Konchilik ishi asoslari




Download 3,73 Mb.
bet37/83
Sana12.01.2024
Hajmi3,73 Mb.
#136021
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Bog'liq
Konchilik ishi asoslari

Tog‘ jinsining sochma hajmiy massasi - yumshatilgan tog‘ jinsining hajm
-5
birligidagi massasi. U hajmiy og‘irlik p kabi kg/m da o‘lchanadi Sochma hajmiy massa pn:
pn = p/kr,
bu yerda: kr — tog‘ jinsining yumshatirganlik koeffitsienti.
Toshko‘mirning sochma hajmiy massasi 900-1000, qumtosh va
-5
alevrolitlarning sochma hajmiy massasi 1200-1400 kg/m .
Tog‘ jinsining g‘ovakliligi undagi bo‘shliqlarning hajmi bilan xaraketrlanadi. G‘ovaklik tog‘ jinsidagi bo‘shliq hajmini uning to‘liq hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi va foizlarda ifodalanadi. Magmatik va metamorfik tog‘ jinslarining o‘rtacha g‘ovakliligi 0,2-3 %; ohaktosh, qumtosh, alevrolitlar, argillitlar, toshko‘mirning o‘rtacha g‘ovakliligi - 5-15%. Tog‘ jinsining g‘ovakliligi suv yutishi, suv o‘tkazuvchanlik, gaz o‘tkazuvchanlik, mustahkamlik va boshqa xususiyatlarni aniqlaydi.
Tog‘ jinslarining suv-fizik xususiyatlari tabiiy namligi, suv yutuvchanligi, ho‘llanuvchanlik, yumshatiluvchanlik va shishish qobiliyatlari bilan xarakterlanadi.
Tog‘ jinslarining namligi deganda, uning tarkibidagi suvning massasi tushuniladi. U namunaning tabiiy holatidagi massasi va xuddi shu namunaning 100-110 °S temperaturada quritilgan massasi farqlari bo‘yicha aniqlanadi. U foizlarda ifodalanadi. Tabiiy sharoitda joylashuvida magmatik tog‘ jinslarining namligi 2% dan, toshko‘mirlarniki va cho‘kindi tog‘ jinslariniki 6% dan oshmaydi.
Suv yutuvchanlik - tog‘ jinsining suv yutish qobiliyati. U atmosfera bosimi sharoitida tog‘ jinsining to‘liq suvga botganda uni yutgan suv miqdori bilan aniqlanadi. Mustahkam tog‘ jinslarining suv yutuvchanligi 0,3 dan 6% gacha, yumshoq kuchsiz sementlangan cho‘kindi tog‘ jinslarida 10 dan 25% gacha va undan yuqorini tashkil qiladi.
Ho‘llanuvchanlik deganda, tog‘ jinsini suvni singdirish (yutish) paytida bog‘lanuvchanlikni yo‘qotish va yumshoq (bo‘sh) massaga aylanishi tushuniladi. Magmatik, metamorfik va mustkaxkam ko‘mir saqlovchi jinslar ho‘llanmaydi. Suv bilan o‘zaro ta’sirida faqatgina ularning mustaxkamligi va boshqa mexanik xususiyatlari kamayadi. Yer yuzasiga yaqin joylashgan ko‘pgina tuproq tez ho‘llanadi.
Yumshatiluvchanlik, suv ta’sirida tog‘ jinsining mustahkamligining pasayishi bilan xarakterlanadi. U tog‘ jinsinnig suv bilan to‘yinishdan oldin va undan keyin siqilishga chidamlilik chegaralari nisbati bilan namoyon bo‘luvchi yumshatiluvchanlik koeffitsienti bilan baholanadi.
Shishish -suv yutganda tog‘ jinsi hajmining oshish qobiliyati. U loysimion bo‘shashgan jinslarda namoyon bo‘ladi. Tog‘ jinsining shishishi, namunaning hajmi va balandligining nisbiy o‘zgarishi bilan ifodalanuvchi shishish miqdori bilan xarakterlanadi. Qumtoshlar, alevrolitlar, argillitlar va ushbu tog‘ jinslarining oraliq qatlamlari juda kam shishadi. Ularning nisbiy shishish qiymati, odatda, 0,8­1,0 %. Yer yuzasiga yaqin joylashgan gilsimon va boshqa kuchsiz bog‘langan tog‘ jinslari (tuproqlar), erkin (bosimsiz) shishish qiymati bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi: shishmaydigan - 4 dan kam, kuchsiz shishuvchi - 4-10, jrtacha shishuvchi - 10-15, kuchli shishuvchi - 15 dan yuqori. Gilsimon tog‘ jinslarining shishishi ularning ko‘pchishi va lahimlarning turg‘unligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Download 3,73 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Download 3,73 Mb.