• Qattiq foydali qazilmalarni qazib olish usullari.
  • Foydali qazilma zahiralari to‘g‘risida ma’lumot, ulardan foydalanishning to‘liqligi va sifati.
  • v) yumshoq va zich qoplovchi tog' jinslari bilan; g)




    Download 3,73 Mb.
    bet21/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    v) yumshoq va zich qoplovchi tog' jinslari bilan;
    g) yarim qoyali qoplovchi tog' jinslari va foydali qazilmalar bilan;
    d) yumshoq qoplovchi tog' jinslari va yumshoq yoki zich foydali qazilmalar bilan.
    Tog' jinslarining turi asosan texnologik sxema va qazuvchi hamda transport vositalarining asosiy modelini tanlashni belgilaydi.
    Yumshoq tog' jinslarini qazib olishda quvvatli rotor ekskavatorlar va konveyer transportini qo'llash mumkin. Qoyali tog' jinslarini qazib olishda burg'ulash portlatish ishlari qo'llaniladi, asosan bir ch'michli ekskavator va temir yo'l hamda avtomobil transportlarini qo'llash mumkin.

    1. Qattiq foydali qazilmalarni qazib olish usullari.

    Mineral xom ashyoni qazib olishning asosiy maqsadli vazifasi - litosfera resurslarining bir qismini texnosferaning moddalar va energiya aylanishiga kiritishni amalga oshirish uchun, yer yuzasidan foydali qazilma komponenti joylashgan joyga yetib borish ta’minlash, yani ushbu komponentga
    qo‘zg‘aluvchanlik berish va shu holatda yer yuzasiga yetkazish lozim. Shunday qilib, foydali qazilmani qazib olishning umumlashtirilgan funksional modeli uchta majburiy bosqichni o‘z ichiga oladi: - yer yuzasidan litosferadagi foydali xususiyatga ega uchastkadagi dislokatsiya joyiga yetib borish; - litosferada joylashgan foydali komponentga qo‘zg‘aluvchanlik berish; - foydali komponentni qo‘zg‘aluvchan holatda yer yuzasiga yetkazib berish. Litosferaning iqtisodiyot uchun potensial jihatdan foydali uchastkasiga yer yuzasidan yetib borishni qay tariqa ta’minlash bo‘yicha, konni fazib olishning ikki usuli mavjud - yer osti va ochiq usul. Ushbu ikki usulning mazmunini ochib berishdan oldin, konchilik ishi uchun yana bir fundamental tushuncha - kon lahimi tushunchasini kiritish lozim.
    Kon lahimi deganda, litosferada to‘liq yopiq yoki ochiq kontur bilan sun’iy ravishda hosil qilingan har qanday lahim tushuniladi. Har bir kon lahimi ko‘ndalang va bo‘ylama qirqim shakli va kattaligi, uzunligi, yo‘nalishi va funksional vazifasi bilan tavsiflanadi.
    Konni yer osti usulida qazib olishda foydali qazilma yotqizig‘iga yetib borish, yer yuzasidan qoplama tog‘ jinslari qalinligi orqali ko‘ndalang qirqim yuzasi kon uyumi yuzasidan ancha kichik bo‘lgan maxsus (ochuvchi) lahimlarni o‘tish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
    Ochiq usulda qazib olishda ma’dan yotqizig‘i ustida joylashgan qoplovchi tog‘ jinslari to‘liq olib tashlanadi.
    Ushbu usllarning har biri o‘zning kuchli va zaif tomonlariga ega, iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlar shaklidagi va har bir aniq holatda ushbu usullar orasidagi tanlovni aniqlaydi.
    Ushbu usllarning har biri o‘zlarining kuchli va zaif tomonlariga ega, ularning iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlar ko‘rinishidagi muvozanati har bir aniq holatda ushbu usullar o‘rtasidagi tanlovni belgilaydi.
    Ushbu usullarning kombinatsiyasi odatda kombinatsiyalashgan usul deb ataladi.
    Bundan tashqari, konni qazib olishning fizik-kimyoviy usullari ham qo‘llaniladi, shuningdek, dengiz va okean ostidan ham foydali qazilmalar qazib olinadi,
    Konni yer osti usulida qazib olish faqatgina yer osti kon lahimlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bunda, foydali qazilmani qazib olish qoplama jinslarning qalinligi ostida amalga oshiriladi. Yer osti usuli ko‘mir, slanes, ruda va noruda foydali qazilmalarni, sochilmalami qazib olishda keng qo‘llaniladi va qurilish materillarini ishlab chiqarish uchun xom-ashyoni qazib olishda cheklangan. Yer osti usulida turli shakl, qalinlik,tushish burchagiga ega va turli chuqurliklarda joylashgan foydali qazilma tanasi qazib olinadi.
