• Rasm. Karyerda avtomobil yoollari.
  • Avtomobil yolining otkazish qobiliyati
  • Rasm. Karyer avtomobil transportining ish jarayoni




    Download 3,73 Mb.
    bet57/83
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,73 Mb.
    #136021
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
    Bog'liq
    Konchilik ishi asoslari

    Rasm. Karyer avtomobil transportining ish jarayoni.

    Kapital avtomobil yo'llari asosan kyuvetlar, suv uzatuvchi ariqcha, ag'darma, yo'l o'tkazgich qurilma, ko'prik, yo'l qoplamasi o'tqazuvchi qism va obochinalardan tuzilgan. Obochina kengligi 1-2 m ni tashkil etadi. Laximlarda joylashgan yo'llar trapetsiya shakldagi enliligi 0,4 m bo'lgan yon kyuvetlar (chuqurligi 0,8-0,9m) ga ega bo'lishi kerak. Yo'l parametrlari o'tish qismining kengligi, burilish radiuslari, bo'ylama yo'nalishdagi qiyalik, ko'ndalang muyulishdagi qiyalik va eng qisqa qurish masofalaridan iboratdir.
    Yo'l qoplamasi betondan, asfaltbetondan, tsementbetondan va shebenlardan iborat bo'ladi. Yo'l qoplamasi turi yo'ldan foydalanish muddatini, harakat intensivligini, harakatlanuvchi tarkib turi va maxalliy yo'l qurilishi materiallarini hisobga olgan holda tanlanadi. Karyerlarda doimiy yo'llarda, katta harakat jadalligida (sutkada avtosamosvallar reysi 2000-3000 bo'lganda) tsementbeton yoki asfaltbeton qoplamalari qo'llaniladi. Kam harakat jadalligida (sutkada avtosamosvallarning reysi 1000-1500 bo'lganda) shebenli qoplama qo'llaniladi.
    Vaqtinchalik yo'llar qoyali muhitda joylashgan bo'lsa qoplamaga ega bo'lmaydi, yumshoq muhitda joylashgan bo'lsa gruntli qoplamaga ega bo'ladi.






    1. Rasm. Karyerda avtomobil yo'o'llari.

    Qor ko'chkisi kutiladigan yo'l qismlarida qordan to'suvchi passiv va akt iv qurilmalar yasaladi. Qordan himoya qiluvchi passiv vositalar qish paytida o'rnatilib, ular shamol tomondan qorni to'sib qo'yadi. Qordan himoya qiluvchi aktiv vositalar balandligi 6 m bo'lgan tayanchlarga osilgan to'siq devor bo'lib, yo'l balandligidan 2 m balandga osiladi. Ularning ishlash printsipi qor bo'roni oqimi yoriq kengligigacha qisilib tezligi oshadi, natijada yo'lni qor qoplamasdan o'tib ketadi.
    Avtomobil yo'lini asosiy ko'rsatkichi o'tkazish qobiliyatidir. Avtomobil yo'lining o'tkazish qobiliyati - ma'lum bir uchastkadan vaqt birligida o'tishi mumkin bo'lgan avtosamosvallar sonidir. Karyer avtomobil yo'llarining o'tkazish qobiliyatini oshirish uchun yo'l fonarlari bilan yoritish yoki umumkaryer yoritkichlari bilan yoritish ko'zda tutilgan. Avtosamosvallarning bir qator bo'lib, bir yo'nalish bo'yicha harakatlanishida avtomobil yo'llarining o'tkazish qobiliyati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
    N=(600 ■ kn.d)/ta=( 1000 V■ k,d)/lb;
    Bu yerda: ta - avtosamosvallar orasidagi vaqt intervali, m V - avtosamovallarning harakat tezligi, km/s; lb - avtosamosvallar o'rtasidagi xavfsizlik masofasi, m;
    kn.d=0,5-0,8.
    Avtosamosvallar orasidagi xavfsizlik masofasi avtosamosval tormoz yo'lining uzunligi va avtosamosvalning o'zining uzunligidan kelib chiqadi va 50 m dan kam bo'lmasligi kerak.
    Karyerdagi yo'l harakati asosiy trassaning yuk oqimida ishchi gorizontlardan ag'darmagacha o'ng tomondan yurilib yo'lni kesib o'tmasdan harakatning uzluksizligi ta'minlanadi.
    Karyer avtotransportining harakatlanuvchi tarkibining konstruktiv tuzilishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi:
    4- avtosamosvallar;
    4- yarimpritseplar.

    Download 3,73 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




    Download 3,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm. Karyer avtomobil transportining ish jarayoni

    Download 3,73 Mb.