Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari, afzalliklari va
kamchiliklari.
Konlarni yer osti usulida qazib olish ochiq usulda qazib olishdan sezilarli darajada farq qiladi.
Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari:
Foydali qazilmalarni qazib olish faqatgina qoplovchi tog' jinslarini olgandan so'ng amalga oshiriladi. Qoplovchi tog' jinslari hajmi odatda foydali qazilma hajmidan 2-3 baravar ortiq bo'ladi. Shuning uchun ham ochiq kon ishlarida asosiy xarajat ochish ishlari bilan bog'liqdir.
Ochiq kon laximlarining o'lchami barcha yo'nalish bo'yicha sezilarli darajada hamda katta o'lcham va quvvatga ega bo'lgan jihozlar va quvvati katta bo'lgan portlovchi modda zaryadini qo'llash imkonini beradi.
Qoplovchi tog' jinslarini olib tashlash va foydali qazilmalarni qazib olish asosan ekskavator yordamida amalga oshiriladi.
Ekskavator qo'llanilganda burg'ulash va portlatish ishlari natijasida maydalangan kon massasi ekskavator yordamida transport vositalariga yuklanadi va karyer yuzasiga chiqariladi.
Ochiq kon ishlarida qo'llaniladigan kon-transport jihozlari o'lchamlari va yuqori unumdorligi bilan xarakterlanadi.
Burg'ulash ishlari aylanma, pnevmozarbli, sharoshkali va olovli burg'ulash dastgohlari yordamida amalga oshiriladi. Skvajinaning diametri 160-450 mm, chuqurligi 20-60 m, burg'u qudug'idagi zaryad massasi 30-50 kg dan 500-600 kg gacha bo'ladi. Kon massasini qazish va yuklash ishlarida bir cho'michli va ko'p cho'michli ekskavatorlar qo'llaniladi. Kon massasini tashish asosan temir yo'l
transporti, avtosamosvallar va lentali konveyerlar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ochiq usulda qazib olishda bul'dozerlar, g'ildirakli skrperlar, o'zi yurar yuklagichlar va boshqa quvvatli jihozlar qo'llaniladi.
Kam hollarda gidromexanik usul bilan amalga oshiriladi.
Ochiq kon ishlari yer osti usuliga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:
Karyerlarda mehnat xavfsizligining yuqoriligi va ishlab chiqarish sharoitlarining qulayligi.
Mehnat unumdorligi shaxtaga qaraganda 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2-4 marta kam.
Karyer qurilish vaqti shaxta qurilishi uchun ketgan vaqtdan ancha kam.
Ochiq kon ishlarida foydali qazilmalarni yo'qotish kam va turli navdagi ma’danlarni alohida qazib olish oson.
Konlarni ochiq usulda qazib olishda zarur paytda korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish mumkin.
Ochiq kon ishlarining kamchiliklari:
1. Ochiq kon ishlarida ishlab chiqarishda katta yer
maydonlarini chegaralab olish, ba’zan esa katta maydonlarda grunt suvlari darajasini pasayishiga olib keladi.
2. Ochiq kon ishlari iqlim sharoitlariga bog'liq bo'ladi.
Asosiy kontexnik tushunchalar
Karyer haqida tushuncha. Pog'ona elementlari.
Yerning ustki qismida ochiq kon ishlari olib borilishi natijasida katta chuqurliklar paydo bo'ladi. Chuqurliklarning yig'indisi
karyer (ochiq kon ishlari korxonasi) deb aytiladi. Bu chuqurliklarning ko'ndalang kesimi chegarasi tutashmagan bo'ladi.
Ma’muriy-xo'jalik tushunchasida esa
karyer deb konni ochiq usulda qazib olishni tashkil etadigan kon korxonasiga aytiladi. Ko'mir sanoatida va sochma konlarni ochiq usul
bilan qazib olishda karyerni razrez deb ataladi.
Foydali qazilmalarni, qoplovchi va o'z ichiga oluvchi tog' jinslarini qazish ishlari tabaqalangan holda yuqoridan pastga qarab olib boriladi. Natijada qazish
■
j
ishlari olib borilayotgan tog'
jinslari massivi pog'ona shaklini egallaydi.
Alohida qazish, yuklash va tashish vositalari bilan ta'minlangan va pog'ona shaklidagi ishchi yuzaga ega bo'lgan tog' jinsi qatlamining bir qismiga
pog'ona deyiladi.
Har bir pog'ona unda transport vositalarining gorizont bo'yicha joylashuviga mos keluvchi balandlik belgisi bilan xarakterlanadi. Pog'ona belgilari absolyut, ya’ni
mutlaq (dengiz satxiga nisbatan) yoki
shartli (yuzadagi doimiy punktga nisbatan) bo'lishi mumkin.
3
"Open Pit Surface Mine"
Mine Engineer Community (2000) accessed 19 December 2011
Alohida qazish vositalari bilan qazib olinadigan, lekin barcha pog'onalar uchun umumiy bo'lgan transport vositalari bilan xizmat ko'rsatiladigan pog'onaning balandligi bo'yicha qismiga pog'onacha deyiladi.