    Hozirgi vaqtda foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish atigi 20-30 m chuqurlikdagi kabi, bir necha yuzlab metrda o‘lchanadigan va birinchi kilometrlarda ham amalga oshirilmoqda.
    Konni ochiq usulda qazib olish asosan ochiq kon lahimlarini (yer osti kon lahimlari ko‘p hollarda trnasport lahimi sifatida qo‘llaniladi) qo‘llagan holda amaga oshiriladi. Ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olishda, bevosita yer yuzasida turib, qoplovchi tog‘ jinslarini olib tashlagandan keyin amalga oshiriladi.
    Ochiq usulda qazib olish turli foydali qazilma konlarida, shu jumladan, qurilish materillarini ishlab chiqarish uchun xom-ashyo konida (qum, graviy, shag‘al, gil, ohaktosh va b.) qo‘llaniladi. Ushbu usul orqali turli o‘lchamga ega foydali qazilma tanasini qazib olish amalga oshiriladi, yetarli darajada katta quvvatga ega foydali qazilma konini o‘zlashtirishning tabiiy-texnik tizimlari ishlab chiqladi. Va asosan gorizontal yoki kichik burchak ostida joylashgan (ammo, juda katta quvvatga ega bo‘lganda tik-qiya tushuvchi foydali qazilma tanasida ham ushbu usul qo‘llaniladi) foydali qazilmalarni qazib olish amalga oshiriladi. Konlarni ochiq usulda qazib olish nisbatan sayoz chuqurliklarda - bir necha metrdan boshlab (qurilish materillarini ishlab chiqarish uchun xom-ashyo qazib olishda) 700 m gacha (ko‘mir, olmos va rudalarni qazib olishda) amalga oshiriladi.
    Ba’zi hollarda foydali qazilma konining yuqori qismini qazib olish ochiq usulad amalga oshiriladi, chuqurlikda joylashgan quyi qismini esa - yer osti usulida amalga oshiriladi, yoki aksincha, yer osti usulida qazib olish amalga oshiriladi, keyin esa, ochiq usulda amalga oshiriladi.
    Ochiq va yer osti kon ishlari bir-biriga bog‘langan, ushbu usul kombinatsiyalashgan usul nomini oldi, yoki kam hollarda qo‘shma usul deb ham yuritiladi (ochiq va yer osti usulini bir vaqtda olib borishda).
    Fizik-kimyoviy usulda qazib olish, foydali qazilmalami tog‘ jinsi massasidan (yer qa’ri yoki ag‘darma) ajratib olish va skvajinalar bo‘ylab yoki boshqa kanallar orqali yer yuzasiga chiqarish maqsadida, foydali qazilma yoki uning qimmatli tarkibiy qismlariga fizik, kimyoviy yoki fizik-kimyoviy ta’sir qilishdan (qorishtirish, suyultirish, eritish, suyuq yoki gazsimon holatga o‘tkazish) iborat. Ushbu qazib olish usulini maxsus usul deb tasniflanadi va ba’zida skvajinali, yoki inson omilisiz (oxirgi atama shunga asoslanganki, qazib olish jarayonida kon lahimlarida inson qatnashmaydi) usuli ham deb nomlanadi.
    Fizik-kimyoviy qazib olish barcha qazib olish usullarida aamalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda ushbu usul ba’zi rudali va oltingugurt , ko‘mir sochma konlarini qazib olish uchun, an’anaviy usullar bilan qazib olish samarasiz bo‘lgan foydali qazilmalarning balansdan tashqari zaxiralarini qazib olish uchun qo‘llaniladi.
    So‘ngi paytlarda foydali qazilmalarni fizik-kimyoviy usulda qazib olish nokonditsion ruda va qoplovchi tog‘ jinslari ag‘darmalaridan ajratib olishda amalga oshirilmoqda. Kelajakda ushbu texnologiyani konlarni o‘zlashtirishda qo‘llash sohasini kengayishini kutishimiz mumkin.
    Foydali qazilmalarni dengizdan qazib olish, shelflardagi sochma konlarni qazib olish, dengiz tubida va ostida joylashgan konlarni qazib olishni o‘z ichiga oladi. Barcha holatlarda (dengiz tubida joylashgan dengiz konlari bundan mustasno) foydali qazilmalarni suv ostidan qazib olish turli xil suzuvchi ixtisoslashtirilgan kemalar bilan amalga oshiriladi.
    Hozirgi vaqtda qattiq foydali qazilmalarni dengizdan qazib olish amaliyoti keng miqyosda qo‘llanilmaydi; dengiz konlaridan, asosan, shelflardan magnetit va titanmagnetit qumlarini, sochma oltin va platinalarni, noyob yer elementlarini, mis, oltingugurt, marganes, qo‘rg‘oshin, nikel, kobalt va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish amalga oshiriladi.

