|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 29/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariOxirgi chuqurlik —bu qiya va tik joylashgan uyumlarni qazib olishda, karyerning ishlab chiqarish quvvati, uning maydondagi o'lchamlari, qazib olinadigan kon massasi ja’mi hajmi aniqlanadi. Gorizontal va nishab uyumlar uchun oxirgi chuqurlik tabiiy shart-sharoitlar bilan aniqlanadi va karyerni butunligicha qazib olish davrida ozgina o'zgaradi. Oxirgi chuqurlik karyerni loyihalashtirish vaqtida o'rnatiladi. Hozirgi vaqtda jahonda karyerlarning chuqurliklari 400-1000 metrni tashkil etadi. Loyihalarda 700 metrgacha chuqurlikda ochiq kon ishlarini olib borish mo'ljallanmoqda.
Yer yuzasida uyumning cho'zilishi va ko'ndalang yo'nalishi bo'yicha kar'yerning ko'rsatkichlari, uyumning o'lchamlari ya'ni karyerning tubi, chuqurligi va uning borti qiyalik burchagi o'lchamlari bilan aniqlanadi. Ular chizma tasvir holida yoki analitik o'rnatiladi. Plandagi karyerning shakli ko'pincha ovalsimon shaklga ega bo'ladi. Karyerning uzunligi 100 metrdan 8 km. gacha masofaga, kengligi esa konning tuzilishiga qarab 4 km. gacha uzunlikda o'zgarib turadi.
Karyer osti o'lchamlari karyeming oxirgi chuqurlik belgisida qazib olinayotgan uyum qismi bilan chegaralanadi. Kar'yerning ostki minimal o'lchamlari pastki pog'onada olib borilayotgan jinslarni xavfsiz qazib olish va yuklash shart-sharoitlari bilan aniqlanadi (kengligi bo'yicha kamida 20 metr, uzunligi buyicha 50 metrdan kam bo'lmasligi kerak).
Kar'yer bortining qiyalik burchagi bort yonbag'ri massiv jinslari mustahkamligi va transport kommunikatsiyalarining joylashtirilish shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Qoplovchi tog' jinslarini qazib olishni kamaytirish maqsadida bortlarning qiyalik burchaklarini iloji boricha tikroq qilib olinadi.
Karyer chegarasidagi butun kon massasi hajmi, korxonaning ishlab chiqarish quvvatini, uning qazib olinish muddatini va boshqa bir qancha ko'rsatkichlarni belgilovchi zarur ko'rsatgich hisoblanadi.
|
| |