|
Operatsion tizimning komponentlari
|
bet | 43/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariOperatsion tizimning komponentlari. Burg‘ilash tuzilishining to'rtta asosiy funktsional komponentlari mavjud. Ular burg‘ilash tizimi energiyasini ajratiladigan jinsga quyidagi usullar bilan ishlatilishga bog‘liq:
Burg’u, uning dastlabki shakli (suyuqlik, elektr, pnevmatik yoki dvigatel uzatmasining ichki yonishi)dan hosil qilingan energiyani harakatlanuvchi kuchi energiya manbai hisoblanib, tizimni harakatga keltirish uchun mexanik energiyaga aylantiradi.
Sterjen (yoki burg‘ilovchi po‘lat, sterjen yoki quvur) energiyani birlamchi dvigateldan yoki manb’adan maydalash (urish)ga yoki aplikatorga uzatadi.
Tizimdagi energiyani maydalanuvchi jinsga urilib, uning ichiga kirish;
Suyuqlik harakatlanib, quduqnii tozalaydi, changni nazorat qiladi, burg‘ilash uskunasini sovutadi, quduqni mustahkamlaydi.4
Zich va yarim qoyali tog’ jinslarini burg’ulashda - kesuvchi koronkali va aylanma burg’ulovchi SBR turdagi stanoklardan foydalaniladi, qoyali tog’ jinslarida - burg’ulash ishlari hajmi katta bo’lganida, sharoshkali burg’ulovchi dastgohlar qo'llaniladi. Shuningdek, o'rta va kam ish unumli karyerlarda - zarbli aylanma burg'ulovchi dastgohlar qo'llaniladi. Kristall strukturaga ega bo'lgan o'ta qattiq tog' jinslarida burg'ulash ishlarini olib borishda, SBO turdagi dastgohlar va o'ta ko'p yoriqli va tarkibida kvartslar bo'lgan tog' jinsi massivlarida - kanatli- zarbli burg'ulash dastgohlari qo'llaniladi.
Aylanma burg'ulash (skvajinalarni kesish yo'li bilan burg'ulash). Kesuvchi koronkalar yordamida aylanma burg'ulash asosan vertikal va qiya skvajinalarni o'tishda qo'llaniladi (tog' jinsi qattiqligi f=2-8). Bunday stanoklar bilan burg'ulash texnologiyasining mohiyati shundaki - elektr dvigateli bilan hosil bo'ladigan bosimning aylanish o'qi bo'ylab kesgichga ta’sir etadi va keskich aylanib-bosib tog' jinsini parchalaydi. Maydalangan tog' jinsi parchalari esa aylanma qobirg'ali shneklar bilan skvajinadan chiqarib tashlanadi. Burg'ulash ishlari tugallangandan keyin skvajinada qolgan tog' jinsi parchalari siqilgan havo yordamida tozalanadi. Keskichlar yeyiilishga chidamli po'latlardan ishlangan bo'lib, qattiq qotishmali elementlar bilan armirovkalangan bo'ladi.
SBR-125 dastgohining yurishi - qadamlovchi.
SBR-150 dastgohiniki esa gusenitsali.
Sharoshkali burg’ulash. Sharoshkali burg’ulash ham tog’ jinsini aylanma burg’ulab parchalash prinstipiga asoslangan.
|
| |