    1. Foydali qazilma zahiralari to‘g‘risida ma’lumot, ulardan foydalanishning to‘liqligi va sifati.

    Har bir kon korxonasi geologik qidiruv ishlarini olib borishda yer qa’ridan topilgan foydali qazilmaning qandaydir bir miqdorini qazib olish uchun tashkil etiladi. Ushbu miqdor ushbu kon korxonasi uchun zahira deb ataladi. Konlarni yer qa’ridagi foydali qazilma zahiralarini hisoblash bilan birga olib boriladi.
    Kon yoki uning bir qismini o‘rganish darajasining, mineral xom-ashyo sifatini va konni qazib olishning kon-texnik sharoitlarini o‘rganilganligiga bog‘liq holda zahiralar to‘rtta kategoriyaga bo‘linadi (A,V,S1 va S2).
    A toifa batafsil o‘rganilgan zahiralarning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu esa quyidagilarni ta’minlaydi: foydali qazilmalarning yotish sharoitlari, shakli va tuzilishining to‘liq namoyon bo‘lishini; mineral xom-ashyoning tabiiy turlari va sanoat navlari, ularningnisbati va fazoviy holatini; foydali qazilma tanasi ichidagi rudasiz va nokonditsion uchastkalarni ajratish va chegaralashni; foydali qazilmaning sifati, texnologik xususiyatlarini va kon-ekspluatatsion ishlarni o‘tkazish sharoitlarini aniqlovchi tabiiy omillarni to‘liq namoyon bo‘lishini.
    V toifasi o‘rganilganlik bilan tavsiflangan zahiralarning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu esa quyidagilarni ta’minlaydi: foydali qazilma tanasining yotish sharoitlarining asosiy xususiyatlarini, shaklini va tuzilish xarakterini, mineral xom- ashyoning tabiiy turlari, sanoat navlarini va har bir turning fazoviy holatini aniq belgilamasdan ularning tarqalish qonuniyatlarini aniqlashtirishni; aniq konturisiz foydali qazilmalar tanasi ichidagi rudasiz va nokonditsion uchastkalarning nisbati va xarakterini; foydali qazilmaning asosiy texnologik xususiyatlari sifatini va kon- ekspluatatsion ishlarini o‘tkazishn sharoitin aniqlovchi asosiy tabiiy omillarni.
    S1 toifasiga foydali qazilmalarning yotish sharoitlari, foydali qazilma tanasining shakli va tuzilishi, ularning tabiiy turlari, sanoat navlari, sifati, texnologik xususiyatlari, , shuningdek, kon-ekspluatatsion ishlarni olib borish sharoitlarini aniqlovchi tabiiy omillarning umumiy jihatlarini aniqlashni ta’minlaydigan batafsil o‘rganilgan zahiralarning bir qismi taalluqli.
    Va nihoyat, S2 toifaga, foydali qazilma tanasining yotish sharoiti, shakli va tarqalishi alohida nuqtalarda foydali qazilmalarning ochilishi yoki konning o‘rganilgan hududlariga o‘xshashligi bilan tasdiqlangan geologik va geofizik ma’lumotlar asosida aniqlangan zahiralarning bir qismi taalluqli.
    A toifadagi zahiralar konturi qidiruv skvajinalari va kon lahimlari bilan; V toifadagi zahiralar konturi - cheklangan ekstrapolyatsiya zonasini o‘z ichiga olgan holda (turg‘un quvvat va foydali qazilmalarning barqaror sifati bilan) qidiruv ishlari bo‘yicha; S1 toifadagi zahiralar konturi -qidiruv lahimlari va geologik va geofizik mu’lumotlar bo‘yicha ekstrapolyatsiya ma’lumotlar asosida; S2 toifadagi zahiralar konturi -yagona proba va namuna bo‘yicha yoki geologik jihatdan qulay tuzilmalar va tog‘ jinslari kompleksi doirasidagi yondosh qidirouv uchastkalari bo‘yicha foydali qazilma sifatini aniqlash asosida aniqlanadi.
    Sanab o‘tilgan toifalar zahiralariga qaramay, zarur holllarda umumiy geologik tasavvurlar asosida ruda zonasi, maydoni basseynlari va rayonlarining potensial imkoniyatlarani baholash uchun prognoz zahiralari aniqlanadi.
