• Karyer mexanik kuraklarining texnologik xarakteristikasi.
  • Korsatkichlar
  • EKG - 3,2
  • Chomichlash balandligi N
  • Tog jinslarini skreperlar bilan qazib olish.
  • 5.9 rasm. Skreperning umumiy korinishi.
  • Rasm. Qiya (a) va gorizontal (b) qatlamlar bilan qazib olishda skreper zaboyi.
  • Tog jinslarini buldozerlar bilan qazib olish.
  • 5.11 Rasm. Buldozer-yumshatgichning umumiy korinishi.
  • Tog' jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar bilan qazib olish




    Download 3,73 Mb.
    bet52/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    Tog' jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar bilan qazib olish.
    Mexanik kurakli qazib-yuklovchi ekskavatorlar karyerlarda keng qo'llaniladi. Ular konstruktsiyalarining tuzilishi - uzluksiz ishlovchi qazib- yuklovchi mashinalar ishlay olmagan iqlim sharoitlarida ham ishlash imkonini beradi.

    Karyer mexanik kuraklarining texnologik xarakteristikasi.

    Ko'rsatkichlar

    Karyer mexanik kuraklari

    Ochuvchi
    mexanik
    kuraklari

    EKG - 3,2

    EKG
    -5A

    EKG-
    8I

    EKG-
    12,5

    EKG
    -15

    EKG
    -20A

    EVG-
    35/65

    EVG-
    100/70

    Cho'mich sig'imi m3

    2,5;3
    ,24

    4;5;
    6,3

    6,3;8;
    10

    10;12,5;
    16

    15

    20

    35

    100

    Cho'michlash radiusi,m

    8,8

    11,2

    11,9

    14,8

    15,6

    -

    37

    -

    Maksimal yuklash radiusi, m

    12

    13,6

    16,3

    19,9

    20

    21,6

    62

    66

    Maksimal cho'michlash radiusi, m

    13,5

    15,5

    18,2

    22,5

    22,5

    24

    65

    70

    Maksimal cho'michlash balandligi, m

    9,8

    11

    12,5

    15,6

    16,4

    18

    40

    50

    Maksimal yuklash balandligi, m

    6,1

    7,5

    9,1

    10

    10

    11,6

    45

    40

    Ko'tarilish balandligi, grad

    12

    12

    12

    12

    12

    12

    5

    5

    Ekskavator massasi,t

    140

    250

    370

    653

    672

    1060

    3790

    12000

    Dvigatel quvvati, kVt

    250

    320

    520

    1250

    1250

    1358

    5500

    11600

    Tsikl davomiyligi (90° burchak ostida burilganda), sek

    23,3

    25

    28

    32

    28

    32

    56

    55




    Ular asosan zich tog' jinslarini yumshatmasdan, qoyali va yarim qoyali tog' jinslarini oldindan yumshatib qazib olishga mo'ljallangan. Cho'mich, strela va rukoyat - mexanik kurakli ekskavatorning ishchi organi hisoblanadi. Bu ekskavatorlar bilan zich tog' jinslarini ekskavatsiyalash jarayonida cho'michning keskir tishlari bilan tog' jinsi qatlami qirqiladi. To'ldirilgan cho'mich bilan ekskavator bo'shatish joyiga buriladi va cho'michni bo'shatib, ishchi organ yana


    qazish joyiga qaytadi. Portlatib yumshatilgan uyumlami yuklashda esa, cho'mich uyumga botiriladi.


    5.8- Rasm. Mexanik kurakli ekskavatorlarning parametrlari va qazib olish texnologiyasi.



    Cho'michlash radiusi Rch -cho'michlash jarayonida ekskavatoming aylanish o'qidan kesuvchi tishigacha bo'lgan gorizontal masofa.
    Cho'michlash balandligi Nch - cho'michlash jarayonida ekskavator turgan gorizontdan kesuvchi tishgacha bo'lgan vertikal masofa.
    Yuklash radiusi Rr - yuklash jarayonida ekskavatorning aylanish o'qidan cho'mich o'qigacha bo'lgan gorizontal maosfa.
    Yuklash balandligi Nr - ekskavator turgan gorizontdan cho'michgacha (ochiq turgan holatida) bo'lgan vertikal masofa.
    Rukoyatni siljitish printsipiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar kanatli va gidravlik siljituvchi ekskavatorlarga bo'linadi.
    Ishlatilish sferasiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar ikki turga bo'linadi: 4- karyerlarda ishlovchi ekskavatorlar;
    4- ochish ishlari uchun mo' lj allangan ekskavatorlar.
    Karyerda ishlovchi ekskavatorlar - tog' jinslarini qazib olish va ularni transport vositalariga yuklashga mo'ljallangan.
    Ochish ishlariga mo 'Ijallangan ekskavatorlar esa, qazib olingan tog' jinslarini ishlangan (foydali qazilma qazib olingan) bo'shliqlarga tashlab ishlaydi. Bir cho'michli mexanik kurakli ekskavatorlar asosan Rossiya, AQSh, Frantsiya, Germaniya va Yaponiya davlatlarida ishlab chiqariladi.
    Tog' jinslarini skreperlar bilan qazib olish.
    Skreperlar (sidirg'ichlar) qazib tashuvchi mashinalar guruhiga kirib, tog' jinsini qazib olish, ularni 0,2-6 km gacha tashish va ag'darmalarga joylashtirish amallarini birgalikda bajaradi. Bunday mashinalar yo'l qurilishi ishlarida va yarim qoyali tog' jinsli (olidindan portlatilib yumshatilgan) karyerlarda tog' jinslarini qazib olish uchun ishlatiladi.





