|
Konchilik ishi asoslari
|
bet | 59/83 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #136021 |
Bog'liq Konchilik ishi asoslariZaboy konveyerlari pog'ona ishchi maydonchasiga joylashtirilib, kon massasini ekskavatordan to'plovchi konveyrgacha tashishga mo'ljallangan. Karyerlarda zaboy fronti sekin-asta siljib borganligi uchun zaboy konveyer sektsiyalari maxsus texnika turbodozerlar yordamida yoki gusenitsalik, qadamlovchi mexanizmlar yordamida suriladi.
Rasm. Karyerda zaboy konveyrni qo'llash.
To'plovchi (uzatuvchi) konveyerlar karyerning yon qismida joylashgan bo'lib, ular kon massasini bir yoki bir necha zaboy konveyrlaridan yuk ko'taruvchi konveyerga tashishga mo'ljallangan. To'plovchi konveyrlar zaboy konveyrlari ortidan o'z o'qiga parallel yo'nalishda gusenitsali yoki rels yo'lli izlarda harakatlanadi.
Rasm. Karyerda to'plovchi konveyrni qo'llash.
Yuk ko'taruvchi konveyerlar ishchi bo'lmagan yoki vaqtinchalik ishchi bo'lmagan karyer qismida (transheyalarda yoki yer osti qiya laximlarida) joylashgan bo'lib, karyer ishchi qismidan kon massasini yuqoriga tashishga mo'ljallangan. Yuk ko'taruvchi konveyer yukni to'plovchi konveyerdan olib, oddiy konveyrlarda 18° burchak ostida va maxsus konveyerlarda 50° gacha qiyalikda karyer borti bo'ylab yer yuzasiga ko'taradi.
Rasm. Karyerda yuk ko'taruvchi konveyrni qo'llash.
Yuk ko'taruvchi konveyr ancha yuqori yuritgchli va konstruktsiyaga ega bo'lib bir yerda muqim o'rnatilishga mo'ljallangan. Kon massasini qattiq jinslarda 14° burchakdan yuqori va yumshoq jinslarda 18° dan yuqori balandliklarga unumli va xavfsiz ko'tarish uchun lenta yuzasi qovurg'alarga bo'linib yasaladi yoki yuqoridan bosib turuvchi lenta yoki zanjirli to'r ishlatiladi. Ular materialni pastga surilib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
|
| |