|
- rasm. Konni ochiq ususlda qazib olish sxemasi
|
bet | 25/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari- rasm. Konni ochiq ususlda qazib olish sxemasi.
1 - ekskavator; 2 - avtosamosval; 3 - bul'dozer; 4 - burg'ulash dastgohi; 5 - ishchi gorizontlar; 6 - portlatilgan massa; 7 - foydali qazilma uyumi; 8 - skvajinalar; 9 - kiruvchi transheya;10 - qoplovchi tog' jinslar ag'darmasi.
Ochiq kon ishlari texnologiyasi.
“Texnologiya” termini umumiy holatda qandaydir bir texnik ishlab chiqarish ishlarini bajarishni tashkil etish usullari, vositalari to'g'risidagi bilimlar majmuidir.
Texnik vositalarning quvvatini hisobga olgan, fundamental bilimlar qonuniyatlariga asoslangan usullar bilan qazib olinadigan va mexanizatsiyalashtirilgan qabul asosida tashkil etilgan, bir-biri bilan aloqador kon ishlari jarayonlari yig'indisiga konlarni qazish texnologiyasi deb aytiladi.
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi ikkita aspektni o'z ichiga oladi:
4- ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasi (qazib olish, tashish va tog' jinslarini g'aramlash);
4- ochiq kon ishlari texnologiyasi (kon laximlari kompleksi sifatida karyer muhiti va vaqti bo'yicha konni qazib olish qurilishi va rivojlanishi).
Ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: -I- asosiy ishlab chiqarish jarayonlari printsiplari, vositalari, mexanizatsiyalash komplekslari va tashkil etish sxemalarini;
4- tog' jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish-yuklash ishlari, tashish, g'aramlash va kon massasini bo'shatish.
Ochiq kon ishlari texnologiyasi karyer parametrlari, kon laximlarini o'tish usullari, karyerda kon ishlarini rivojlanish sxemasini, ochish usullari va qazib olish tizimlarini, mahsulot sifatini boshqarish usullari va vositalari, kon ishlarini rejalashtirish va tashkil etish printsiplarini qarab chiqadi.
Aytib o'tilgan ishlar ma’lum bir tartibda o'tkazilishi kerak. Har bir ish orasida texnik sharoitlarni ta’minlay oladigan kerakli vaqt oralig'idagi ochish va qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini to'g'ri taqsimlashni tashkil etish lozim. Karyer maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket bajariladigan ochiq kon ishlariga qazish tizimi deb aytiladi. Qabul qilingan qazish tizimi qo'yidagilarni ta'minlashi kerak:
4- ishning borishidagi xavfsizlik;
4- ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi;
4- karyerning ko'zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati;
4- zaxiralarning to'liq olinishi;
4- barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish;
4- kon-zaxira va atrof muhit muhofazasi.
Uzoq vaqt ishlatiladigan kon laximlariga (transheya va yer osti laximlari), qoplovchi jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki qismida joylashgan qabul qilish punktlariga yetkazishga, yerning ustki qismidan ishlab turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni tashib keltirishni ta’minlab turuvchi ya’ni yerning ustki qismidan karyer va zaboyning ishlab turgan joyigacha transportning kelishini ta’minlanishiga konni ochish tizimi deb aytiladi. Quvvati va unumdorligi katta bo'lgan kon mashina mexanizmlarini va uskunalarini ishlatish uchun, ochiq kon ishlari ishlab chiqarishida kon laximlari (keng maydonchalar, katta uzunlikdagi pog'onalar va h.) katta o'lchamlarda bo'lishi kerak. Karyerda ishlatiladigan ekskavatorning unumdorligi yiliga 10 million tonnagacha tog' jinslarini yuklashga erishishi uchun, yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanishi va ishlab chiqarishni aniq tashkil qilish kerak.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun foydali qazilma koni yer sathidan unchalik ham katta chuqurlikda yotmasligi yoki qazib olish iqtisodiy samaradorligi yer osti usuliga qaraganda katta bo'lganda qo'llaniladi. Ochiq kon ishlarini olib borishda yana quyidagi shart-sharoitlarga e’tibor qaratiladiki, ular orqali ishlab chiqarish xavfsizligiga erishiladi: yer ustki va yer osti suvlarini chetlashtirish, qordan himoya qilish, ko'chib ketishi va qulab tushishi mumkin bo'lgan pog'onalarning qiyaligini ta’minlash va mustahkamlash, hamda boshqa bir qancha tadbirlar. Karyerlarda atmosferadagi changning va gazning ko'payishi ko'p hollarda skvajinarni qaziganda, ekskavatorlar yordamida kon massasini ko'p marta yuklaganda, joylarda yong'in bo'lganda (ko'mirni qazib olishda), dizel yonilg'ili mashinalar ishlaganda, karyer yuk mashinalari muntazam harakat qilganda va boshqa kamchiliklar tufayli yuz beradi. Bunday hollarda ish joylarini shamollatish, changga va yong'inga qarshi tadbirlar o'tkazish kerak.
|
| |