boshqalar hisoblanadi.
Foydali qazilma sifati geologik qidiruv davrida aniqlanadi va foydalanish jarayonida barcha uchastkalarda zaboydan iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo'lgan barcha texnologik jarayonlarda uzluksiz nazorat qilib boriladi.
Foydali qazilma sifatiga talab.
Foydali qazilma sifatiga talab konditsiya, texnik shart va davlat standartlari ko'rinishida ifodalanadi. Konditsiya - yetkazib beriladigan mahsulotning shartnoma shartiga yoki me’yor talablariga javob beradigan (qiymati) ko'rsatkichidir. Kon ishlarida konditsiyadan cheklanish yo'qotilish va aralashuv bilan baholanadi.
|
| |