• 4.9-rasm. Kamerali zaryadlarni pogonada joylashish sxemasi
  • - rasm. Portlovchi moddalarni tog’ jinsi massiviga joylashtirish usullari




    Download 3,73 Mb.
    bet46/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    4.8- rasm. Portlovchi moddalarni tog’ jinsi massiviga joylashtirish usullari



    Kamera zaryadlarini qo'llash usuli. Ishlab chiqarish jarayoni
    mexanizatsiyasi rivojlanmagan yoki kam mexanizastiyalashgan vaqtda massivga portlovchi moddalarni tabiiy bo'shliqlarga yoriqlarga yoki maxsus o'tkazilgan yer osti kon laximlariga, ya'ni shtolnya va shurflarga joylashtiriladi. Zaryadlar bir- biridan ma’lum uzoqlikdagi kameralarda o'rnatiladi. Portlovchi moddalar joylashtirilgandan so'ng, laxim tog' jinslari bilan berkitiladi. Hozirgi vaqtda karyerlarda kamerali zaryadlash usuli transheya yoki yarim transheya hosil qilishda qo'llaniladi. (7.5 rasm b,v)
    Katta hajmdagi portlovchi modda zaryadlarini qo'llashda, xavfsizlikni ta’minlash uchun-eng kam qarshilikli chizma Wlns-ni, hisoblashda - zaryaddan ochiq yuzagacha bo’lgan minimal masofa olinadi.


    4.9-rasm. Kamerali zaryadlarni pog'onada joylashish sxemasi:

    1. - shurf;

    2. - PM zaryadi;

    3. - elektrodetonator;

    4. - zaryadlash kamerasi
    Qozon zaryadlarini qo'llash usuli. Karyerlarda skavajinalarni va shpurlarni burg'ulash natijasida portlovchi moddalarni massivda bir tekisda joylashtirish imkoniyati tug'iladi. Portlovchi moddalarning energiyasi atrof tog' jinslarini maydalashga yetmagan vaqtida qozonli zaryadlash usuli qo'llaniladi. (7.5 rasm g) Massivda skvajina qazilib: uning ostki qismi kichik portlash zaryadlari yordamida yoki termik burg'ulash yordamida kengaytiriladi. Kengaytirilgan bo'shliqga asosiy portlovchi modda zaryadi joylashtiriladi.
    Asosiy kamchiliklari: qozonni hosil qilishni boshqarish va hisoblash qiyinchiliklari, massivning tabiiy holatining buzilishi hamda yoriqlarning hosil bo'lishi, mexanizastiyalashmagan ish hajmining oshishi.
    Skvajinali zaryadlash usuli. Bugungi kunda karyerlarda turli tog' jinslarida skvajimalarni burg'ulashda turli-tuman samaradorli vositalari mavjuddir (7.5 rasm d). Bu usulning moxiyati shundan iboratki, portlovchi modda qiya yoki vertikal skvajinalarga joylashtirilib, ularning tepa qismlari tiqinlanadi. Tiqinlovchi material o'rnida qumli inert materillardan, burg'ulash qirindilaridan yoki maxsus tarkibga ega bo'lgan tiqinlovchi materiallardan foydalaniladi. Skvajinalar pog'onaning yuqori qismida parallel holatda bir yoki bir necha qator qilb, orasidagi masofalar hisoblab teng qilib joylashtiriladi.







    4.10. - расм. Портловчи скважина парамертлари.
    а - yaxlit zaryadli qiya skvajina; б - havo bo'shlig'I hosil qilib ko'p qatorli holatda
    joylashtirilgan vertical skvajina; 1 - PM zaryadi; 2 - zaboyka; 3 - havo bo'shlig'I

    Skvajinalar orasidagi masofa shunday tanlanishi kerakki, har bir portlatilgan skvajina o'rtada ochiq joy qoldirmasdan bir-birining ustiga parchalangan tog' jinslarini yopishi yoki qoplashi kerak.


    Gorizontal, qiya va vertikal skvajinalar mavjud. Hozirgi kunda vertikal skvajinalar keng qo’llanilmoqda. Skvajinada portlovchi modda zaryadi yaxlit va oraliq bo'shliq qoldirilgan holda, portlatiladigan blokda esa bir qatorli va ko'p qatorli holatda qilib joylashtiriladi.
    Skvajinali zaryadning ta’sir zonasi:
    Jangari patron odatda skvajina tubida asosiy zaryad ostiga joylashtiriladi. Bu esa, o'z navbatida portlovchi modda bilan zaryad detonastiyasining massiv parchalanishi yo'nalishiga mos kelishiga, parchalanishning sifatli kechishiga, pog'ona asosining tekis chiqishiga olib keladi.
    Skvajinalar diametrlarini, qatorlar sonini, qiyalik burchagini o'zgartirish massivda tog' jinslarining xossalariga qarab portlovchi moddalarni ancha to'g'ri joylashtirishga imkon beradi.


    Download 3,73 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




    Download 3,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Portlovchi moddalarni tog’ jinsi massiviga joylashtirish usullari

    Download 3,73 Mb.