|
Tog' jinslarini cho'michli yuklagichlar bilan qazib olish
|
bet | 53/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariTog' jinslarini cho'michli yuklagichlar bilan qazib olish.
Bir cho'michli yuklagichlar asosan karyerlarda qazib olish va yuklash, qazib-tashish hamda yordamchi transport vositasi sifatida ishlatiladi. Qazib- yuklovchi uskunalar ko'pincha avtomobil transporti bilan ishlovchi karyerlarda qo'llaniladi. Qazib-tashuvchi texnikalar esa, qurilish materiallari karyerlarida qazilgan massani qazish joyidan maydalab-saralovchi fabrika bunkerigacha tashib borish uchun qo'llaniladi.
5.12. Rasm. Yuklagichning ishlash jarayoni.
Xuddi shuningdek yuklovchi transport vositalari yordamchi vositalar sifatida qo'llanilib, qazish joylarini tozalashda, yo'llami qordan tozalashda va boshqa ishlarda foydalanish mumkin. Yuklagichlarning asosiy ustunligi - ular yuritgichining avtonomligidir. Shuning uchun ham ulardan konlami o'zlashtirish paytida va uzoq muddatga mo'ljallangan karyerlarda qo'llab yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
5.13. Rasm. Yuklagichning ishlash printsipi.
Yuklagichlar cho'michlarining hajmi 0,5 m3 dan 20-23 m3 gacha bo'lib, gusenitsali va gildirakli ko'rinishda ishlab chiqariladi. G'ildirakli yuklagichlar - avtoyuklagichlar deb ataladi. Yumshoq va portlatilgan tog' jinslarida yuklagichlar bilan ishlash texnologiyasi shundan iboratki, bunda yuklagichning cho'michi qazish joyining quyi qismiga kiritiladi va gidravlik tizim bilan ko'tarilib to'lg'aziladi va shu vaqtning o'zida gorizontal tekislikda buriladi. Cho'michning qazish joyiga bo'lgan bosimi yuklagichning yuritish mexanizmi hisobiga amalga oshiriladi. Cho'mich to'lgach yuklagich qazish joyidan chiqadi, cho'michni bo'shatish balandligigacha ko'taradi va to'ntarib transport vositasiga yoki bunkerga bo'shatadi.
Yuklagichlar bilan ishlaganda qazish joyining balandligi 8 m. dan 15 m. gacha bo'ladi. Qazish joyi kengligi cheklanmaydi. Yuklagichning unumdorligi - uning cho'michining hajmi, qazib olish texnologiyasi, tashib borish masofasi bilan bog'liq bo'lib, xuddi ekskavatorlardagi bog'lanishlar kabi aniqlanadi.
Yuklagichlar bilan qazib olish paytida tsiklning davomiyligi (texnika fanlari doktori K.N.Trubetskiy tavsiyasiga ko'ra):
Cho'mich hajmi:
-I- 2^3 m3 bo'lganida 50-60 s;
-I- 4^6 m3 bo'lganida 54-56 s;
-I- 7,5^12,5 m3 bo'lganida 57-62 s;
-I- 5^20 m3 bo'lganida 66-70 s
-I- ni tashkil etadi.
Qazib-yuklash ishlari olib borilganida yuklagichning foydalanish koeffitsienti Ri = 0,8 ni tashkil yetadi.
Tog' jinslarini ko'p cho'michli kon qazish mashinalari bilan
qazib olish.
Tog' jinslarini rotorli ekskavatorlar bilan qazib olish.
Rotorli ekskavatorlar o'zi yurar uzluksiz ishlaydigan mashina bo'lib, rotor g'ildiragiga o'rnatilgan cho'michlar yordamida tog' jinslarini qazib ma'lum masofaga tashiydi va transport vositalariga yuklaydi. Ishlash printsipi - rotorli g'ildirak gorizontal va vertikal tekislikda o'zining cho'michlari bilan tog' jinsini tirnaydi va hosil bo'lgan (ajralib chiqqan) qirindilar rotorli g'ildirak yonida joylashgan konveyrga dumalab tushadi va undan qayta yuklash konsoliga o'tadi.
Rotorli ekskavatorlar ish unumi yuqori bo'lgan mashinalar hisoblanib, ularning unumdorligi 12000 m3/s gacha yetadi. Ular yumshoq va zich tog' jinslariga mo'ljallangan.
Rotorli ekskavatorlarning parametrlari va qazib olish texnologiyasi - asosan, karyerning kon texnik sharoitiga, kompleks tarkibidagi transport turlariga va ularning konstruktiv parametrlariga bog'liq bo'ladi.
Rotorli ekskavatorlarning asosiy texnologik parametrlari: Hch -
cho'michlash balandligi, Jch- cho'michlash chuqurligi, Rch-maksimal cho'michlash radiusi, Rmin - minimal cho'michlash radiusi, l- strelaning surilib chiqish uzunligi, Rp- bo'shatish radiusi, Hp max - maksimal bo'shatish balandligi, Hp min - minimal bo'shatish balandligi va d - rotor g'ildiragining diametrlaridan iboratdir.
Ekskavator turgan joyga nisbatan pastda yoki tepada joylashgan pog'ona osti pog'onalarning balandligi - ekskavatorlaming konstruktiv imkoniyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Bu balandlik - strelaning maksimal ruxsat etilgan qiyalik burchagi bilan cheklanadi: yuqoridan cho'michlaganda - 27°, pastdan
cho'michlaganda - 18°. Yuqoridan cho'michlashning maksimal balandligi - hozirgi zamon ekskavatorlari uchun - 53,5 m gacha, pastdan cho'michlashda - 25 m ni tashkil etadi.
|
| |