    Murakkab foydali qazilmalar mavjud bo‘lganda, ular tarkibidagi asosiy biimmatli komponentlarning zahiralari bir xil toifalar bo‘yicha hisobga olinadi, xuddi shu vaqtda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qimmatli komponentlarning zahiralarini (ularning o‘rganilganlik darajasiga qarab) boshqa toifalarda hisoblash mumkin.
    Konni razvedka qilish jarayonida namoyon bo‘lgan foydali qazilmalarning umumiy miqdorini o‘z ichiga oluvchi zahiralar geologik zahiralar deyiladi. Hozirgi vaqtda barcha geologik zahiralar ham yer qa’ridan qazib olinmaydi, ularning bir qismigina sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha sanoat talablariga javob beradigan va xalq xo‘jaligida iqtisodiy jihatdan foydalanish mumkin bo‘lgan foydali qazilmalarni o‘z ichiga oladi.
    Kon yoki uning uchastkasida DZK (Davlat zahiralari komissiyasi) tomonidan tasdiqlangan A,V,S1 toifalardagi foydali qazilmalarning balans zahiralari mavjud bo‘lsa kon korxonalarini loyihalash amalga oshiriladi. Ushbu
    toifalar zahiralaming nisbati o‘rganilayotgan kon yoki uning uchastkasining
    murakkabligiga qarab belgilanadi. Bunda konning 3 guruhi ajratib olinadi.
    Birinchi guruhga foydali qazilma tanasi qalinligi barqaror bo‘lgan va foydali komponentlar bir xil taqsimlangan oddiy tuzilishga ega konlar kiradi. A toifa bo‘yicha bu konlar uchun 10% dan kam bo‘lmagan balans zahiralar, A+V toifalar uchun - 30% dan kam bo‘lmagan balans zahiralar o‘rganilgan bo‘lishi lozim.
    Ikkinchi guruhga foydali qazilma tanasi qalinligi barqaror bo‘lmagan yoki foydali komponentlarning notekis taqsimlangan murakkab tuzilishdi konlar kiradi. Bu konlar uchun V toifasi bo‘yicha 20% dan kam bo‘lmagan zahira o‘rganilgan bo‘lishi lozim.
    Uchinchi guruhga foydali qazilma tanasining iqalinligi keskin o‘zgaruvchan bo‘lgan juda murakkab tuzilishdagi konlar yoki foydali komponenti tarkibi o‘ta nobarqaror bo‘lgan konlar kiradi. Ushbu konlar uchun S1 toifa bo‘yicha zahiralar o‘rganilishiga ruxsat beriladi.
    Kon korxonalarini loyihalashda ularning rivojlanish istiqbolini aniqlash, shuningdek, mineral resurslardan to‘liq foydalanish uchun S2 toifadagi zahiralar va balansdan tashqari zahiralarni g‘isobga olish lozim.
    Kon korxonalarini loyihalash jarayonida o‘rganilgan konni qazib olishda qazib olinishi mumkin bo‘lgan foydali qazilmalar miqdorini ifodalovchi sanoat zahiralari aniqlanadi.
    O‘rganilgan konni qazib olishda yer qa’rida ma’lum miqdorda foydali qazilmalar qoladi - “yo‘qotiladi”; kon korxonalarini loyihalashda hisobga olingan foydali qazilmalarning yo‘qotilishi va balans hamda sanoat zahiralari o‘rtasidagi farqni belgilaydi.
    Konni qazib olish odatda, ekspluatatsion qidiruv o‘tkazish bilan birga olib boriladi, buning natijasida konning u yoki bu qismi zahiralarini o‘rganilganlik toifasi oshadi, shuningdek, balans va balansdan tashqari zahiralar nisbati o‘zgaradi. Foydali qazilmalarni qazish, tabiiyki, balans zahiralarni kamayishiga olib keladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, zaxiralar harakati deb ataladigan
    zaxiralar holatining o‘zgarishi mavjud. Kon korxonalarida geologik- marksheyderlik xizmati zahiralarning holati va siljishi hisobini qat’iy olib boradi, zahiralami oparetiv tarzda qayta hisoblash ishlarini amalga oshiradi.
    Nisbiy qiymat bo‘yicha zahiralar Z balans va balansdan tashqari Z2ab zahiralarga bo‘linadi. O‘z navbatida:



    Z


    Download 3,73 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




    Download 3,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    v) yumshoq va zich qoplovchi tog' jinslari bilan; g)

    Download 3,73 Mb.