Magistral konveyrlar karyer yuzasida joylashgan bo'lib, qoplama jinslarni ag'darmaga va foydali qazilmalarni boyitish fabrikasiga yoki omborlarga tashishga mo'ljallangan.
Rasm. Karyerda magistral konveyrni qo'llash.
Ag'darma konveyrlar ag'darmalarda joylashgan. Bajaradigan ishiga qarab ular zaboy konveyerlariga o'xshab ketadi. Ular ag'darma fronti bo'ylab harakatlanadi. Tuzilishi bo'yicha qayta yuklovchi va ag'darma hosil qiluvchilar bilan birgalikda kompleks hosil qiladi.
Qayta yuklovchi uskuna uzatuvchi a'zo vazifasini o'taydi, ekskavatordan zaboy konveyerigacha yoki zaboy konveyeridan to'plovchiga bir gorizontdan ikkinchisiga uzatadi. Shuning uchun u o'zi yurar gusenitsali yoki qadamlovchi shakldagi yurish mexanizmiga ega bo'lib, qabul qiluvchi va konveyer so'ngida to'kuvchi qismlari bo'lib, bu qism 18° gacha har qanday qiyalikda ishlay oladi. Yassi tekislikda qabul qiluvchi moslama va to'kuvchi qismlari 60° gacha burchakka burilishi mumkin.
Rasm. Karyerda ag'darma konveyrni qo'llash.
Konveyr texnologik parametrlariga unumdorlik, konveyer stavining uzunligi, qiyalik burchagi, yuritgich quvvati kiradi, shuningdek lenta eni va tezligi ham hisobga olinadi.
Konveyerning texnik tasnifi.
Konveyer
|
KL-500
|
KLJ-800
|
S-160
|
KMMZ
|
NKMZ
|
Lenta eni
|
1000
|
1200
|
1600
|
1200
|
1800
|
Harakat tezligi, m/s
|
2,26
|
2,58
|
1,6-3,15
|
3,6
|
4,35
|
Unumdorlik, t/s
|
500
|
800
|
600-1950
|
5000
|
3150
|
Konveyer stavining uzunligi, m
|
400
|
800
|
1100
|
800
|
500
|
Yuritgich quvvati, kvt
|
75
|
150
|
400-800
|
400
|
1500
|
Ochiq kon ishlari uchun katta konveyer komplekslari GDR, Chexiya,
Germaniya, AKSh va Rossiya mamlakatlarida ishlab chiqiladi.
BOB. QOPLOVCHI TOG’ JIN SLARIDAN AG’DARMA HOSIL
QILISH
7.1.Ag'darmalar hosil qilish jarayoni to'g'risida umumiy
ma'lumotlar.
Ag'darmalarni hosil qilish to'g'risida tushuncha.
Agdarma hosil qilish usuli qo'llaniladigan transport va ishchi uskunalar turlariga bog'liqdir. Temir yo'l transportida - ekskavatorli (mexanik kurakli, abzettserli), plugli va buldozerli ag'darmalar, avtomobil transportida buldozerli, konveyer transportida esa, ag'darmaga tog' jinslarini joylashtirishda konsolli ag'darma hosil qilgichlar qo'llaniladi.
Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan qoplovchi jinslarni va nokonditsion hisoblangan foydali qazilma to'planadigan joyga ag'darma deyiladi. Ularni joylash bilan bog'liq bo'lgan texnologik jarayonga ag'darma hosil qilish deyiladi.
Ag'darma ishlari kompleksiga tog' jinslarini bo'shatish, ag'darma pog'onasini tekislash va himoya valini shakllantirish yoki ag'darmada tog' jinslarini ekskatvatorlar, ag'darma hosil qilgich, avtosamosvallar bilan joylashtirish va transport kommunikstiyalarini yangi holatga siljitish.
Chegarasiga nisbatan joylashuviga ko 'ra ag’darmalarning 3 turi mavjud: tashqi - karyer chegarasidan tashqarida, ichki - karyer chegarasidan ichkarida, va kombinastiyalashgan - qisman karyerning ishlab chiqilgan maydoniga, qisman karyer tashqarisida j oylashtirilgan.
Ichki ag'darmalar malum kon-geologik sharoitlarga ega (gorizontal va nishab) konlarda va transportsiz (a) hamda transport-ag'darma (b) qazish tizimlarida hosil qilinadi.
7.1 rasm. Ichki ag'darma hosil qilish. a - transportsiz, b - kombinastiyalashgan sxemada
Ichki ag'darma hosil qilishda ochish ishlari nisbatan arzon, ularni tashkil etish va ishlab chiqarish oddiy. Biroq ularni qo'llash sharoitining chegaralanganligi hisobiga ular amaliyotda kamdan kam holatlarda qo’llaniladi.
Tashqi ag'darma joyning relefini inobatga olgan holda, imkon qadar karyerga yaqin j oyga j oylashtiriladi.
Turg'unligi bo'yicha - doimiy va vaqtinchalik ag'darmalarga bo'linadi. Ag'darma o'z konstruktsiyasiga ko'ra kon massasi uyumi hisoblanib, bir necha qatlamdan (yarusdan) iborat va planda noto'g'ri shaklga ega to'g'ri burchakka yaqin bo'ladi.
