|
Rasm. Yumshatgichni qo'llagan holda qazish ishlarini olib borish sxemasi
|
bet | 41/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslari4.2. Rasm. Yumshatgichni qo'llagan holda qazish ishlarini olib borish sxemasi.
a - pog'onani qiya qatlam bilan qazib olish; b - pog'onani qiya qatlam bilan qazib olish (normal qiyalikdagi pog'onalarda); v - pog'onani qiya qatlam bilan qazib olish (yuqori qiyalikdagi pog'onalarda); 1 - ekskavator; 2 - buldozer; 3 - yuklagich
Mexanik yumshatgichning samaradorligi massivning yoriqliligiga bog'liqdir. Massiv katta yoriqlarga ega bo'lganda, yumshatgichning samaradorligi oshadi. Asosiy yoriq yo'nalishiga ko'ndalang ravishda yumshatilganda samaradorlik yanada yuqori bo'ladi.
Rasm. Monolit (a) va yoriq (b) tog' jinslarida yumshatgichning parallel o'tishdagi
borozdo qirqimi.
Massivni yumshatish yumshatgichning parallel uzun yurishi orqali amalga oshiriladi. Uzun yurishlar orasidagi masofa belgilangan bo'laklik va yumshatishning samarador chuqurligini ta'minlash sharti bo'yicha hisoblanadi. Bunda yumshatishning samarador chuqurligi, tishning botish chuqurligidan kam bo'ladi. Chuqurligini oshirish va kon massasining bo'lakligini ta'minlash maqsadida qo'shimcha kesishgan yurishlar qo'llaniladi.
O'ta zich tog' jinslarida yumshatgichning mehnat unumdorligi-
■j
yumshatiladigan uchastka uzunligi 100-300 m bo'lganda 1000-1500 m /soatgacha yetishi mumkin.
Yumshatiladigan uchastka uzunligi 100-300m gacha bo'lishi mumkin. Yumshatilgan tog' jinslari buldozerlar bilan sto'planadi. To'plangan tog' jinslari yuklovchi mashinalar yoki ekskavatorlar bilan transport vositalariga yuklanadi.
Burg’ulash portlatish usuli bilan tog’ jinsini qazib olishga
tayyorlash.
Tog’ jinslarini portlatish usuli bilan qazib olishga tayyorlash.
Tog' jinsini qazib olishning portlatish usuli tog' jinsini massivdan ajratib olish va ularni belgilangan kattalikda maydalashdan iborat. Yarim qoyali tog' jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatish usuli bilan yumshatish keng qo’llaniladi. Ushbu usul karyerlarda qoyali tog' jinslarini qazib olishga tayyorlashning yagona usuli hisoblanadi. Barcha karyer jihozlarining ish unumdorligi va kon ishlariga ketgan xarajatlar ma’lum darajada portlatish ishlari sifati va ularni tashkil etishga bog’liqdir.
|
| |