• 4.5. Rasm. Karyerlarda zarbli - aylanma burg’ulovchi dastgoh yordamida skvajinalarni burg’ulash.
  • Rasm. Karyerlarda termik burg’ulovchi SBT-400 MNR dastgohi yordamida skvajinalarni burg’ulash.
  • Rasm. Karyerlarda zarbli burg’ulovchi BS-3 dastgohi yordamida skvajinalarni burg’ulash.
  • Portlovchi moddalarni tog jinsi massiviga joylashtirish usullari.
  • Konchilik ishi asoslari




    Download 3,73 Mb.
    bet45/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    rr~. "Z-ZZ-







    4.5. Rasm. Karyerlarda zarbli - aylanma burg’ulovchi dastgoh yordamida skvajinalarni
    burg’ulash.





    Termik (olovli) burg'ulash. Bu usul asosan qattiqligi (f=20 gacha) juda yuqori bo'lgan, tarkibida kvarts bo'lgan monolit tog' jinslarini burg'ulashda qo'llaniladi. Bunda skvajinadagi qazish joyining yuzasi yuqori temperaturali (3200°S gacha) gaz oqimi bilan juda tez (lahzali) isitiladi.

    1. Rasm. Karyerlarda termik burg’ulovchi SBT-400 MNR dastgohi yordamida skvajinalarni burg’ulash.

    Bu yerda yupqa yuzaga (qatlamga) uzatilayotgan yongan gaz oqimining tezligi tovush tezligidan ham yuqori bo'lib, termik zo'riqish (tog' jinsida) paydo bo'ladi va tog' jinsi parchalanib massivdan ajralib, gaz oqimi kuchi bilan skvajinadan chiqarib tashlanadi
    Zarbli burg'ulash. Zarbli - buralishli burg'ulash hozirgi paytda juda kam qo llaniladi, chunki bu usulda mehnat unumdorligi kam va katta mehnat sarfi talab etiladi. Zarbli - buralishli burg’ulash dastgohining ishlash printsipi shundan iboratki, bunda og'irligi juda katta (1200-2800 kg) bo'lgan burg'ulash snaryadi kanatga osilgan bo 'lib, bu snaryad ritmik ravishda 1-1,2 m balandlikka ko 'tarilib, erkin tashlanadi. Snaryad zarb bilan urilganida zaboyda tog' jinsini parchalaydi. Dastgohning ish rejimi - burg’ulash snaryadining ko 'tarilish balandligi, zarblar chastotasi hamda suvni yetkazib berish vaqti bilan bog 'liq.

    1. Rasm. Karyerlarda zarbli burg’ulovchi BS-3 dastgohi yordamida skvajinalarni burg’ulash.

    Hozirgi kunda karyerlarda turli modeldagi burg 'ulash dastgohlari qo llanilmoqda. Portlovchi skvajinalarning 85% i sharoshkali burg'ulash dastgohlari yordamida burg 'ulanmoqda.
    Hamdo'stlik mamlakatlarida bir qator burg'ulash dastgohlari turli kon texnik sharoitlarda diametri 125 mm dan 400 mm gacha bo’lganportlovchi skvajinalarni burg'ulashni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish quvvati kam bo’lgan (5 mln. t. gacha) karyerlarda 2SBSh-200 (skvajina diametri 190 va 214 mm) turdagi sharoshkali burg'ulash dastgohi, o'rta va katta ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo’lgan karyerlarda esa, SBSh-250 va SBSh-250 MN (skvajina diametri 243-269 mm) dastgohlari keng tarqalgan.
    Xorij mamlakatlarida esa, Byusayrus Eri (AQSh) firmasining 31R modeldagi diametri 159-200 mm bo’lgan va III seriya 60R modeldagi burg'ulash diametri 311 mm bo'lgan sharoshkali burg'ulash dastgohi keng tarqalgan.
    Keyingi yillarda xorijiy firmalar tomonidan yangi turdagi burg'ulash dastgohlari yaratildi. Bular: P seriyadagi VE-55R dastgohi (Byusayrus Eri firmasi) skvajina diametri 171­311 mm, burg'ulash chuqurligi-76 m; ESM-450 (Intersol-Rend firmasi) markali dizel privodli gusenistali gidravlik burg'ulash dastgohi: skvajina diametri 130-200 mm, burg'ulash chuqurligi-19,8 m. Hamdustlik mamlakatlarida burg' ulash dastgohlari ishlab chiqaridigan yagona mamlakat bu Rossiyadir.
    Portlovchi moddalarni tog' jinsi massiviga joylashtirish usullari.
    Portlatib maydalash usuli mustahkamlik koeffitsienti 8 dan yuqori bo'lgan tog' jinslariga qo'llaniladi. Portlovchi moddalarni tog' jinsi massiviga joylashtirishning besh xil ko’rinishdagi usullari mavjud (7.5 rasm):



    Download 3,73 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




    Download 3,73 Mb.