Bitta ag'darmaga alohida qilib 4 xil turdagi tog' jinsi yoki nokonditsion foydali qazilmalar joylashtirilishi (tog' jinslarini navlarga bo'lgan holda joylashtirish) mumkin. Qazib chiqarilgan qoplovchi jinslar qayta ishlov beruvchi va qurilish sanoatining xom ashyosi yoki nokonditsion foydali qazilma hisoblangan (nokonditsion - ma’lum vaqtda iqtisodiy samara bermaydigan, ammo texnik va texnologiyaning rivojlanishi bilan birgalikda kelgusida samarali bo'lishi mumkin bo'lgan foydali qazilma) hollarda ag'darmalar alohida (navlarga bo'lib) joylashtiriladi. Bunda har xil turdagi kon jinslari bir-biriga qo'shilib ketmasligi, bir-birini yopib qo'ymasligi zarur. Natijada ag'darma uchastkalarga bo'linadi. Har bir uchastka atrofida birinchi yarusdan to oxirgi yarusgacha bir xil turdagi to g' jinsi joylashtiriladi. Tog' jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari va sifat ko'rsatkichlariga bog'liq bo'lmagan holda g'aramlash yalpi g'aramlash deb aytiladi.
7.2. Rasm. Muruntov karyerida hosil qilingan tashqi ag'darmaning umumiy ko'rinishi.
Qoplovchi tog' jinslarining ag'darmasi noto'g'ri bo’lmagan kesik piramidaga xos bo'ladi. U quyidagi o'lchamlar bilan xarakterlanadi:
4- pog'onalar balandligi va soni (yaruslar);
4- pog'onalar qiyalik burchagi;
4- qabul qilish qobiliyati;
4- ag'darma ishlari frontining uzunligi;
4- ag'darma ishlari frontining harakatlanish usuli;
4- plandagi o'lchamlari bilan va boshqalar.
Ag'darmaning asosiy parametrlariga:
4- ag'darma balandligi - No;
4- ag'darma yarusi balandligi - h;
4- ag'darma eni - Vo;
4- ag'darma uzunligi - Lo;
4- ag'darma o'tish kengligi - Ao;
4- ag'darma egallab turgan er uchastkasi yuzasi - So.
Ag'darma balandligi - ag'darmaning holati va turg'unligini xarakterlovchi eng muhim parametrlaridan biri hisoblanadi. Tekislikda joylashgan ag'adrmalarga nisbatan tog' yon bag'rida joylashgan ag'darmalarning balandligi ancha yuqori bo’ladi.
Ag'darma pog’onasining balandligi uning asosida yotgan tog' jinslarining fizik-texnik xususiyatlariga, shuningdek ag'darma ishlarining mexanizatsiyalanganligiga bog'liq bo'ladi.
Ag'darma pog'onasining va umuman ag'darmaning balandligini oshirish ag'darmaga bo'lgan maydonning qisqarishiga, transport aloqalarini qurish va saqlashga bo'lgan ishlar hajmi kamayishiga va ag'darma uskunasining unumdorligining oshishiga olib keladi.
Ag'darma pog'onalarining soni asosan ag'darmaga ajratilgan maydon va qoplovchi tog' jinsi hajmi bilan aniqlanadi.
Ag'darma balandligi va ag'darma pog'onasi balandligi qo'yidagilarga bog'liq:
4- ag'darma hosil qilishni mexanizastiyalashtirish usuliga;
4- g'aramlanadigan tog' jinsi turg'unligiga va ag'darma asosiga;
4- ag'darma ostidagi yer relefiga;
4- transport turiga.
Ag'darma balandligi bo'yicha 2^5 yarusdan iborat bo'ladi va har bir yarus balandligi ag'darma pog'onasi balandligiga teng bo'ladi. Agar tog' jinsi turg'unligi kam bo'lsa, ag'darma pog'onasi balandligi 8^10 m bo'ladi. Turg'un qattiq tog' jinslarida ag'darma pog'onasi balandligi 30^40 m bo'ladi. Bir jinsli bo'lmagan tog' jinslari joylashtirilgan ag'darmalarda esa, yaruslar balandligi har xil bo'lishi mumkin.
Masalan: quyi yarusga ag'darma va ag'darma pastki qismi turg'unligini oshiruvchi tog' jinslari tashlanadi.
7.3 rasm. Ag'darma konstruktsiyasi va uning asosiy parametrlari.
Yuqori yarusga esa, ag'darma yuzasini rekultivastiya qilish imkoniyatini engillashtrish maqsadida unumdor tog' jinslari joylashtiriladi. O'rta yams va ag'darmaning plandagi markaziy qismiga zararli tog' jinslari joylashtiriladi, ularning ostiga va atrofiga gilli jinslar joylashtiriladi. Bu tog' jinslari zararli elementlarning yuvilib ketmasligi va atrof muhitni geoximik zararlantirmaslik uchun izolyatsiyalovchi ekran hosil qiladi.
|