|
Tog' jinslarini mexanik usulda yumshatish
|
bet | 40/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariTog' jinslarini mexanik usulda yumshatish.
O'ta zich, muzlagan va yarim qoyali tog' jinslarini qazib olishga tayyolashda turli xil yumshatuvchi mexanik vositalaridan foydalaniladi: ekskavator cho'michi, traktorli yumshatgich va maxsus struglar.
Portlatish usuli bilan yumshatishga qaraganda mexanik usul bilan yumshatishda yuqori unumdorlikka erishiladi. Bu usul tog' jinsi qattiqligi f=6 gacha bo'lgan tog' jinslarida arzon tannarxga ishlarning bexatar olib borilishiga erishiladi.
Mexanik usulda yumshatishning eng keng tarqalgan usuli bu-traktorli yumshatishdir. Bunda gusenitsali quvvatli traktorlarga 1-5 tagacha yumshatuvchi tishlar o'rnatiladi. Tog' jinsi qattiqligi oshgan sayin yumshatuvchi tishlar soni kamayadi. Yarim qoyali va katta yoriqli qoyali tog' jinslarida bir tishli yumshatgichlar, kam mustahkamlikka ega bo'lgan tog' jinslarida esa, ko'p tishli yumshatgichlar (ularning unumdorligini oshirish maqsadida) ishlatiladi. O'tkir tishlarga bo'lgan kuchlanish 250 kN gacha yetadi. Harakat paytida bu o'tkir tishlar gidravlik tizim yordamida massivga 0,5 m chuqurlikkacha botishi mumkin.
Tog' jinsining yumshatiluvchanligi yumshatgich tishlarining botish chuqurligi bilan aniqlanadi va massivning yoriqligi hamda tog' jinsi mustahkamligiga bog'liq bo'ladi.
4.1.Rasm. Traktorli yumshatgichning umumiy ko'rinishi.
1 - yumshatgich tishi; 2 - yumshatgich ramasi; 3 - yumshatgichning ko'tarib, tushiruvchi gidrotsilindri; 4 - yumshatgichning qiya tishining gidrotsilindri; 5 - ROPS konstruktsiyasi; 6 - kabina; 7 - motor bo'limi; 8 - yumshatgich otvalini ko'tarib tushuruvchi gidrotsilindri; 9 - gidravlik podkos; 10 - buldozer otvali; 11 - itaruvchi brus; 12 - gusenitsani tortuvchi gidrotsilindr; 13 -yetaklovchi youlduzcha; 14 - gusenitsali telejka ramasi
|
| |