    5.9 rasm. Skreperning umumiy ko'rinishi.
    Skreperlar ikki xil turda - o'zi yurar va sudraluvchi skreperlar ko'rinishida ishlab chiqariladi. Skreperlar bilan uncha katta hajmda bo'lmagan tog' jinslarini qazib olish qulay. Skreperlar karyerlarda rekultivatsiya ishlarini olib borishda ham qo'llaniladi, ya’ni, unumdor qatlamini olishda va keyinchalik, karyerdagi qazish ishlari va ag'darmalarni tekislash tugallangangach, unumdor tuproqni qayta olib borib ag'darmalar ustiga yotqizish ishlarini bajarishda qo'llaniladi.
    Skreperning ishchi tsikli - tog' jinsi qatlamini qirqib cho'michni to'ldirish, uni tegishli masofagacha tashib borish, cho'michni bo'shatish va qazish joyiga qaytib kelishdan iborat.






    1. Rasm. Qiya (a) va gorizontal (b) qatlamlar bilan qazib olishda skreper zaboyi.

    Skreperlar bilan qazib olish jarayonida - gorizontal yoki tekisliklarda ketma- ket yotgan qatlamlar qirqib olinadi. Gorizontal qatlamlar bilan qazib olish texnologiyasi - qalinligi katta bo'lmagan ochish ishlarida, unumdor qatlamlami olib qo'yishda yoki unchalik chuqur bo'lmagan transheyalarni qazishda qo'llaniladi.
    G'ildirakli skreperlarning unumdorligi - ular cho'michining sig'imiga, tsikl davomiyligiga, tashib borish masofasi va tezligiga hamda qazib olinayotgan tog' jinsining xususiyatlariga bog'liq.
    Tog' jinslarini buldozerlar bilan qazib olish.
    Karyerlarda - kon qazish ishlarida buldozerlar asosan foydali qazilmalar ustini qoplab yotgan tog' jinslarini olib tashlab, ochish ishlarini bajarishda, rekultivatsiya va yordamchi ishlar (qatlamni qazib olish oldidan tozalash, qazish joyini tekislash va yo'llarni to'kilgan tog' jinslaridan va qorlardan tozalash) ni bajarishda qo'llaniladi.
    Ochish va qazib olish ishlari hajmi uncha katta bo'lmagan va ag'darmagacha tashish masofasi 80-100 m dan oshmagan qurilish materiallari karyerlarida ko'pincha buldozerlardan foydalaniladi. Karyerlarda ochish ishlarida va ag'darmalarda ishlash uchun quvvati katta bo'lgan gusenitsali to'g'ri ag'darmali buldozerlar qo'llaniladi.





    5.11 Rasm. Buldozer-yumshatgichning umumiy ko'rinishi.
    Tog' jinslarini buldozerlar bilan qazib olish texnologiyasida - gorizontal yoki qiya (30° gacha) uchastkalarda qatlamlar ketma-ket qirqib olinadi. Bunda buldozer ag'darmasining to'lishini ta’minlovchi o'rtacha uzunlik 8-16 m ga teng bo'ladi. Qiya maydonlarda qazib olish ishlari bajarilganida buldozer og'irligining bir qismi tog' jinslarini kesishga va siljitishga ishlatiladi. Ag'darmaning tog' jinsiga botishi - buldozerning gidrotizimi yordamida amalga oshiriladi. Ag'darma oldidagi bo'shliq tuproq bilan to'lganidan keyin - buldozer ag'darmasini qazish joyi sathigacha ko'taradi va to'la cho'michni kerakli joygacha tashib boradi. Tashish paytida tuproq yoki tog' jinslarining yo'qolishini kamaytirish uchun ag'darma yopgichlar bilan yopilishi ham mumkin.
    Zichligi katta bo'lgan jinslarda qazish ishlari olib borilganida - buldozerlar yumshatgichlar bilan birgalikda ishlaydi yoki buldozerlarning o'zi oldindan yumshatish uchun bir nechta tishlar bilan jihozlanadi. Bu texnologiya qurilish materiallari karyerlarida ohaktoshlarni qazib olishda qo'llaniladi. Yumshatilgan tog' jinslari buldozer yordamida bunkergacha tashiladi va u bunkerdan konveyerga tushadi yoki gildirakli transport vositalariga yuklanib tashib ketiladi.
    Tog' jinslarini buldozerlar bilan tashishda ruxsat etilgan qiyalik - 6° gacha. Tog' jinsini tashish paytida to'kilgan tog' jinslaridan tozalab nazorat qilish ishlari asosiy texnologik transport tezligidan kam bo'lmagan tezlikka ega bo'lgan g'ildirakli buldozerlar yordamida amalga oshiriladi va bunda asosiy texnologik transport unumdorligini kamaytirmaydi.
    Buldozerlarning ag'darmalardagi ishlari shundan iboratki - ular avtotransport bilan tashib kelingan tog' jinslarini ag'darmalarga joylashtiradilar.
    Tog' jinslarini qazib oluvchi buldozerning mehnat unumdorligi - uning quvvatiga, ag'darmasining o'lchamlariga, tashib borish masofasiga hamda qazib olinayotgan tog' jinslarining xususiyatlariga bilan bog'liq bo'ladi. Ishchi tsikldagi amallar - yupqa qatlamni qirqib olish va uni ag'darma oldida to'plash, yukni tashib borish va bo'sh qaytish.

    Download 3,73 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




    Download 3,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tog' jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar bilan qazib olish

    Download 3,73 Mb.